Laboratoriya ishi № 49
Ortofosfat kislotasining tuzlari
a) natriy fosfatlari va ularning gidrolizi.
Ortofosfat kislotasining dissotsilanish konstantasi qiymatiga qarab, ishqoriy metall fosfatlari gidrolizga uchraydimi yoki yo‘qligini tahlil qiling. Natriy fosfatning gidrodizi qaysi bosqichida tugallanishi kerak?
Natriy gidro-, digidrofosfat va natriy fosfat eritmalarini indikator qog‘ozi bilan sinab ko‘ring va tahlillaringizni tekshiring. Natriy fosfat gidrolizining birinchi bosqich reaksiya tenglamasini yozing. Qanday ionlarni hosil bo‘lishi bu tuzning keyingi gidroliziga qarshilik ko‘rsatadi? Universal indikator qog‘ozi bilan eritmalarning pH ni aniqlang.
b) Kalsiy fosfatlarning olinishi.
Laboratoriyada mavjud reaktivlardan foydalanib, kalsiy gidro-, digidro- va fosfat tuzlarini hosil qiling. Reaksiya tenglamalarini yozing. Olingan tuzlarni suvdagi eruvchanligini tekshiring va xulosa qiling.СаНРO4 cho‘kmasiga sirka kislotasi eritmasidan qo‘shing. Nima kuzatiladi? Tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
v) Temir va alyuminiy fosfatlarining olinishi.
Bitta probirkaga ozgina temir (III) xlorid, ikkinchisiga esa, alyuminiy sulfat eritmasidan soling. Xar bir probirkaga ozginadan natriy atsetat va natriy gidrofosfat eritmalaridan qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kmalarni rangiga e’tibor bering. Bular qanday cho‘kmalar? Atsetat-ionining roli nimada? Temir va alyuminiy fosfatlarining olinish reaksiya tenglamalarini yozing. CHo‘kmalarga HCI eritmasining munosabatini sinab ko‘ring.
Fosfor galogenidlarining olinishi va xossalari
a) Fosfor (V) xloridining (PCl5) olinishi.
Xlor bilan to‘ldirilgan probirkaga ozgina qizil fosfor tashlang. Nima kuzatiladi? Olingan birikmaning rangiga va agregat holatiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Fosfor (V) xloridining (PCl5) gidrolizi.
Probirkaga ozgina PCl5 soling, 3-5 ml suv qo‘shib qaynating. Olingan eritmani indikator qog‘ozi bilan sinab ko‘ring. So‘ngra ortiqcha miqdorda AgNO3 eritmasidan qo‘shing. nima sodir bo‘ldi? Cho‘kmaning rangi va tarkibi qanday? Cho‘kmani filtrlab suyuqlikdan ajrating va filtratga sariq cho‘kma hosil bo‘lguncha Na2CO3 eritmasidan qo‘shing. PCl5 ni suv bilan ta’sirlashishidan hosil bo‘lgan qanday moddalarni AgNO3 orqali aniqlash mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.
v) Fosfor (III) xloridining gidrolizi.
Probirkadagi ozroq hajmdagi suvga bir necha tomchi PCl3 dan qo‘shing. eritmani indikator qog‘ozi bilan sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Chinni kosachadagi eritmani suv hammomida yoki past olovda bug‘lating. Kosachada rangsiz, qattiq H3PO4 modda qoladi. Sovugandan so‘ng uni suvda eriting, soda bilan neytrallang va AgNO3 eritmasidan soling. Qanday cho‘kma hosil bo‘ldi? Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada Н3РO4 qanday xosalarni namoyon qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |