Laboratoriya ishi №22 KimYOviy muvozanat



Download 1,58 Mb.
bet78/89
Sana29.06.2021
Hajmi1,58 Mb.
#105236
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89
Bog'liq
22-53 (копия)

Laboratoriya ishi № 47

Oq fosfor bilan ishlash qoidalari

Oq fosfor - zaharli va tez alangalanuvchan modda (alangalanish xarorati 400C), og‘riqli va qiyin tuzaladigan darajada terini kuydiradi. Oq fosfor bilan ishlaganda quyidagi xavfsizlik choralariga e’tibor berish kerak:


  1. Oq fosforni suv tagida saqlash;

  2. Qo‘lga tekkizmasdan qisqich bilan olish;

  3. Qalin devorli idishda (masalan, chinni xovonchada) xona xaroratida yoki 25-300S da suv tagida kesish kerak. Agar oq fosforni kesish uchun iliq suvdan foydalanilsa, tajriba oldidan fosforni sovuq suvda saqlash kerak;

  4. Kesilgan fosforni iloji boricha tezroq quritish kerak, ayniqsa, xona iliq bo‘lsa. Fosforning ustiga filtr qog‘ozlarni bosib, ishqalamasdan quriting;

  5. Fosfor bo‘lakchasini erga tushirmang, tushgan bo‘lakchani tezda toping;

  6. Mayda bo‘lakchalarni suvga soling, filtrlab, nam filtr qog‘oz bilan, mo‘rili shkafda yoqib yuboring;

  7. YOnayotgan fosforga qum sepib o‘chiring;

  8. Qo‘l yoki tanada yonayotgan fosforni sochiq bilan o‘chiring va tez 10%li kumush nitrat yoki kaliy permanganat eritmasi bilan yaxshilab yuving, keyin bog‘lab qo‘ying. Kuchli kuygan xollarda, birinchi tibbiy yordamdan so‘ng, shifokorga murojaat qiling.

Fosforning allotropiyasi

(ish mo‘rili shkafda o‘tkazilsin)

a) Probirkaga ozgina quruq qizil fosfordan soling, og‘zini paxta bilan berkiting. SHtativga qiya qilib o‘rnatib, past gaz alangasida qizdiring. Probirkada chiqayotgan fosforning bug‘lari yonib ketmasligi uchun, ehtiyotlik bilan qizdiring.

Probirkani sovuq qismlarida oq fosfor hosil bo‘lishini kuzating. Probirkani qorong‘i joyga qo‘yib oq fosforning nurlanishini kuzating. SHisha tayoqcha bilan probirkadan ozgina oq fosfor oling. Nima kuzatiladi? Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamasini yozing. Bajarilgan tajribaga asoslanib, fosforning qaysi allotropik shakli kimyoviy faol ekanligi xaqida hulosa qiling. (Tajribadan so‘ng probirkani laborantga topshiring).

b) Bu tajribani olovdan uzoqroqda bajaring. Filtr qog‘oz bilan quritilgan ozgina oq fosforni probirkada 1 ml serouglerdda eriting. Filtr qog‘oz bo‘lagini hosil bo‘lgan eritma bilan namlang. Filtr qog‘ozni qisqich bilan tunika yaprog‘i ustida ushlang, serouglerodning bug‘lanishini va oq fosforni alangalanishini kuzating (eritmali probirkani laborantga topshiring). Qizil fosforni ham serouglerodda erishini sinab ko‘ring, oq va qizil fosforning eruvchanligini solishtiring.

Fosfinning olinishi va xossalari

Kamroq miqdorda 4n HCl eritmasi solingan chinni kosachaga yoki tigelga qisqich bilan kichkina 2-3 bo‘lakcha kalsiy fosfididan Ca3P2 soling, ajralayotgan gaz va uni o‘z-o‘zidan alangalanishini kuzating. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozing. Fosfor va azotning vodorodli birikmalarini barqarorligini solishtiring. (Reaksiyani ehtiyotlik bilan mo‘rili shkafda o‘tkazing. CHunki zaharli gaz ajralib chiqadi).

Fosfor (V) oksidining (fosfor angidridini) olinishi

(Ish mo‘rili shkafda bajarilsin)

Asbest to‘riga qo‘yilgan chinni kosachaga 0,4-0,5 g qizil fosfor soling. Kosacha ustiga taxminan 0,5 sm oraliqda quruq voronkani joylashtiring. Qizdirilgan shisha tayoqcha bilan fosforni yondiring. Voronka devorlariga qanday birikma cho‘kadi? Reaksiya tenglamasini yozing.

Xamma fosfor yonib bo‘lganidan so‘ng, voronkani shtativning xalqasiga joylashtiring va 5 a) tajriba uchun saqlab qo‘ying.


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish