Laboratoriya ishi № 46
Nitrat kislotasining olinishi.
Quyidagi rasmdagidek asbob yig‘ing. Retortaga 15-20 g NaNO3 va voronka yordamida tuzni berkitadigan darajada konsentrlangan H2SO4 quying. Retorani ehtiyotkorlik bilan qizdiring. Idishda ozroq kislota yig‘ilganidan so‘ng qizdirishni to‘xtating, retortani soviting, qurilmani tarkibiy qismlariga ajriting. Kislotani keyingi tajribalar uchun saqlab qo‘ying. U nima uchun rangga bo‘yalganligini tushuntiring? HNO3 ni kiyimingizga yoki qo‘lingizga tomib ketishidan ehtiyot bo‘ling. U matoni tezda parchalaydi, qo‘lingizda sariq dog‘ va kuyish kuzatiladi.
Reaksiya tenglamasini yozing. Nima uchun eritmalar ishlatilmay NaNO3 va konsentrlangan H2SO4 olinishini tushuntiring. Nima uchun reaksiyani unchalik qizdirirmasdan o‘tkaziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |