Ovqat hazm qilish sistemasi



Download 1,25 Mb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#198230
  1   2   3
Bog'liq
Ovqat hazm qilish 222


Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak aralash xarakterga ega. Uning pH 6,8-7,4 ga teng. Odamlarda bir sutkada 0,5-21 so‘lak ajraladi. So‘lak 99% suv va 1% quruq moddalardan iborat. Quruq qismi organik va anorganik moddalardan iborat. Anorganik moddalar-xlorid bikarbonatlar, sulfatlar, fosfatlar anionlardan va natriy, kaliy, kalsiy, magniy kationlaridan, hamda temir, mis, nikel va boshqa mikroelementlardan tashkil topgan. So‘lak tarkibidagi organik moddalar asosan oqsillardan iborat. Oqsil shilimshiq modda mutsin oziq moddalarni biriktirib luqma hosil qilishda ishtirok etadi. So‘lak tarkibidagi asosiy fermentlar kuchsiz ishqoriy muhitda faoliyat ko'rsatuvchi amilaza va maltazalardir. Amilaza polisaxaridlarni (kraxmal, glikogen) disaxarid maltozagacha parchalaydi. Maltaza maltozani glyukozagacha parchalaydi.

So‘lakning tarkibida oz miqdorda uchraydigan boshqa fermentlar ham bor: gidrolazalar, oksireduktazalar, transferezalar, proteazalar, kislotali va ishqoriy fosfatazalar. So‘lak tarkibida bakteriotsid ta’sirga ega biogan oqsil tabiatli modda lizotsim (muromidaza) mavjud.



Qizilo‘ngach 25–30 sm uzunlikdagi muskuldan tuzilgan bo‘lib, yuqorida VI bo‘yin umurtqasining ro‘parasida halqumdan boshlanadi, ko‘krak sohasidan diafragma orqali qorin bo‘shlig‘iga o‘tib, XI ko‘krak umurtqasi ro‘parasida me’daning kirish qismiga ulanadi.

Qizilo‘ngach joylashishiga qarab uch bo‘limga ajratiladi: yuqori bo‘yin qismi, VI–VII bo‘yin umurtqalari chegarasiga to‘g‘ri keladi, o‘rta ko‘krak qismi eng uzun qismi bo‘lib, II va X–XI ko‘krak umurtqalari ro‘parasiga to‘g‘ri keladi. Pastki qorin qismi eng kalta (taxminan 1–2 sm) bo‘lib, diafragma orqali me’daning kirish qismiga qo‘shiladi.

Qizilo‘ngach orqa tomondan umurtqa pog‘onasi bilan chegaralanadi, oldindan esa kekirdakning parda qismiga tegib turadi.

Me’da hazm kanalining eng kengaygan qismi bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ining yuqori sohasida joylashgan. Uning ko‘p qismi chap tomondagi qovurg‘a osti sohasida, oz qismi esa qorin bo‘shlig‘i tepa bo‘lagining o‘rta qismida joylashgan.

Me’daning shakli nokka yoki laboratoriyadagi retorta idishga o‘xshaydi. O‘rta yoshdagi odamlarda hajmi taxminan 1–3 litr (ba’zida undan ko‘proq) bo‘ladi. Me’daning old va orqa devorlari , yuqorida kichik, pastda katta egriliklarni hosil qiladi.

Me’daning kirish va chiqish qismlari tafovut qilinadi. Uning kirish – kardiya qismidagi teshik XI ko‘krak umurtqasi qarshisida bo‘lib, yurakka yaqin joylashgan. Me’daning chiqish qismi I bel umurtqasining ro‘parasida, o‘ng tomonda o‘n ikki barmoq ichakka qo‘shilib ketadi. Me’daning chiqish qismi ikkiga ajralgan: kengaygan qismi g‘orcha deyilsa, uning teshig, torayib davom etgan joyi kanal bo‘lagi deyiladi.

Me’da devori quyidagi 3 pardadan iborat: 1) shilliq parda bo‘lib, uning shilliq osti qavati juda yaxshi rivojlangan, 2) muskul parda, 3) seroz parda.

Shilliq pardada juda ko‘p katta-kichik burmalar mavjud, ularning yo‘nalishi va miqdori katta amaliy ahamiyatga ega. Ushbu burmalardan ikkitasi kichik egrilikka parallel holda joylashib, turli tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, qolgan burmalar me’daning qolgan qismlarida o‘ziga xos shaklni tashkil qiladi. Odatda, me’dada uzoq saqlanmaydigan moddalar (suv, choy, mineral suv) mana shu kichik egrilik bo‘ylab joylashgan burmalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘n ikki barmoq ichakka o‘tadi (“me’da yo‘li”). Shilliq pardada burmalardan tashqari me’da maydonchalari mavjud. Tepachalar orasida me’da chuqurchalari bo‘lib, ularga me’da bezlari ochiladi.


Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish