Me’da bezlari joylashishiga qarab quyidagi uch turga bo‘linadi va birgalikda me’da shirasini ishlab chiqaradi: 1) kardial bezlar, 2) me’daning xususiy bezlari, ular me’daning tubi va tanasida juda ko‘p miqdorda bosh hujayralar – pepsinogen fermenti, qoplovchi hujayralar esa xlorid kislotasi ishlab chiqaradi, 3) pilorik bezlar, asosan, shilliq modda ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, shilliq pardada tarqoq joylashgan limfatik follikulalar uchraydi.
Ingichka ichak qorin bo‘shlig‘ida me’daning chiqish qismidan boshlanadi, uzunligi 5–6 m gacha boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |