8-машғулот proteazalar ta'sirida oqsillarni gidrolizlash kerakli asbob va reaktivlar



Download 12,89 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi12,89 Kb.
#447558
Bog'liq
8 laboratoriya


8-машғулот
PROTEAZALAR TA'SIRIDA OQSILLARNI GIDROLIZLASH


Kerakli asbob va reaktivlar: 100 ml li yumaloq tubli kolba, menzurka, shisha nay o'rnatilgan probirka yoki qaytar sovutgich, shtativ (qisqichlari bilan), gaz gorelka yoki spirt lampa, pipetkalar, 1% li tuxum oqsili eritmasi, proteaza ferment guruhiga mansub ferment eritmasi, mis (II)-sulfatning 1%li eritmasi.
Murakkab polimer moddalarning suv biriktirib olish yo'li bilan parchalanishi gidroliz deb ataladi. Qo'llaniladigan katalizatorga qarab gidroliz kislotali, ishqoriy va fermentativ bo'lishi mumkin. Oddiy oqsillar gidrolizlanganda faqat aminokislotalar hosil bo'ladi. Murakkab oqsillar parchalanganda aminokislotalardan tashqari boshqa guruhlar ham ajrab chiqadi.
Laboratoriya sharoitida ko'pincha oqsillarni kislotali gidroliz qilish usuli keng qo'llaniladi. Lekin bu vaqtda triptofan to'la, serin, treonin, sistein, tirozin va fenilalanin qisman parchalanadi. Shunga qaramasdan, parchalangan aminokislotalarning prosent miqdori kam bo'lganligi uchun asosan kislotali gidroliz usulidan foydalaniladi. Ishqoriy gidroliz vaqtida ko'pchilik aminokislotalar parchalanadi-yu, faqat triptofan deyarli o'zgarishsiz qoladi. Shuning uchun, ishqoriy gidroliz oqsil molekulasidagi triptofan miqdorini aniqlash uchun qo'llaniladi.
Kislotali gidroliz vaqtida oqsillar avvalo yuqori molekulyar peptidlarga, so'ngra kichik molekulali peptidlarga va nihoyat, erkin aminokislotalargacha parchalanadi.
I sh n i n g b a j a r i l i sh i. Gidroliz uchun 2 ta yumaloq tubli kolbaga 20 ml dan 1% li tuxum oqsili va unga proteaza faolligiga ega ferment eritmasi qo’shiladi. Muhit harorati 36-370C ni tashkil etishi lozim. Fermentativ parchalash jaraoni doimiy tarzda aralashtirilib turiladi. Oradan 35-40 daqiqa o’tgach
2- t a j r i b a. Gidrolizatdagi oqsil parchalanishining oraliq mahsulotlarini aniqlash.
Gidroliz prosessi davomida bir necha marta Biuret reaksiyasi qilib ko'riladi. Buning uchun har safar oz miqdorda (5—10 tomchi) gidrolizat olinib, neytrallanadi va Biuret reaksiyasi o'tkaziladi. Biuret reaksiyasi vaqtida oqsil parchalanishining oraliq mahsulotlari peptonlar pushti yoki qizil, oqsillar esa ko'kish-binafsha rang beradi. Gidroliz tugagandan keyin gidrolizat keyingi ish uchun olib qo'yiladi.
Download 12,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish