5-ma’ruza stirol va akrilonitril olinishi va xossalari Reja



Download 153,94 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2022
Hajmi153,94 Kb.
#556610
  1   2
Bog'liq
5-mavzu slayd


5-MA’RUZA
Stirol va akrilonitril olinishi va xossalari
Reja:
1. Stirol xaqida umumiy tushuncha
2. Stironing olinishi va xossalari
3. Stirolning ishlatilishi
4. Akrilonitril olinishi, ishlatilishi va xossalari
Stirol
Vinilbenzol yoki feniletilen, stirol degan trivial nom bilan ma’lum. Stirolni birinchi bo’lib 1831 yilda “Stiraks”ni quruq xaydab olishgan. Bunda sinnamenni - dolgin kislotaning benzil efirini termik parchalanishi natijasida stirol hosil bo’lgan. O’n yildan keyin dolgin kislotani bariy gidrooksid bilan qo’shib qizdirib stirol sintez qilindi.
1866-1868 yillarda Bertlo stirolni bir necha usul bilan sintez qildi: etilbenzolni gidroliz qilib benzolni etilen yoki atsetilen bilan aralashmasidan yuqori temperaturada sintez qilib va nixoyat atsetilenni polimerlab stirol oldi. Xozirgi kunda texnik stirol etilbenzolni degidrogenlab olinadi. Polistirolni ishlab chiqarishga birinchi patentini 1911 yilda Mattsusga berildi, u stirolni termik va katalizator ishtirokida polimerlab polistirol oldi. Sanoat miqyosida polistirol 1920 yildan Germaniyada “trolitul” nomi bilan ishlab chiqarila boshlandi. 1933-1937 yillardan boshlab polistirol boshqa davlatlarda ham ishlab chiqarila boshlandi. Stirol shu kunlarda eng keng tarqalgan monomerlar turkumiga kiradi. Polimerlar sintezi rivojlanishi natijasida ular asosida materiallarni qo’llanish turlari oshib bordi, ayniqsa butadiyen-stirol kauchuklari, ABS-plastik nomli polimerlarni ishlab chiqarilishi, uning ishlab chiqarish hajmini 3-4 o’ringa chiqazib qo’ydi.
Stirol bu rangsiz suyuqlik bo’lib, o’tkir xidli bo’ladi, qaynash temperaturasi +145 0C, muzlash temperaturasi -31 0C, yashirin bug’lanish issiqligi 365 Dj/ch, qovushqoqligi 278 Pa-s, zichligi 906 kg/m , molekulyar massasi 104, xavo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi. Stirol ko’p organik erituvchilar bilan istalgan nisbatda aralashadi: quyi spirtlar, aromatik xlorlangan uglevodorodlar, serouglerod va xakazolar. Suvda u deyarli erimaydi (0,03%), va olingan suv ham stirolda erimaydi (0,07%).
Stirolni organik peroksidlar, xinonlar va uchlamchi butilpirokatexin ingibitorlar yaxshi eritadi.
Stirol narkotik ta’siriga ega, u bilan uzoq vaqt nafas olinsa nerv sistemasini shikastlanishiga, nafas yo’llarini yalig’lanishga, qon va jigar tarkibini o’zgarishiga, terini yallig’lantirishga olib keladi. Stirol bug’larini konsentratsiyasi 2 mg/l gacha uni qisqa vaqt ichida organizmga ta’sir qilishi shilliq pardalarini yallig’lanishiga sabab bo’ladi. Suyuq stirol terida yoriqlar paydo qiladi.
Stirolni sanoatda ishlab chiqarishning asosiy usuli etilbenzolni katalitik degidrogenlashdir. O’z navbatida etilbenzol benzolni etilen bilan alkillab olinadi. Alkillash jarayoni alyuminiy xlorid yoki fosfat kislota katalizatorlari ishtirokida 90-95 0C da boradi.
α yoki β - feniletil spirtini degidratlab olish mumkin.
Jarayon suyuq va gaz fazasida olib boriladi. Suyuq fazada fosfor kislotasi, qattiq fazada esa A1203 ishtirokida olib boriladi. Maxsulot chiqishi 90%.
Keyingi usul atsetofenon usuli bo’lib, bundagi reaksiya quydagicha ketadi:
Bunda maxsulotning chiqish unumi 30% ni tashkil qiladi. Stirolni galogen etilbenzoldan xam olish mumkin, bu xolda reaksiya natijasida bir molekula vodorod xlorid ajralib chiqadi.
Bundan tashqari etilbenzolni ksilollar aralashmasidan xam ajratib olish mumkin. (10-15%) etilbenzol saqlovchi bu aralashma neft pirolizi maxsulotlarining yengil fraksiyasidan olinadi.
Aralashma komponentlarining qaynash temperaturasi juda kam farq qiladi (4oC). Shu sababli ularni ajratib olish uchun baland va samarali rektifikatsion kolonnalar talab qilinadi.
Olingan etilbenzolni degidrogenlash 500-630 0C temperaturada olib boradilar.
Reaksiyada katalizator sifatida metallarning (temir, magniya, rux, mis va boshqalar) oksidlari qo’llaniladi va jarayon suv bug’ining ishtirokida olib boriladi. Suv bug’ini vazifasi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning parsial bosimini kamaytirish (0,01 MPa gacha) va bosimni kamaytirish xisobiga muvozanatni stirol xosil bo’lish tomonga surishdir. Bundan tashqari suv bug’ini etilbenzol bilan kontakt apparatiga kirishdan oldin aralashishi uni degidrogenlash reaksiyasi boradigan temperatura turigacha qizdirib, qo’shimcha (yonoqli) reaksiyalarni ulushini kamaytiradi.
Suv bug’ini qo’llashni yana bir foydali tarafi u katalizator sirtiga cho’kib qolgan koks bilan to’xtovsiz reaksiyaga kirishib ketishi xisobiga katalizatorni vaqti - vaqti bilan tiklab turish (regeneratsiya) zaruriyatini yuqotadi. Bu esa o’z navbatida degidrogenlash jarayonini uzoq vaqt uzluksizligini ta’minlab beradi. Degidrogenlash shaxta tipidagi kontakt apparatida olib boriladi. U qozonga ega emas va uglerodli po’latdan yasaladi. Reaksiya maxsulotlari kontakt apparaturadan 565 0C temperatura bilan chiqadi. Bu aralashma 105 0C gacha sovitilib qatronlardan xolos etiladi. Keyin gazlar aralashmasi suyuqlantiriladi, xosil bo’lgan kondensat stiroldan, suv, reaksiyaga kirishmagan etilbenzol, benzol, toluol va boshqalardan iborat bo’lib, u avval seperatorda gazlardan metan, etan, vodorod, oksiddan xolos etiladi. Keyin ajratgichda tindiriladi. Natijada kondensat qatron moddalarga, suvga va uglevodorotlarga ajraladi. Uglevodorodlar 40% atrofida stirol saqlaydi. Stirol rektifikatsiyalab tozalab olinadi. Bu bosqich butun texnologik jarayonning eng murakkabidir, sababi etilbenzol (uni miqdori 60% gacha yetadi) va stirolni qaynash temperaturalari bir-biriga yaqin, bundan tashqari yuqori temperaturalarda stirolni termik polimerlanishi kuzatiladi. Shu sababli rektifikatsiya vakuumda, past temperaturada va ingibator gidroxinon ishtirokida maxsus konstruksiyali apparatda olib boriladi. Olingan maxsulotda stirolni miqdori 99,6% kam bo’lmasligi kerak.
Stirolni ishlab chiqarishda asosan oksid tipidagi katalizatorlarni qo’llashadi. Masalan Germaniya rux oksidini, AQSh esa ishqor va temir oksidlari bilan to’yintirilgan magniy oksidini qo’llab kelishmoqda. Undan tashqari “Shell” firmasi quydagi tarkibli katalizatorlar sistemasini ishlatadi : Fe2O3 - 75-80%, K2SO3 - 15¬20%, Cr2O3 - 2-3%, SiO2 - 0,1 -0,5%.

Download 153,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish