Kuchkarov M.A. -71- Anorganik kimyo
2) Uglerod (II)-oksidning qaytaruvchilik xossalari. Uglerod (II)-oksid
olish uchun oldingi tajribadagi asbobdan foydalaning. Asbobning gaz o‘tkazgich
nayiga rezina nayni bir uchini ulang. So‘ngra aloxida probirkaga kumush
oksidning ammiakdagi eritmasini tayyorlang. Buning uchun probirkaga 3-4 tomchi
kumush nitrat eritmasidan soling va unga avval cho‘kma hosil bo‘lguncha, so‘ng
shu cho‘kma erib ketguncha konsentrlangan ammoniy gidroksid eritmasidan
tomchilatib qo‘shing. Hosil bo‘lgan reaksion aralashmani sekin qizdiring va unga
rezina nay orqali uglerod (II)-oksid yuboring ( nayning
ikkinchi uchi reaksion
aralashmaga botirilgan bo‘lishi kerak). Gaz o‘tkazish kolloid holda kumush metali
hosil bo‘lgunicha davom ettiriladi.
Vazifalar.
1) Is gazining hosil bo‘lish va yonish reaksiyasi tenglamasini
yozing.
2)Is gazi va kumush oksidi o‘rtasidagi reaksiyasi tenglamasini yozing.
Xulosalarni daftaringizga yozing..
4-tajriba. Uglerod (IV) -oksidning olinishi va xossalarini o‘rganish.
Ishning bajarilish tartibi.
1) CO
2
ning olinishi va eruvchanligi.
Kipp apparatiga bir necha bo‘lak marmar yoki bo‘r bo‘lakchalaridan va
xlorid kislota eritmasidan (1:4) soling. Gaz ajralib chiqishini kuzating. Nima uchun
bu tajribada sulfat kislotadan foydalanib bo‘lmasligini tushuntiring.
Ikkita katta stakan olib, ularning birini ajralib chiqayotgan gaz bilan
to‘ldiring. Stakanning to‘lganligini yonayotgan gugurt cho‘p tashlab,
tekshirib
ko‘ring. Ikkinchi stakanga spirt bilan namlangan bint bo‘lakchasini yondirib
tushiring. So‘ngra unga birinchi stakandagi CO
2
ni sekin-asta quying.
Kuzatganlaringiz
asosida CO
2
zichligi haqida xulosa qiling. Kipp apparatidan
chiqayotgan CO
2
gazini lakmus eritmasi tomizilgan distillangan suv orqali
o‘tkazing. Eritma qanday rangga o‘zgaradi?
2) Uglerod (IV)-oksidning oksidlovchilik xossasi.
Ikkita stakanga CO
2
to‘ldiring. Birinchi stakanga yonayotgan magniy lentasini tushiring.
Yonish
davom etish sababini tushintiring. hosil bo‘lgan mahsulotni xlorid kislotada eriting.
Erimay qolgan qora bo‘lakchalar tarkibi to‘g‘risida xulosa chiqaring. Ikkinchi
stakanga temir qoshiqcha yordamida yonayotgan qizil fosforni tushiring. Yonish
davom etishini kuzating. Yonish mahsulotini suvda eriting va unga neytral lakmus
eritmasidan qo‘shing.
Vazifalar.
Uglerod (IV)-oksid va suv orasidagi qaytar reaksiya
tenglamasini yozing. Muvozanatga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlang. Magniy
va CO
2
, fosfor va CO
2
orasidagi reaksiya tenglamasini yozing.
Bu reaksiyalarda
CO
2
qanday rol o‘ynashini tushuntiring.
Xulosalarni daftaringizga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: