36. LEVIN KURT (1890-1947).
U 1890 yil 2 sentyabrda Pozen viloyatida tuQilgan. U biologiya, fizika, matematika, san’at va adabiyotni chuqur bilgan. Biroq birinchi o‘rinda doim psixologiya fani u uchun muhim edi.
Uning Qoyalarini quyidagilarga bo‘lish mumkin:
voqea-hodisalar olami obrazi. - hozirgi vaqt obrazi.
psixologik qonuniyat tasdiqlovchi izamorfizm tamoyili.
Bunda Levin psixologik hodisalar tizimidan foydalangan. U «Affekt va psixologik harakatda Levin metodlari» deb nomlangan asar yaratdi. Shuningdek «Muhit ta’sirining samarasi» asari barcha tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. U AЈShda «Shaxsning dinamik nazariyasi» asarini yaratdi. Bundan tashqari «Urush dunyosining psixologik jihatlari» mavzusida tadqiqot ishlari olib bordi.
37. JAN PIAJE.
Shveysar psixologi, Jeneva genetik psixologiyasi asoschisi Jan Piaje 1896 yil 9 avgustda Nevshotelda dunyoga keldi. Piaje asosiy diqqat-e’tiborini bolaning fazo, vaqt, son va sabab to‘Qrisidagi tasavvurlari hamda qabul qilishi va ahloqiy rivojlanishiga qaratgan holda, bolalardagi nutq va fikrlash jarayonlarini o‘rganishga baQishlanadi. Keyinchalik u intellektning rivojlanishini o‘rganishga e’tibor qaratdi.
Olim tomonidan quyidagi asarlar yaratilgan: «Bolalar intellektining paydo bo‘lishi» (1936), «Bola tomonidan reallikni tuzish» (1937). Uning eng ko‘zga ko‘ringan asarlari «Bola nutqi va fikrlashi» (1923), «Genetik epiotemologiyaga kirish» (1949-1950), «Strukturalizm» (1968), «Genetik psixologiya muammolari» (1972).
Piaje o‘smir va bolaning intellektual rivojlanishidagi bosqichlar gipotezasini ilgari surdi. Uning gipotezasiga ko‘ra intellektual rivojlanishni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: sensamotor intellekt (2 yoshgacha), deoperator intellekt (6-7 yoshgacha), formal amallar (15 yoshgacha). Jan Piaje 1980 yil 17 sentyabrda Jenevada vafot etadi.
38. BINE ALFRED (1857-1911)
Fransuz psixologi, fransuz eksperimental psixologiyasi asoschilaridan biri, testologiya asoschisi. Yurisprudensiya, medisina, biologiya bo‘yicha tahsil olgan. 1889 yilda Sorbonada, Fransiyada birinchi eksperimental psixologiyasi laboratoriyasiga asos solgan. 1894 yildan shu laboratoriya direktori bo‘lgan. XX asr boshlarida T.Simon bilan birga bolalarning aqliy rivojlanish darajasini tekshiruvchi test yaratishga kirishgan. Bunda xotira, diqqat, tafakkurni o‘rganish ishlari umumlashtirilgan. Aqliy rivojlanish darajasini ifodalovchi aqliy yosh tushunchasini kiritgan. Ong va shaxs patalogiyasi, aqliy toliqish tushunchaviy tafakkur, xotira jarayonlarining individual farqlari kabi masalalar bilan shug‘ullangan. Tabiiy sharoitda oliy psixik jarayonlarni birinchilardan bo‘lib o‘rgana boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |