Mashhur rus psixologi. Xarkov universiteti professori. Unga xotirani o‘rganish ishlari katta shuxrat keltirgan. Birinchi ilmiy ishini 1930 yillarda A.N.Leontev boshchiligida olib borgan. Keyingi ishlarida ixtiyorsiz xotirani o‘zgartirishga katta e’tibor bergan. Bu ishlarning asosiy natijalari «Ixtiyorsiz eslab qolish» kitobida aks ettiilgan(1961). Uning rahbarligida ta’lim effektivligi va xotira mahsuldorligi muammolari ishlab chiqilgan.
10.TEPLOV BORIS MIXAYLOVICh (1896-1965)
Mashhur rus psixologi. 1896 yil 20 oktyabrda tug‘ildi. Ilk faoliyati davrida idrok tasavvur va tafakkur bo‘yicha ilmiy ish olib borgan. So‘ng individual farqlar ustida ish olib borgan. Differensial psixologiya ilmiy maktabi asoschisi. Qobilyatlar konsepsiyasini ishlab chiqqan. I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati tiplari ta’limotiga asoslanib, odamning individual-psixologik farqlarining fiziologik asoslarini o‘rganish dasturini ishlab chiqqan, natijada individual farqlar nazariyasini taklif qilgan. O‘z ishlarida san’at psixologiyasi muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor bergan.
11. ShERRINGTON ChARLZ SKOTT (1857-1952)
Ingliz fiziologi va psixofiziologi. 1885 yil Kembridj universitetida so‘ng London, Liverpul, Oksford, Edinburg univirsitetlarida ishlagan. 1914 yildan 1917 yilgacha Buyuk Britaniya qirolligi intitutida fiziologiya bo‘yicha professor bo‘lib ishlagan. Nobel mukofoti sohibi. Nerv sistemasini yaxlit sistema deb isbotlovchi tajriba ishlari bilan shuxrat qozongan. U birinchilardan bo‘lib Djems-Lange nazariyasini tajribada tekshirgan va visseral nerv sistemasini markaziy nerv sistemasidan ajratishi hayvonning emotsogen ta’sirga javobini o‘zgartirmasligini ko‘rsatgan. Reseptorlarni eksteroreseptor, proprioreseptor va introreseptorlarga ajratgan. Distant reseptorlarning kontakt reseptorlardan kelib chiqishini tajribalarda ko‘rsatgan.
12. RUBINShTEYN SERGEY LEONIDOVICh (1889-1960)
Rus psixologi va filosofii. 1889 yil 18 iyunda Odessada advokatlar oilasida tug‘ildi. Psixologiyada faoliyat yondoshuv asoschilaridan biri. Filosofik va psixologik ta’limni Marburgda olgan. 1942 yildan psixologiya instituti direktori bo‘lgan. 1943 yilda M.V.Lomonosov nomli MDU qoshida psixologiya kafedrasi, so‘ng bo‘limini ochgan, Rossiya FA filosofiya institutida psixologiya sektorini ochgan (1945 yil). 1922 yil yozilgan «Ijodiy havaskorlik prinsipi» maqolasida ong va faoliyat birligi tamoyilini ishlab chiqqan, bu tamoyil 30-yillarda faoliyatli yondoshuvi yo‘nalishiga asos bo‘lgan. Aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqib Rubinshteyn psixologiya yutuqlarini umumlashtirishga harakat qilgan. Olib borgan ishlari asosida 1940 yilda «Umumiy psixologiya asoslari» asarida yakun topgan. Bu asar Davlat mukofoti bilan taqdirlangan, ilgor rus psixologlari tomonidan yuqori baholangan.