Rossiya psixologiyasining yirik namoyondasi, oliy psixik funksiyalar rivojlanishining madaniy-tarixiy konsepsiyasi asoschisi. 1920 yillarning 2-yarmigacha san’at asarlarini idrok etish muammolarini o‘rganish bilan shug‘ullangan. U yoki bu san’at asarini idrok qilayotgan insonning his-tuyg‘u doirasini turli yo‘nalishdagi ikkita affektni ajratib ko‘rsatgan va bu qarma-qarshilikning estetik reaksiyalarining asosi bo‘lmish katarsisda namoyon bo‘lishini o‘rgangan. Keyinchalik «Ruhiy inqirozning tarixiy mazmuni» asaridan boshlab psixologiyaning umumiy metodologik muammolarini tahlil qilishni boshlagan va buning natijasida individning madaniy durdonani bilvosita umumlashtirib idrok qilishi jarayonida psixik funksiyalarning rivojlanishi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqan.
Keyinchalik L.S.Vigotskiy bolalar psixologiyasi bolaning «Yaqin kelajakdagi rivojlanish zonasi» haqidagi nizomni o‘z ichiga olgan yangi yo‘nalishni yaratdi. Amalda bu muammo defektologiya sohasini rivojlantirdi. L.S.Vigotskiy anomal bolalar psixologiyasi laboratoriyasini yaratdi (1925-1926). Bunda u anomal bolaning rivojlanish haqidagi yangi nazariyani shakllantirdi. O‘zining ishlarining so‘ngi bosqichida u tafakkur va nutqning o‘zaro munosabatini, ontogenezning rivojlanishini egotsentrik nutqni o‘rganish ustida ish olib bordi. Qisqa umr ko‘rganiga qaramay, L.S.Vigotskiyning Rossiya va dunyo psixologiyasiga katta hissa qo‘shgan. Shuning uchun ham u psixologiyaning «Motsart»i deyiladi. L.S.Vigotskiyning ko‘p ishlari bizning zamonamizda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
17. BERNShTEYN NIKOLAY ALEKSANDROVICh (1896-1966)
1896 yil 5 oktyabrda Moskva shahrida tug‘ildi. Uning otasi Rossiyaning eng ko‘zga ko‘ringan psixiatrii bo‘lgan. Rus psixofiziologi, mehnat qilish, sport bilan shug‘ullanish va boshqa jarayonlarda inson harakatini o‘rganuvchi yangi tajriba usullari – kimotsiklografiya va siklogrammetriyani yaratgan va tatbiq qilgan. Olingan natijalar tahlili, faollik fiziologiyasining va inson harakatining shakllanishini normada va potologiyadagi konsepsiyasini ishlab chiqishga asos bo‘ldi. Tajribalar jarayonida Bernshteyn «Reflektor doira» g‘oyasini shakllantirdi. Uning nazariyasi asosida sportchilarda malaka oshirish ishlari olib borilgan. Bundan tashqari olimning ishlari EHM boshqaradigan qadam tashlovchi avtomotlarni yasashda qo‘llangan.
Bernshteyning harakatlar holati nazariyasi «Harakatlar tartibi» monografiyasida bayon qilingan (1947 yil).