L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet21/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Muskul tizimi. Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo’lib, katta yoshli odam tanasi vaznining 45-50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funkqiyalari muskullarning guruh-guruh bo’lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo’ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga etib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funkqional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi. Muskullar harakatlanish organi bo’lib, nerv tolalari va biriktiruvchi to’qimalardan tuzilgan. Muskul to’qimasi hujay-ralardan tashkil topgan, bo’lib, hujayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul to’qimasining tuqilishi va funkqiyasiga ko’ra ko’ndalang yo’lli va silliq muskullarga ajratiladi. Ko’ndalang yo’lli muskullar, asosan skelet muskullari bo’lib, silliq tolali muskullar esa ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul muskul tolalari yig’in-disidan iborat bo’lib, bu tolalar biriktiruvchi to’qima yorqamida o’zaro birikkan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgandir. Har qanday muskulning boshlanish qismi - boshi va birikish qismi –dumi bo’lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo’g’imda harakat sodir bo’ladi.
Muskullarning asosiy xossalari. Muskullar quyidagi uch xil fiziologik xossaga ega: qo’zg’aluvchanlikka, ya’ni ta’sirlanishga javoban qo’zg’algan, faol holatga kelish xususiyatiga; o’tkazuvchanlikka, ya’ni qo’zg’alish to’lqinini ta’sirlanish nuqtasidan butun muskul tolasining boshdan-oxirigacha ikki tomonga qarab o’tkazish xususiyatiga; qisqaruvchanlikka, ya’ni qo’zg’alganida qisqarish yoki tarangligini o’zgartirish xususiyati­ga ega.
Qisqaruvchanlik muskul to’qimasining asosiy xossasi bo’lib, muskulda kelib chiqqan qo’zg’alish prosessining tashqi ifodasidir.
Muskul faoliyatining ikki turi: izotonik va izometrik faoliyat turi tafovut qilinadi. Muskul qisqarganida tarangligi o’zgarmasa uning bunday faoliyati izotonik faoliyat deb ataladi. Muskulning izotonik qisqarishi sof holda deyarli uchramaydi, chunki ayrim muskullar yoki muskul gruppalarining qisqarishi odatda tarangligining o’zgarishi bilan birga kechadi.
Muskulning ikkala uchi biriktirib quyilib, qo’zg’alganida u qisqarmasdan, taranglanadigan bo’lsa, uning bunday faoliyati izometrik faoliyat deb ataladi. Muskul faoliyatining bun­day turi odamda statikani saklash sharoitlarida uchraydi. Ammo odamdagi harakatlarning ko’pchiligi izotonik faoliyat bilan izometrik faoliyat o’rtasidagi oraliq turlardan iborat bo’ladi.
Tajriba sharoitlarida harakatlantiruvchi nervga bir yo’la ta’sirot berilsa, muskul bunga javoban bir marta qisqaradi va yana bo’shashadi. Bitta impuls ta’siri ostida muskulning qisqarishi yakka qisqarish deb ataladi. Ta’sirot berilgan paytdan boshlab muskul qisqara boshlaguncha o’tadigan vaqt qo’zg’alishning yashirin davri yoki latent davri deb ataladi. Bu davr juda qisqa bo’ladi va odamda sekundning yuzdan bir ulushlarini tashkil etadi.
Yaxlit organizmda esa normal sharoitlarda yakka qisqarish kuzatilmaydi, chunki markaziy nerv sistemasidan muskullarga doimo bir qancha impulslar kelib turadi. Mana shu impulslar oqimiga javoban muskul birmuncha uzoq qisqarish bilan javob beradiki, tetanik yoki tetanus qisqarish deb shuni aytiladi. Tetanik qisqarishning ro’y berishi uchun zarur shart shuki, avvalgi ta’sirot tufayli yuzaga kelgan qisqarish hali tamom bo’lmasdan turib navbatdagi ta’sirot berilishi kerak. Aks holda muskulda yakka qisqarish kuzatiladi.
Biz qo’zg’alishning tashqi ifodasi, ya’ni qisqarish bilan tanishib chiqdik, xolos. Biroq muskulning qo’zg’alishi va u qisqarishi murakkab fiziologik prosesslar bo’lib, ularning asosida fizik va bioximiyaviy o’zgarishlar yotadi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish