L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet23/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Silliq muskullar
Silliq muskullar ichki organlar, qon va limfa tomirlari devori, tashqi sekretsiya bezlar nayi devori o’rta qavatini hosil qiladi. Ularning asosini duksimon, uzunligi 20-100 mkm bir yadroli muskul hujayralari – miotsitlar tashkil etadi. Miositlarda endoplazmatik to’r va Golji apparati kuchsiz rivojlangan; sintetik faol bo’lmaydi. Sarkoplazmada miofibrillar burchak hosil qilib joylashgan. Silliq muskullarning qisqarishi odam xohishiga bog’liq bo’lmaydi. Ularning ishini vegetativ nerv sistemasi nazorat qiladi. Silliq muskullar kuchsiz, lekin uzoq qisqarish xususiyatiga ega.
Muskullar qisqarishini energiya bilan ta’minlanishi
Muskul tolasining miofibrillalari miozin va aktin iplaridan tashkil topgan. Ular polimerlashgan, ya’ni zanjirga o’xshab cho’zilgan oqsil molekulasidan iborat bo’ladi. Aktin iplari miozin iplariga qaraganda ikki baravar ingichka. Mus­kul tolasining tinchlik holatida bu iplar shunday joylashgan bo’ladiki, ingichka aktin iplarining uchlari yo’g’on miozin iplari orasidagi kamgaklarga kirib turadi. Qo’zg’alish ta’siri ostida aktin iplari sirg’anib, miozin iplari orasidagi kamgaklarga surilib kira boshlaydi, natijada miofibrillalar, demak muskul tolasi ham qisqaroq bo’lib qoladi.
Iplarning sirg’anishini ta’minlab beradigan mexanizm shu vaqtga qadar aniqlangan emas. Miozin va aktin oqsillarining o’zaro ximiyaviy ta’siri bunga sabab bo’ladi, deb taxmin qilishadi. Ayni vaqtda bu protsessda adenozintrifosfat kislo­ta yoki qisqacha ATF deb ataladigan va energiyaga boy bo’lgan birikma muhim rol o’ynaydi.
Ketma-ket keladigan ximiyaviy reaksiyalar ATF ning aktiv ferment xossalariga ega bo’lgan miozin ta’siri bilan Ca2+ ionlari ishtirokida parchalanishidan boshlanadi. ATF parchalanganida talaygina miqdorqa energiya ajralib chiqadi va bu energiyadan muskul o’zining qisqarishi uchun foydalanadi,-Ajralib chiqadigan energiyani miofibrillalarga o’tkazishda oqsil ip­lari bir-biriga nisbatan suriladi, shuning natijasida muskul qiskarib, ish bajaradi. ATF parchalanib bo’lganidan keyin bir qancha boshqa makroergik, ya’ni energiyaga boy bo’ladigan fosfat birikmalari parchalanadi. Lekin bu energiyaning ko’pchilik qismi ATF miqdorini avvalgi darajasiga yetkazish uchun sarflanadi.
Shunday qilib, ketma-ket keladigan bir qancha reaksiyalar natijasida ATF va boshqa makroergik birikmalar butunlay tiklanadi, ya’ni asliga keladi. Fosfat birikmalarning kis­lorod ishtirokisiz parchalanib borishini, shu munosabat bilan bu fazaning anaerob faza deb atalishini aytib o’tish kerak.
Biroq, bundan keyin ro’y beradigan reaksiyalar uchun kislo­rod bo’lishi kerak — aerob faza boshlanadi. Aerob fazada ilgari hosil bo’lgan sut kislota parchalanib, suv va karbonat angidrid gazidan iborat oxirgi maxsulotlarga aylanadi. Bu reaksiyalar xam energiya ajralib chiqishi bilan birga davom etadi, bunda ajralib chiqqan energiya sut kislotaning qolganini murakkab uglevod — glikogenga aylantirish uchun sarflanadi.
Muskullar ishlab turgan paytida nima sababdan kislorodning shunchalik zarur bo’lishi yuqorida aytilganlardan ayon bo’ladi. Kislorod bo’lmay qolganda glikogen resintezi izdan chiqadi va uglevodlar zapasi darrov tugab qoladi. ATF ning tiklanishi uchun uglevodlar zarur bo’lganidan, uglevodlar zapasining tugab qolishi organizmda ATF konsentratsiyasining kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, kis­lorod bo’lmaganida muskullarda moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlari to’planib boradi, shuning natijasida muskullarning ish qobiliyati ancha pasayib ketadi.
Shunday qilib, odam muskullari ximiyaviy energiyani qanday bo’lmasin biror xildagi ishni bajarishga imkon beradigan mexanik energiyaga to’g’ridan-to’g’ri aylantira olishdek ajoyib xususiyatga ega.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish