Real holatga asoslangan muammoli vaziyatlar.
Hozirgi kunda maktab yoki texnikumlarni tugatgan har bir yosh iqtisodiy hayotga kirib kelish jarayonida quyidagi bir qator muammolarga duch keladi. Bular:
birinchidan, oliy ta’limda o‘qishni davom ettirish masalasi;
ikkinchidan, ishga joylashish masalasi;
uchinchidan, yangi biznes bilan shug‘ullanish jarayonida yetarli iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi;
to‘rtinchidan, yoshlarning har qanday qarorlar, ya’ni, tovar va xizmatlar sotib olish, ishlab chiqarishni tashkil etish, hayotiy muammolarni hal etishni amalga oshirishda ratsional, optimal, foydali yechimni topishdagi qiyinchilik.
Shu muammolarga duch kelganda qanday Yo`l tutishni maslahat berasiz va fikringizni misollar bilan izohlang.
1-masala : kim bo’lishni xoxlashizni belgilayotgan vaqtiz avvalo inson o’z istagiga ,ko’ngliga qarashi kerak. Chunki shu bilan, undagi o’z maqsadlariga yetishish imkoni yuqori darajada bo’ladi. Inson o’zi tanlagan kasbni yaxshi ko’rmasa, mehr bermasa unda, u , ish emas , vaqt o’tqazadigan maskan bo’ladi. Bunday davrning yo’li ham umri ham qisqa bo’ladi. Shu bilan birgalikda faqatgina oliy ma’lumot unvoni uchun emas yaxshi kadr sifatida shakllanish maqsadi bilan tahsil olish kerak. Bu yo’lning bardavomligi va kelajagi mastahkam bo’ladi. Kimdir o’qituvchi, kimdir shifokor yana kimdir sartarosh bo’lishni xoxlaydi.
2- masala : har qanday kasbda yoki ishda avvalombor kasbga ishtiyog’i, qiziqishi baland bo’lgan nomzodlarni tanlashadi. Chunki ularda yangi g’oya, yangililarga intilish va idea(fikr)lar kengligi kuzatiladi. Agar siz
usta bo’lishni xoxlasangiz, shogirt bo’lib bir necha yillik mehnatlaringiz samarasini keyinchalik ko’rasiz. Kasbni o’rganishga qanchalik qiziqish va intilish yuqori bo’lsa, siz shu orqali shogirtlik davrini tezda bosib o’tasiz va qolgan davrda sizda ancha yengillik paydo bo’ladi. Agarda siz oliy ma’lumotga ega, yaxshi kadr bo’lsangiz va o’z sohangiz bo’yicha ma’qul ish topolmayotgan davringizda , vaqtinchalik shu ishga yaqin bo’lgan sohalar bilan shug’ullanish maqsadga muofiq bo’ladi. Masalan : Siz mehmonxona menejeri va siz uchun mehmonxonalarda ish topilmagan vaqtida , magazinlarda, firma yoki korxonalarda ish boshqaruvchisi vazifasini bajrishingiz mumkin, agarda chet tilini mukammal bilsangiz kurs to’garaklari o’tishni ham misol keltirsak bo’ladi. Bu borada siz hayotiz davomida asqotadigan, juda muhim bo’lgan tajribalarga ega bo’lasiz.
3 – masala : Hayotimiz davomida, iqtisodiy tamonlama yuqori bo’lmagan insonlar, o’zlari xoxlagan o’qishga kirishga tayyorgarliklari mavjud emasligi, kasbga, o’zlari qiziqqan sohani o’rganishga, hayotdagi yozilmagan qonunlar to’siq bo’lishiga juda ham ko’p bor guvoh bo’lamiz. Biror-bir sohada tadbirkorlikni boshlash maqsadi bo’lganida, avvalambor shu soha bo’yicha 1-2 yillik ish faoliyatini olib borish va sir-asrorlarini o’rganish, biznes(tadbirkorlik)da pand yemaslik uchun eng samarali yo’l deb bilaman. Misollar tariqasida keltiradigan bo’lsak, ular juda ham ko’p.Tikuvchilikda, sartaroshlikda va bir qator hunarlarda ham misol qilsak bo’ladi. Iqtisodiy tamollama yuqori darajada bo’lib, tajriba kam
bo’lsayu, siz o’zingizga tegishli bo’lgan oshxona ochmoqchisiz. Bunda eng avzali, siz shahardagi ilg’or oshxonalarga ishga kiring va qanchadir muddat ishchi faoliyatini olib boring. Bu bilan siz avvalombor tadbirkorlikda asosan nimaga e’tiborni qaratishni , iste’molchi talablari nimaga yuqori ekanligini,raqobatga va maskan tanlashda e’tiborli bo’lish, xom-ashyo, kerakli bo’lgan barcha tovarlarni arzon va qulay sharoitda topish yo’llarini o’rganasiz. Yana bir muhim jihat, ichki muhitni qanday maksimal darajada ushlab turish , unumdorlikni oshirish va ularni boshqarish tajribasiga ega bo’lasiz. Hattoki ishchilar va hamkorlar tomonidan pand beradigan jihatlarga tayyor bo’lasiz. Shu holatni agar siz iqtisodiy mukammal bo’lmasangiz ham, davlat tomonidan ajratiladigan kriditlardan foydalanib ish boshlashingiz mumkin bo’ladi. Chunki sizda asosiysi ishonch va tajriba bo’ladi.
4 masala : bu o’ylab qilingan tavakkalchilikdir. Ishlab chiqarish nazaryasida juda katta ko’lamdagi bilim va tajriba kerak bo’ladi. Tavakkalchilik yosh ishbilarmonlar uchun tadbirkorlikdagi sinov qismi hisoblanadi. Yosh tadbirkorlarni, takidlash joizki barcha yoshlarni avvalambor daromadini, mablag’ini to’g’ri yo’lga sarflashiga o’rgatish ham asosiy maqsad qilinishi kerak. Yoshlardagi ehtiyojlar xilma-xilligi va meyoridan ortiqligi ularni kerakli vaqtda to’g’ri qaror qabul qilishlariga xalal beradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |