L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet47/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Parasimpatik nerv tizimi. Avtonom nerv tizimi bu qismining tuqilishi deyarli simpatik tizimniki kabi. Uning ham markaziy va tashqi tuzilmalari mavjud, qo’zg’alish bajaruvchi a`zoga ikki neyronli yo’l orqali yetib boradi. Ammo parasimpatik tizimning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Birinchidan, bu tizimning markazlari bosh va orqa miyada bir-biridan va simpatik markazdan uzoqdagi sohalarda joylashgan. Ikkinchidan, tizzada parasimpatik tizim ta`sir o’tkazadigan doyra ancha tor, ba`zi a`zo va tuzulmalar, masalan, bachadon, MNT, yon tomirlarning deyarli hammasi parasimpatik nervlanishga ega emas. Parasimpatik tizimning markaziy tuzilmalari o’rta, uzunchoq va orqa miyada joylashgan (27-rasm). O’rta miya (meensefal) vuzemining yadrosi Silviy suvo’tkazgich tubida bo`lib, ko’z muskullariga, sulak va kuz yoshi bezlariga uch juft bosh nervlar tarkibida preganglionar tolalar yo’llaydi. Bu tolalar kuzni harakatlantiruvchi, yuz va til-halqum nervlar tarkibida kipriksimon, quloq til osti va tanglay tugunlariga yetib keladi va postganglionar neyronlarning tana va dendritlarida sinapslar hosil qiladi.
Uzunchoq miyadagi (bulbar) markazdan chizdan preganglionar tolalar bo’yin, ko’krak va qorin bo’shliqlaridagi a`zolarga sayyor nerv tarkibida o’tadi.
Parasimpatik tizimning dumg’aza bo’limi orqa miyaning uch dumg’aza segmenti yon shoxlarida joylashgan. Bu yerdan tolalar chanoq nervi tarkibida chanoq a`zolariga yo’l oladi.
Parasimpatik tizimning afferent yo’llari sayyor nerv tolalarining ko’p qismini tashkil qiladi. Bu tolalarga aloqador hazm, ko’krak va qorin bo’shlig’idagi a`zolardagi retseptorlar mexanik, harorat va ogriq paydo qiluvchi taassurotlarni sezadi, pH va elektrolitlar tarkibi o’zgarganda qo’zg’aladi. Qon bosimi barqarorligini sezishda parasimpa­tik markazlar bilan bog’langan aorta ravogidagi va karotid koptokchadagi retseptorlarning ahamiyati juda katta.
3.7 Nerv tizimining ontogenezda rivojlanishi
Dendritlarning umumiy yuzasi neyron tanasining o’lchamidan katta bo`lib, ularda juda ko’p sonli boshqa neyronlarning uchlari joylashgan bo`ladi. Bu burtmalarnig soni tutilgandan keyin ancha ortadi va ular nyeyronni bosh hujayra l a r bilan muloqotini oshiradi. Nerv hujayralarining kattalashuvi maktab yosh idagi bolalarda kuzatiladi. Bola qanchalik ko’p uzilsa, uning neyronlardagi bo’rtmalar soni shunchalik ko’p bo`ladi. Postnatal ontogenez davomida nerv va glial hujayralarning nisbati o’zgarib turadi. Chaqaloqdagi hujayralarning soni neyronlarga nisbatan kam bo`lib, 20 — 30 yoshlarda ularning nisbati tenglashadi, keyinchalik (30 yoshdan keyin) glial hujayralarning soni ortib ketadi. Masalan, 70 yashar keksalarda bosh miyadagi glial hujayralarning soni 70% ni tashkil qiladi.
Ontogenezning quyi bosqichlarida mielinli parda bo`lmaydi va uning rivojlanishi, asosan, tutilgandan keyin 2 — 3 yil davomida tugallanadi. Miyelin pardalarning shakllanishi yashash sharoitiga ham bog`liq. Sharoit noqulay bo’lganda miyelin pardaning rivojlanishi bir necha yilgacha cho`qilishi mumkin. Bu holat esa nerv tizimining boshqaruv faoliyatining sifatini pasaytiradi.
Postnatal paytning birinchi va ikkinchi yilida nerv tizimining tez o`sishi, nerv yo`llarining rivojlanishi neyronlar o`rtasida a`zolarning shakllanishiga bog`liq. Bunday a`zolar nerv o`simtalari va sinapslarning ko`payishiga bog`liq bo`lib, ular ayniqsa bosh miya katta yarim sharlarining po`stlog`da ko`p uchraydi. Bolalarda bosh miya katta yarim sharlari po`stlog`ining rivojlanishi ularning stereo tipi va fe`l —atvorini belgilaydi.
Embrional rivojlanishning ilk bosqichlarida nerv hujayrasi— neyron tanasi va ikkita differensiyalashmagan, shoxlanmagan o`simtalardan iborat. Uning tanasida sitoplazma va katta yadro bo`ladi. Neyronlarning yetilish jarayoni sitoplazmaning tez ortishi bilan tasniflanadi. Shu bilan birga, unda ribosomalar soni ko`payib, Golji apparati shakllanadi hamda akson va dendritlar yuzaga keladi. Nerv hujayralarining turli tiplari ontogenez davomida geteroxron ravishda shakllanadi. Eng erta, ya`ni embrional davrda, afferyent va effyeryent neyronlar yetiladi. Tug`ilgandan keyin (postnatal ontogenyezda) mayda nerv hujayralarining (oraliq neyronlar) yetiladi. Bu esa, o`z navbatida, nerv tizimida plastik qayta qurishlar uchun sharoit yaratadi. Alohida olingan neyronlaram bir vaziyatda yetilmaydi. Eng kech dendrit apparati yetiladi, uning rivojlanishi tashqi axborotning miqdor va sifatiga bog`liq. Aksonlarni qoplab turuvchi miyelin po’sti ontogenezning postnatal davrida rivojlanadi. Uning rivojlanishi nerv tolasi bo’yicha qo’zg’alishning o’tish tezligini oshiradi. Ontogenezda mielinlanish ko`pincha periferik nervlardan boshlanadi. Keyin nerv tolalarining mielinlanishi orqa miya, miya sopi, miyachada davom etadi va oxiri, katta yarim sharlar po`stlog`ida tugallanadi. Harakatlantiruvchi nerv tolalari mielin po`sti bilan tutilish paytgacha qoplanadi. Sezuvchi nerv tolalarining (masalan, ko`rish nervi) mielinlanishi bolaning birinchi postnatal rivojlanish oylarida kuzatiladi. Uch yosh gacha barcha nerv tolalarining mielinlanishi tugallanadi, lekin mielin po`stining va o`z silindrning o`sishi 3 yoshdan keyin ham kuzatiladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish