Tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki xavfsizligini ta’minlash



Download 18,21 Kb.
Sana20.01.2022
Hajmi18,21 Kb.
#393697
Bog'liq
Adolat123


Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, davlat tuzilmalarining hokimiyat vakolatlarini qisqartirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi vazifalarini aniq chegaralab qo‘yish, shuningdek respublika davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Belgilab qo‘yilsinki, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga kiradi.

2. Respublika davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat deb hisoblansin:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda ro‘yobga chiqarilishini, ularning ijrosi ustidan ta’sirchan nazorat amalga oshirilishini ta’minlash;

tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki xavfsizligini ta’minlash;

mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, aholining ta’lim, tibbiy xizmat, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash va himoya qilish, mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;

tegishli huquqiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish va standartlashtirish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;

soliqlar, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, davlat daromadlarini taqsimlash yo‘li bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 20-iyundagi F-1791-son farmoyishi bilan tuzilgan ma’muriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasining quyidagi takliflari qabul qilinsin:

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya bosh boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi etib qayta tashkil qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat moddiy zaxiralari bosh boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi etib qayta tashkil qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi etib qayta tashkil qilish;

Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil qilish;

Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat”) etib qayta tashkil qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qo‘mitasini tugatish.

4. Respublika davlat boshqaruvi organlarining ro‘yxati ilovaga muvofiq belgilansin.

5. Ilovada ko‘rsatilgan respublika davlat boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jamiyatni erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq yangilangan o‘z nizomlarini hamda boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar.

6. Ma’muriy islohotni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni boshqarish tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi bosqichma-bosqich ikki oy muddatda ushbu Farmonga muvofiq qayta tashkil etiladigan davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmalari va funksiyalari to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar tayyorlanishi hamda belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.

8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. A. Xudoybergenov zimmalariga yuklatilsin

Mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy maqomi va faoliyatinini demokratlashtirish, uning mas’uliyati va mustaqilligini kuchaytirish markaziy o‘rin egallaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilangan muhim konstitutsiyaviy prinsip – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.

Mazkur prinsip mustaqil, samarali va mas’uliyatli ijro etuvchi hokimiyat faoliyatini nazarda tutadi. Shu nuqtai nazaridan ushbu prinsipni to‘laqonli ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobi bevosita Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlandi. Ta’kidlash lozimki, ushbu bob 25 yil mustaqil taraqqiyot yo‘lida izchil takomillashtirib borildi. Xususan, 1993-2017 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 9 marotaba (1993, 2003, 2007, 2008, 2011 yilda 2 marotaba, 2014, va 2017 yilda 2 marotaba) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, ulardan 4 tasi aynan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga ham qaratilgan edi. Xususan, Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasi faoliyati va huquqiy maqomiga bag‘ishlangan 98-moddasi uch marotaba – 2003, 2011 va 2014 yillarda yangi tahrirda bayon etilganligi ham konstitutsiyaviy islohotlar tizimida Vazirlar Mahkamasining naqadar ko‘p marotaba modernizatsiya qilinganligidan dalolat beradi.

Qisqacha qilib aytganda, Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlangan 98-moddasining 1992 yilgi tahriri 6 qismdan iborat bo‘lib, unda Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarlik qilishi ruhi sezilib turardi. 2003 yildagi yangi tahririda ushbu 6 qism jiddiy o‘zgarishlarsiz saqlab qolindi, shu bilan birga yangi 4 ta qism bilan to‘ldirildi (jami 9 ta qism, 1993 yilgi tahrirdagi ayrim qismlar birlashgan). 2003 yilda 98-moddada ilk marotaba Bosh vazirning roli mustahkamlanib, u konstitutsiyaviy-huquqiy maqomga ega bo‘ldi. 98-moddaning 2003 yilgi yangi tahriri Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomini (ijro hokimiyatini amalga oshirishi, tarkibiga kimlar kirishi belgilandi), Bosh vazirning huquqiy maqomini (Bosh vazir nomzodi Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi) va vakolatlarini (Vazirlar Mahkamasining a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tasdiqlash uchun taqdim etish; Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi va unga rahbarlik qilishi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘lishi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qilishi, uning qarorlarini imzolashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘rishi) belgilab berdi, shuningdek, eng muhimi Bosh vazir va Prezident o‘rtasida ijro hokimiyatini amalga oshirishdagi vakolatlar taqsimotini (Prezident Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli ekanligi) mustahamladi.

Konstitutsiya 98-moddasining 2011 yildagi yangi tahriri esa, 15 qismdan (7 ta yangi qismlar kiritildi) iborat bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi huquqiy holatini sezilarli darajada o‘zgartirdi. 98-moddaning 2011 yildagi yangi tahririning eng muhim va asosiy, davlat boshqaruvini demokratlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan quyidagi ikkita yangiligini qayd etish lozim: birinchidan, ilgari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqilar va tasdiqlanar edi. 2011 yilda esa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish tartibi butunlay demokratik mazmun kasb etdi, endilikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladigan bo‘ldi. Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish vakolati hamda uni amalga oshirish tartib-taomillari konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yildi.

Nihoyat Konstitutsiyamizning 98-moddasi 2014 yilda ham yangi tahrirda bayon etildi. Endilikda 98-modda 9 qismdan iborat bo‘lgan maqbul ko‘rinishga keldi. 98-moddaning 2014 yildagi yangi tahriri 6 ta yangi qoidani belgilab berdi.

Birinchi. Vazirlar Mahkamasi vakolatlari tizimlashtirildi va aniqlashtirildi, uning 6 ta vakolati bandlarda aniq-ravshan etib ifodalandi. Muqaddam 98-moddaning 2011 yilgi tahririda uning atigi 2 ta vakolati aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 6 taga yetdi. Xususan, Vazirlar Mahkamasi ilgari faqatgina iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlik qilishi belgilangan bo‘lsa endilikda ushbu sohalar moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lishi bilan to‘ldirildi. Shuningdek, fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtirish va yo‘naltirish, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etish kabi yangi vakolat va vazifalar belgilandi.

Ikkinchi. Vazirlar Mahkamasi ilgari “amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” qaror va farmoyishlar chiqargan bo‘lsa, endilikda ushbu vakolat “konstitutsiyaviy normalar doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq” amalga oshirilishi belgilandi.

Uchinchi. Vazirlar Mahkamasi ilgari o‘z faoliyatida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi” oldida javobgar bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ustuvorlik o‘zgarib, javobgarlik dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va undan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida etib belgilandi.

To‘rtinchi. Ilgari amaldagi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilgach, Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar hukumat qanday faoliyat yuritishi masalasi ochiq qolgan edi. Endilikda ushbu muammo hal etildi – amaldagi Vazirlar Mahkamasi uning yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turishi belgilandi.

Beshinchi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifalari tizimlashtirilib, uning 4 ta asosiy vazifasi belgilab berildi. Ilgari Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘rgan bo‘lsa, endilikda ushbu vakolatni amalga oshirish uchun “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘i” shart bo‘lmaydi, ya’ni Bosh vazirning mustaqilligi mustahkamlanib, u ushbu vakolatni mustaqil amalga oshirishi ko‘zda tutildi.

Oltinchi. Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etishi tartibi joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi, unda belgilangan ijro hokimiyatini tashkil etishning demokratik prinsip va qoidalari amaldagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan va sezilarli darajada boyitilgan. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni 2003 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lsa, 2003 yildan 2017 yilga qadar ushbu Qonunga jami 9 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2007, 2008, 2009, 2011, 2014 va 2015 yillarda – 2 martadan hamda 2016 yil). Bularning barchasi o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyati mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan qoida va prinsiplar asosida izchil takomillashib kelayotganligidan dalolat bermoqda.

Qolaversa, Konstitutsiyaning 98-moddasida belgilangan Vazirlar Mahkamasining vakolatlari tarmoq qonun hujjatlarida rivojlantirilgan. Xususan, amaldagi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ijtimoiy-iqtisodiy sohada juda keng doiradagi vakolatlar berilgan. Xususan, Qonun hujjatlari tahlili ularning deyarli barchasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli sohadagi vakolatlariga alohida modda bag‘ishlanganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, 2016 yil 4 yanvarda yangi tahrirda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda Vazirlar Mahkamasining 4 ta vakolati (5-modda), 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunda 7 ta vakolati (7-modda), 2016 yil 19 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunda 4 ta vakolati (9-modda), 2016 yil 21 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunda 4 ta vakolati (9-modda), 2016 yil 22 sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunda 8 ta vakolati (7-modda) belgilab qo‘yilgan.

Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asoslangan holda ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirib, mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohada samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha huquqiy maqomini belgilab berdi hamda mamlakatimizda ijro hokimiyati tizimini izchil isloh etish va yanada demokratlashtirish va modernizatsiya etishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

2. Siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining Sp.ning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.



Markaziy Osiyoda Sp. tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat 19-asrning oxiri — 20-asrning boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshirish, ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (qarang Jadidchilik). Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha boʻlgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk Sp. shakllanib ulgurmadi. Okt. toʻntarishi arafasida va undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga uchradi, badargʻa va surgun qilindi (qarang "Milliy ittihod", Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar). Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng Sp.ning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8 dek.), Oʻzbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1996-yil 26 dek.), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning 34moddasida mustahkamlangan. Konunga koʻra, Sp. fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi; Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteta, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy hukuq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi; xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni boʻyicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy partiyalarga aʼzolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaningaʼzosi ayni vaqtda 2partiyaga aʼzolikka qabul qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy subʼyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi. Siyosiy partiyalar saylab koʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyesatini uyushqoklik bilan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning fraksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuziladi. "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonunda Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan[1].
Download 18,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish