L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet48/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Nerv tolalarining miyelinlashuvi. Avval periferik nervlar, so`ngra orqa miya, keyinroq bosh miya sopining nerv tolalari, undan so`ng bosh miya katta yarim sharlari tolalari miyelinlashadi. Miyelin qavat rivojlangan sari nerv tolalari qo`zg`aluvchanligi ortib boradi. Embrion 4 oylik bo`lganda orqa va bosh miyadagi nervlar miyelinlashadi. Avval harakat nervi, so`ngra aralash nervlar, keyin orqa miyaning markazga intiluvchi nervlari miyelinlashadi. Bola tug`ilganda harakat nervlari miyelin qavat bilan qisman o`ralgan bo`ladi. Bola 1,5-2 yoshar bo`lganda bosh miyadagi ko`plab nervlar, 2 yoshida eshitish organi nervlari miyelinlashib bo`ladi va ko`rish , til-tomoq nervlari yangi tug`ulgan bolalarda miyelinlashgan bo`ladi.
Yuz nervlari bola tug`ilish vaqtida to`liq miyelinlashadi. Uch yoshda bosh miya nerv tolalari miyelinlashib, funksiyalari murakkablasha boradi.
Bolalar markaziy nerv tizimida qo’ zg’alishning sekin o`tishi kattalarga nisbatan yaqqol ko’zga ilinadi. Charchash holatida esa qo’zg`alishni o`tkazish muddati yana ham cho’ziladi. Chaqaloq tug`ilganida bosh miya massasi kattalar miyasining 25% ini tashkil qiladi. Bola bir oyligida bu ko`rsatkich 50%ni, 2,5 yoshligida — 75% ni va 5 yoshda 100% ni tashkil etadi.
Yangi tug`ilgan bola bosh miyasining vazni 340—400g bo`lib, tana vaznining sakkizdan bir yoki to`qqizdan bir qismini tashkil qiladi. Katta odamda esa bosh miya tana vaznining qirqdan bir qismini tashkil qiladi. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o`sadi. Bosh miyaning o`sishi 20—30 yoshga borib to`xtaydi. 1—2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan tez o`sadi. Yangi tug’ilgan bolada orqa miyaning massasi 6—10 g, uzunligi 13 —15 sm bo`ladi. 10 yoshda uning uzunligi ikki barobar oshadi. Orqa miya rivojlanishining bosh miya rivojlanishidan farqi shuki, uning o`sish harakat faoliyati murakkablashishi bilan parallel boradi. Orqa miya odatda markaziy nerv tizimining boshqa bo`limlariga nisbatan ertaroq rivojlanadi. Xomilaning dastlabki shakllanish davrida orqa miya anchagina katta bo`ladi. Yosh bolalarning orqa miya ko`ndalang kesimida oldingi shoxlarning orqa shoxlarga qaraganda sezilarli rivojlanganligi ko’rinib turadi.
Homila 16-17 xaftalik bo’lganida uzunchoq miyada nafas olish markazi shakllanadi, 21 —22 haftalarda nafas chiqarish nerv markazi shakllanib tugaydi. Uzunchoq miya va miya ko’prigida hayot uchun zarur bo`lgan markazlarning deyarli barchasi ona qornida shakllangan bo`ladi. Yangi tug’ilgan bolada nafas, himoya reflekslari (aksarish, yo`talish, qayt qilish, yutish) yaxshi rivojlangan. 7 yoshga kelib uzunchoq miyadagi yadrolarining yetilishi tugallanadi.
O’rqa miya ishtirokida hosil bo`ladigan reflekslar ona qornida homilada shakllana boshlaydi. Yangi tug`ilgan bolada ko`z qorachig’i refleksi yaxshi rivojlangan bo`ladi. Bola 2—3 oylik bo’lganida labirint reflekslari to’la shakllanadi. Bola ulg’aygani sayin tana holatini fazoda ushlab turish reflekslari rivojlanib murakkablashib boradi. O`rta miya reflekslari 5 — 6 yoshli bolada kattalarnikidek bo`ladi.
13 yoshda oraliq miyaning o’lchami kattalarnikidek bo`ladi.
Miyacha bolalarda bir oz orqaroqda joylashgan bo`lib, bosh miya qutisini ensa qismini to`ldirib turadi. Yangi tug`ilgan bola miyachasining vazni 20,5— 23g, 6 oylik bolada 62—65g bo`ladi. Miyachaning oq moddasi kulrang moddasiga nisbatan tez rivojlanib, 7—8 yoshdan keyin uning o`sishi tugallanadi.
Katta yarim sharlarsiz tug`ilgan (aensefal) bolalar tug`risidagi ma`lumotlar tibbiyot amaliyotida mavjud. Aniqlandiki, aensefal bolalarda katta yarim sharlar o`rnida faqat ma`lum bir suyuqlik bilan to`lgan miya pufakchalari bo`ladi. Aensefal bolalardan bittasi 3 yil—u 9 oy yashaganligi fanga ma`lum. U bola tovush va yorug`lik signallariga hech qanday reaksiya bermagan, u hech kimni tanimagan, so’zlashmagan, umuman, unda hech qanday fe`l— atvorga xos bo`lgan harakatlar unda kuzatilmagan.
Bosh miya yarim sharlar po`stlog’ining peshona qismidagi premotor yoki ikkilamchi harakat zonasi, yarim sharlar po’stlog’i peshona qismidagi uchlamchi harakat zonasi ham assotsiativ zonaga tegishlidir. Harakat tizimi odamda 4—7 yoshlarda fiziologik jihatdan yetiladi. Bu zonalar buzilganda xulq—atvor harakatlarida ketma —ketlik va maqsadga muvofiqlik yo’qoladi.
Katta yarim sharlarning rivojlanishi ontogenezning prenatal davridan boshlanadi. Chaqaloqning katta yarim sharlar po`stlog`i kattalarnikiga o`xshash bo`ladi, ammo uning satzi tug`ilgandan keyin mayda ariqchalar va buramalar evaziga oshadi (3—9 rasm). Postnatal hayotning birinchi oylarida katta yarim sharlar po`stlog`ining rivojlanishi ancha jadal boradi. Neyronlarning ko`pchiligi kattalarga xos bo`lgan shaklni oladi. Po`stlog`ning somatosensor va harakatlantiruvchi qismi hammadan ilgari yetiladi. Ko`rish va eshitish zonalarining yetilishi kechroq ro`y beradi.
Proeksion zonalar assotsiativ zonalarga nisbatan ertaroq yetiladi. Proeksion zonalarning yetilishi 3 yoshgacha tugallanadi, assotsiativ zonalar esa keyinroq yetiladi. 7 yoshga borganda assotsiativ zonalarning funksional yetilishi kuzatiladi. Lekin ularning mofologik yetilishi o`smirlik davrigacha davom etadi. Bosh miya po`stlog`ning peshona bo`limlari hammadan kech voyaga yetadi. Ularning yetilish ketma—ketligi nerv jarayonlarining yoshga bog`liq xususiyatlarini hamda bolalar va o`smirlarning xulq —atvorini belgilaydi.
Hayotiy jihatdan eng muhim a`zolarning faoliyatini boshqaruvchi vegetativ nerv tizimi rivojlanishning ilk bosqichlarida yetiladi. Ammo bola tug`ilganda simpatik va parasimpatik nerv tizimlarining faoliyati yetarlicha muvozanatlashmagan bo`ladi. Bola rivojlangani sari markaziy nerv tizimi oliy bo`limlarining ta`siri oshadi va vegetativ nerv tizimining ichki a`zolar faoliyatiga moslashuvi mukammallashadi. Nafas olish, qon aylanish va boshqa shunga o`xshash jarayonlarni boshqaruvchi vegetativ nerv markazlari bola tug`ilganda to`la shakllangan bo`ladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish