L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet33/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Tеkshirish uchun sаvоllаr:
1. Tаyanch — hаrаkаt sistеmаsi qаndаy оrgаnlаrdаn ibоrаt?
2. Tаyanch — hаrаkаt sistеmаsi qаndаy vаzifаlаrni bаjаrаdi?
3. Tаyanch — hаrаkаt sistеmаsi qаndаy yosh хususiyatlаrgа egа?
4. Muskullаrning vаzifаsi vа uning yosh хususiyatlаri nimаlаrdаn ibоrаt?
5. Umurtqа pоg’оnаsining kаmchiliklаridаn kаysilаrini bilаsiz?
6. Sinf jiхоzlаrigа qаndаy gigiеnik tаlаblаr qo’yilаdi?

3-MAVZU: NERV TIZIMINING YOSHGA OID FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI
Tayanch tushunchalar: neyron, Akson, dendrit, reflektr yoyi, qozg`lish tozmozlanish, qo’zgalish va tormozlanish, tassurotlarni summatsiyalash, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, irradiatsiya, induktsiya, A.A.Uxtomskiyning dominanta qonuni.
3.1 Nerv tizimining ahamiyati. Nerv tizimining umumiy tuqilishi. Neyron va gliya hujayralari hujayralari. Gangliyalar, nerv tolalari. Nerv impulslari. Ta`sirlovchilar. Refleks nerv tizimining asosiy faoliyati sifati. Reflektor yoyi. Nerv markazlari va ularning xossalari.
Nerv sistemasi faqat tirik organizmlarga xos bo`lib, turlicha tuzilgan va murakkablik darajasi ham har xil. Nerv sistemasi hayvonlar organizmining barcha to`qimalari va organlarining o`zaro aloqasini va bir butun bo`lib harakat qilishini ta`minlaydi. Uning yordamida turli-tuman ta`sir idrok etiladi va analiz qilinadi, tashqi va ichki muhitdagi o`zgarishlarga ko`ra javob reaksyalari shakllanadi, ya`ni organizmning o`z-o`zini idora qilishi va moslashuvi jarayonlari bo­radi.
Nerv sistemasi organlar va to`qimalarga turli moddalar yordamida qon orqali ta`sir qiladigan gumoral sistema bilan o`zaro bog`liq holda ishlaydi. Biroq nerv tizimi birmuncha takomillashgan hisoblanadi, chunki taassurot nerv tolalari bo`ylab faqat muayyan organlarga katta tezlik bilan tushadi.
Nerv tizimining umumiy tuzilishi
Butun nerv sistemasini tuqilishi jihatidan markaziy va periferik sistemalarga bo`lish mumkin. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya, periferik nerv sistemasiga somatik va vegetativ nerv sistemasi kiradi. Bosh miya kalla qutisi ichi­da, orqa miya umurtqa pog`onasining orqa miya kanalida bo`ladi. Periferik nerv sistemasi markaziy nerv sistemasi bilan bar­cha organlar va to`qimalarda bo`ladigan retseptorlar va effektorlar orqali bog`lanib turadi.
Nerv to`qimasi neyron deb ataladigan hujayralardan tashkil topgan. Ular tanadan va ikkita tarmoq (tola) —dentritlar bilan aksonlardan tashkil topgan bo`lib, o`zaro va turli organlarning to`qimalari bilan shular yordamida birikadi. Neyronning asosiy funksiyasi axborotni qabul qilish va uni nerv impulslari ko`rinishida uzatishdir. Axborot hujayraga dendritlar orqali keladi. Bu mikroskopik dumboqchalari bo`lgan ko`p tarmoqlanadigan qisqa o`simtalardir (3-rasm). Dendritlarning umumiy sathi neyron tanasi sathining o’lchamlaridan katta, ularda kup miqdorda boshka neyronlarning uchi joylashgan bo`ladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish