L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet31/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Muskullarning chiniqishi
Jismoniy harakat va muskullarning rivojlanishi
Organizm muskullari bilan ish bajargan vaqtida ko’pgina organlarning va organ sistemalarining faoliyati o’zgaradi. Qon aylanishi, yurak faoliyati, nafas, buyraklar, ter bezlari, shuningdek ba’zi ichki sekresiya bezlari va bosqa organlarning faoliyatida o’zgarish ro’y beradi.
Yurak-tomir sistemasining faoliyati talaygina o’zgarishlarga uchraydi. Ish vaqtida organizmda qon qaytadan taqsimlanib, ichki organlardan muskullarga qarab yuradi.
Tinch turgan muskulda kapillyarlarning faqat ozroq qismi ochiq bo’ladi; ammo muskul ishlay boshlashi bilan kapillyarlar­ning juda kupchiligi ochiladi, shuning natijasida muskulning son bilan ta’minlanishi keskin suratda kuchayadi.
Muskullardagi arteriyalarning kengayishi va kapillyarlar­ning ochilishi munosabati bilan qonning oqish tezligi oshadi. Yurakning faoliyati ham o’zgaradi. Yurak tez-tez ura boshlaydi: odatdagi sharoitda 60—70 marta sisqarsa, muskullarga zo’r keladigan ishda 200 martagacha va undan ortiq qisqaradi. Yurak urishi tezlashishi bilan bir vaqtda sonning sistolik hajmi, yani yurak har safar qisqarganida aortaga otib chiqaradigan qon hajmi ham oshadi. Yurakning shu tariqa tez-tez urishi va sistolik xajmining oshishi tufayli yurakdan minut sayin chiqadigan qon hajmi ko’payadi, ya’ni yurakning minutlik hajmi oshadi. Yurakning minutlik hajmi odatdagi sharoitda 4—6 l bo’lsa, muskullar ishlagan vaqtda 20—25 l ni tashkil etadi va ko’p mashq qilgan sportchilarda 40 l ga yetadi.
Ish vaqtida yurak tomirlar sistemasi faoliyatining o’zgarishlarga uchrashi qon bosimining ko’tarilishiga sabab bo’ladi, qon bosimining shunday ko’tarilishidan yurakning o’zidagi muskullarning va markaziy nerv sistemasining son bilan ta’min­lanishi kuchayadi.
Qon aylanishi organlari faoliyatida bo’ladigan shu o’zgarishlarning barchasi fiziologik jihatdan juda muzhim ahamiyatga ega.
Muskulning sisqarishi energiya zapaslari (glikogen)ni sarf qilish bilan bog’langan bir kancha ximiyaviy reaksiyalarga aloqador ekanligini bilamiz.
Muskullardagi arteriya va kapillyarlarning yuqorida tasvir etilgancha kengayishi, shuningdek yurak faoliyatining o`zgarishi muskulning oziq moddalar bilan ta’minlanishiga ham, parchalanish mahsulotlarining yuvilib, muskuldan chiqib ketishiga ham imkon beradi.
Nafas organlarining faoliyati ham talaygina o’zgarishlarga uchraydi. Buning boisi shuki, muskulga zo’r keladigan ish vaqtida muskullardagi oksidlanish protsesslari kuchayganligi munosabati bilan kislorod ko’proq kerak bo’ladi.
Oksidlanish protsesslari kuchayganda talaygina karbonat angidrid hosil bo’lganligidan shu gazni organizmdan tez chiqarib yuborish zarurati tug’iladi. Muskullarning kislorodga ehtiyojini so’ndirish va karbonat angidridni organizmdan chiqarib yuborish uchun o’pka ventilyatsiyasi albatta kuchayishi shartki, ish vaqtida shunday bo’ladi ham.
Darhaqiqat, muskullarga zo’r keladigan ishda o’pka ventilyatsiyasi juda ham kuchayadi. Qonga ko’plab o’tadigan karbonat angidrid nafas markaziga ta’sir etib, uning faoliyatini o’zgartiradi. Natijada kishi tezroq va chuqurroq nafas ola boshlaydi. Nafarning shu tariqa kuchayishi natijasida o’p­ka ventilyatsiyasi oshadi va kishi tinch turganda minutiga 7 l dan oshmasa, muskullar ishlab turgan vaqtida 60—70 l ga yetadi.
Ter bezlarining faoliyati kuchayadi. Ular suv va tuzlarni organizmdan chiqarib yuborishdan tashqari, gavda temperaturasini bir darajada saqlashda ham muhim rol o’ynaydi.
Markaziy nerv sistemasining faoliyati ham o’zgarishlarga uchraydi. Nafas markazi, tomirni harakatlantiruvchi markaz va yurak markazining uyg’un ishlashi markaziy nerv sistemasiga bog’liq.
Markaziy nerv sistemasining, jumladan bosh miya pustlog’ining muskullar ishiga ta’siri shu bilangina cheklanmaydi, chunki bosh miya pustlog’idan keluvchi impulslar organizmning bajariladigan ishga tayyorlanishiga yorqam beradi. Ko’pincha ish boshlashdan oldin organizmda yurak faoliyati o’zgaradi, to­mirlar kengayadi va nafas kuchayadi. Shunday qilib, organizm o’z oldida turgan ishga shaylanadi.
Ish tugaganidan keyin organizmda sodir bolgan o’zgarishlarning hammasi yo’qolib ketishi uchun oradan birmuncha vaqt o’tishi kerak. Ish tamom bo’lganidan keyin, to dastlabki holat boshlanguncha o’tadigan vaqt tiklanish davri deb ataladi.
Tiklanish davrining qancha davom etishi ishning shiddatiga bog’liq bo’lib, bir necha minutdan bir soatgacha boradi va undan ham oshadi. Yurak, tomirlar va nafas markazining faoliyatida kelib chiqqan o’zgarishlar bu davrda bir oz saqlanib turadi. Sekin-asta bu o’zgarishlar yo’qoladi. Bu davrda kislorod kuproq iste’mol qilinadi, chunki u ish vaqtida muskulda yigilib qolgan sut kislota va bosqa ba’zi bir kislotalarning oksidlanishiga sarflanadi.
Darakatlar tezligining rivojlanish sur’ati 7—9 yoshda, ya’ni kichik maktab yoshida ayniqsa katta bo’ladi va 14—15 yoshga kelib o’zining eng yuqori darajasiga yetadi.
Yosh ulgayishi bilan bir vaqtda takror bajariladigan harakatlar chastotasi va xususan berilgan ritmda qilinadigan harakatlar chastotasi ortib boradi. Masalan, takror bajari­ladigan harakatlar sur’ati 7 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar­da 1,5 baravar ortadi. Lekin uning shu tariqa ortishi bir tekis bormaydi. 7 yoshdan 9 yoshgacha bo’lgan davrda harakatlar chastotasi hammadan tez osib boradi. Shu davrda harakatlar chastotasining yil sayin o`sishi o’rta hisobda sekundiga 0,3—0,6 harakatni tashkil etadi. 10—11 yoshda harakat chastotasi­ning o`sishi birmuncha kamayib, sekundiga 0,1—0,2 karakatga tushib qoladi va 12—13 yoshda yana ortadi (sekundiga 0,3—0,4 harakatgacha). Vaqt birligi ichida bajariladigan harakatlar chastotasi qizlarda 14 yoshda yuqori darajaga yetsa, o’g’il bola­larda 15 yoshda bu darajaga yetadi. Shundan keyin o’g’il bolalar­da harakatlar chastotasining o’rtacha yillik o`sishi sekundiga 0,1—0,2 harakatgacha kamayadi, qiz bolalarda esa 14—15 yoshdan keyin harakatlar chastotasi butunlay to’xtaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muskullarning kuchi juda kam bo’ladi. Maktab yoshidagi katta bolalarda 15 yosh bi­lan 18 yosh orasida, ya’ni muskulatura tez rivojlanib boradigan davrda muskullarning kuchi ayniqsa zur berib o’sib boradi. Biroq mavjud ma’lumotlarni analiz qilish muskullar kuchining ortib borishi muskulaturaning o’sib borishiga qaraganda taxminan bir yil kechikishini ko`rsatadi. Bu — muskullar va umuman butun organizmdagi mikrostrukturalar rivojlanish protsesslarining yoshga taallukli xususiyatlarsga boglik, deb uylash kerak. Shu munosabat bilan o’quvchilar uchun har qanday jismoniy nagruzkani ham cheklash va yoshiga to’g’ri keladigan qilib qat’iy dozalab berish kerak. Talaygina kuch sarf qilish bilan aloqador bo’lgan mehnat va sport harakatlarini 18 yosh­dan keyingina bajarsa bo’ladi.
18 yoshdan boshlab muskullar kuchining o’sib borishi susayib qoladi va 26 yoshga borganda to’xtaydi. 35 yoshdan keyin muskul­lar kuchi kamayib boradi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish