Belgilangan xajm at kurilmalariga boglik



Download 305,36 Kb.
bet1/3
Sana08.06.2023
Hajmi305,36 Kb.
#949675
  1   2   3
Bog'liq
xisobot ishi


Belgilangan xajm AT kurilmalariga boglik. xarakatni tashkil etishda fakat aloka vositalarni ishlatish mumkin, ammo u xolda xarakat xizmati vakiliga (stansiya navbatchisi) yuklanadigan xavfsizlikni ta'minlash bilan boglik bulgan funksiyalar darxol oshadi. Masalan, stansiyaga poezd kirib kelishida, stansiya navbatchisi:
1). Strelkalarni kulda yoki avtomatika kurilmasi bulganda, pult tugmasi bosilishi bilan utkazish kerak;
2). Strelkalarni mexanik kulflash, ya'ni strelka ayrisi romli relsga (ramniy rels) sikilib maxkamlanadi. Shunda romli relsga sikilgan ayri orasidagi tirkish 4 mm dan oshmasligi, romli relsga sikilgan tirkish orasidagi masofa esa-125 mm dan kichik bulmasligi kerak;
3). Poezd stansiyaga kelmaguncha xech kim strelkani utkazmasligini kafolatlash. Agar kirish svetofori ochilsa, tizim stansiya navbatchisi tomonidan xam strelkani utkiza olmasligini kafolatlash kerak;
4). Marshrut buyicha yunalishli yullarda turgan xarakat birliklari, xarakatlanayotgan tarkib gabaritlarining doirasida turganligiga ishonch xosil kilish kerak;
5). Kirib kelayotgan marshruti tomonga kaysi bulmasin xarakat birligi chikib ketmasligini kafolatlash;
6). Kabul-junatish yuliga etib kelgan poezd xarakatlanayotgan tarkib gabaritidan chikib ketmasligiga xamda peregon va stansiya bugizida, etib kelgan poezdning xech kanday vagon va vagon kismlari yukligiga ishonch xosil kilish kerak.
Agar AT tizimlari katnashmasa, kursatilgan muammolar echimi, stansiya navbatchisiga tula yuklanadi. AT tizimlari nafakat tez va barcha sanab utilgan muammolarni avtomatik tarzda echilishini, balki poezdlar xarakat xavfsizligini 98-99% xolda stansiya navbatchisi adashgan xolatda xam kafolatlaydilar.

Temir yul signallari tizimi, «Uztemiryulnazorati» tomonidan tasdiklangan temir yullarning signalizasiyasi tugrisidagi nizomda ifodalangan.


Xarakatdagi tarkibning texnik xolatini poezd xarakatligida kompleks nazorat etuvchi va ma'lumotni markazlashtiruvchi DISK –BKV-S tizimning apparaturasi quyidagi to'rtta nimtizimdan iborat: DISK-B-kizib ketgan buksalarni aniqlovchi nimtizimi; DISK-K-g'ildirakning aylanish doirasidagi notekisliklarni aniqlovchi nimtizimi; DISK-V-ilinib suralib ketuvchi kismlarni aniqlash nimtizimi; DISK-S-nazorat ma'lumotni markazlashtiruvchi nimtizimi.
DISK-B-nimtizimi asosiy bo'lib, kolgan nimtizimlar yo'qligida ham mustaqil ravishda ishlashi mumkin va aksincha, kolgan nimtizimlarning birontasi ham asosiy nimtizimsiz ishlaolmaydi. Disk tizimi poezdlarning harakat xavfsizligini oshirishidan tashqari olingan nazorat ma'lumotni EHM ga kiritish mumin va shu orqali, xizmat ko'rsatish xodimlar sonini qisqartirishga imkon yaratadi.
Tizim jihozlari markaziy dispetcherlik nazorat punkt (SPK) larda hamda liniyadagi nazorat punkt (LPK) larda joylashadi (6.1-rasm). Liniyadagi punktlarning jihozlari postdagi (PO) va stansiyadagi (SO) qurilmalarga bo'linadi.
Post qurilmalarga buksalarning xarakatini sudralib ilashib ketgan qismlarni nazorat etuvchi, g'ildirak tebranishini o'lchovchi va boshqa umumiy nazorat zonasini tashkil etuvchi D-datchiklari kiradi. Bundan tashqari post qurilmalar tarkibiga ma'lumotga dastlabki ishlov beruvchi POS apparaturasi va ma'lumotni uzatish APS apparaturasi ham kiradi.
LPK ni stansiya jihozlariga quyidagilar kiradi: olingan nazorat ma'lumotni kodga aylantirib beruvchi P kod o'zgartirgichlari; qayd etish va signallash URS qurilmalari; ma'lumotni markaziy SPK punktiga uzatuvchi APD appraraturasi. SPK jihozlari nazorat ma'lumotni qabul etuvchi APrK apparaturasidan, xamda nazorat natijalarini kayd etish UR va ishlov berish UO qurilmalaridan iborat. Post bilan stansiya jixozlari orasida a'loqa ikki simli LS zanjiri yordamida, LPK bilan SPK orasida a'loqa esa, yuqori chastotali zichlanishli standart telefon kanallari yordamida amalga oshiriladi. DISK tizimida element bazasi sifatida K155 va U284 seriyali mikrosxemalardan foydalinilgan.
DISK-K nimtizimi peregonda joylashgan bo'lib, g'ildiraklar nazorati blokidan, oltita tebranish o'lchovchi datchiklaridan (har bir relsda uchtadan) va g'ildirak o'klarini sanovchi ikkita datchikdan tashqil topgan. g'ildiraklar nazorati bloki apparaturani peregon stoykasida o'rnatilgan.
DISK-V nimtizimi ham peregonda joylashgan bo'lib, ilinib sudraladigan jismlarni, yani vagonlarning pastki qismi gabaritlarini nazorat etuvchi va yo'lda o'rnatiladigan seksiyali datchiklaridan va peregon apparaturasi stoykasidagi boshqarish blokida joylashgan va nazorat signalini ishlab chiqaradigan qurilmadan iborat.
DISK–S nimtizimi markaziy stoykasida joylashgan o'zatish va qabul kilish apparaturasi bilan operator pultidan iborat. Lekin montaj ishlari amalga oshirilishida uzatish apparaturasi LPK ning stansiya stoykasida o'rnatiladi, qabul kilish apparaturasi esa, SPK stoykasida koladi. DISK-S ni bitta komplekti stansiyani juft va tok yo'nalishi bo'yicha o'rnatiladigan va ikkita DISK-B,K,V komplekti mavjud bo'lgan bitta LPK dan olinadigan ma'lumotni markazlash uchun mo'ljalangan.
DISK-BKV-S tizimi avtonom (mustakil) va markazlashgan rejimda ishlashi mumkin. Avtonom rejimligida DISK-S ning uzatish apparaturasi uchiriladi.
DISK tizimi poezd tezligi 5÷250 km⁄s oraligida xarakat tarkibini nazorat etishga imkonga ega (DISK-K nimtizimi uchun bu oralik 25÷80 km⁄s tashkil etadi). Ma'lumotni peregondan stansiyagacha uzatish masofasi 10 km gacha, LPK dan SPK gacha ma'lumotni uzatilishi masofasi esa 400 km gacha boradi. DISK tizimi quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatishi mumkin:
- buksasi kizib ketgan, yoki defektli g'ildirakli yoki pastki qismi nogabarit bo'lgan vagonning tartibli nomerini;
- poezdagi vagonlarning umumiy sonini (399 gacha);
- kizib ketgan buksali yoki g'ildiragi defektli (potekisli) vagondagi g'ildirak juftligi ukining nomerini;
- kizib ketgan buksa poezdning tomonini (chop yoki o'ng);
- vagondagi buksali tugunning turini (g'ildirovchi yoki sirpanuvchi podshipnikli);
- nazorat boshlanish va tugash vaqtini;
- sutka (smena) dagi poezdning tartib nomerini.
Nazorat uchastkasidan har bir poezd o'tishidan so'ng, barcha nimtizimlar sozligi avtomatik ravishda tekshirilib, nazorat natijalari printer yordamida yozma shaklda qayd etiladi.

Asosiy bo'lmish DISK-B nimtizimning ishlash prinsipini 3.4.-rasmda keltirilgan tuzilmaviy sxemasi yordamida tushuntiramiz. DISK–B ning yo'l jixozlari qatoriga asosiy chap va o'ng (NKLO, NKPO) va ko'shimcha chap va o'ng (NKLV, NKPV) yo'l infrakizil nurlarni qabul kilish kameralari kiradi. NKLO va NKPO kameralari poezd yo'nalishi bo'yicha buksa korpuslarining orqa devorlarini, NKLV bilan NKPV kameralari esa, tashqi tomondan g'ildirakning stupisa ostidagi qismidan sochiladigan infrakizil nurlar miqdorini nazorat etishadi. Kameralar infrakizil nurlarni elektr signallarga aylantirib beradilar. Kameralardan tashqari, yo'l jixozlar tarqibiga ustama relsli zanjir (EP-1 elektron pedali) hamda o'tayotgan g'ildirakni qayd etuvchi PBM-56 turdagi P1, P4 va P5 datchiklari.


EP-1 pedali nazorat uchastkaga poezd kirishi va chiqishligida post qurilmalariga boshqaruv komanda (signal)larni berish uchun mo'ljallangan P1,P4 va P5 datchiklarning signallari yordamida poezdagi vagon va o'klar soni aniqlanib, shuningdek qabul kilish va kuchaytirgich traktdagi qurilmalarning ishi boshqariladi. Post jixozlari tarqibiga qo'yidagi apparatura kiradi: kuchaytirgich bloki (KB); boshqaruv bloki (BB); termodatchiklar bloki (TB); ma'lumot uzatish bloki (MUB). Kuchaytirgich blokiga issiklik signallarni kuchaytirib beradigan to'rtta bir xil yakuniy kuchaytirgichlar YaK kiradi. Bunda issiklik signallari yo'l kameralarida joylashgan dastlabki kuchaytirgichlarida xosil bo'ladi. Yakuniy kuchaytirgichlari ichiga issiklik signalning davomini me'yorlovchi kurilma xamda uni xarakat bo'yicha korreksiyalovchi qurilmalar kiradi. Ushbu kurilmalar o'z navbatida termodatchiklar blokning signallari orqali boshqariladi.
Boshqaruv bloki BB tarqibiga quyidagilar kiradi: vagon o'tishini qayd etish qurilmasi; kmandalarni hosil etish bloki; g'ildirak o'tishni qayd etuvchi datchiklaridan impuls signallarni xosil qiluvchi qurilma; programmani belgilovchi qurilma va teskari kanal priyomnigi.
Machtali linza svetofori soyabon 4 (7.1,a-rasm) xamda shchit 3 li bita yoki bir necha svetofor kallagi kotirilgan machta 1 dan (temir-beton yoki metalli) iborat. Machtali svetoforlarning 8 yoki 10 m buladigan yaxlit temir-beton ustunlari tuprokka 1,8÷2,2 m chukurlikda kumiladi. Agar temir-beton machtalarning uzunligi kerakli son svetofor kallagini kotirishga kamlik kilsa, yoki ustunning gabariti uni urnatishga imkon bermasa, unda metalli machta kullaniladi. Metall machtalar beton poydevorga mahkamlangan va metalldan ishlangan maxsus sikib tortuvchi kobik (stakan)larda urnatiladilar.Strelka krestovinalari, 1/8, 1/22 kiya markali bulgan stansiyalarning kirish svetoforlarida tasma shaklida yashil rangli yoruglikli kursatgich urnatiladi. Ushbu yorugli tasma kursatkichi 2 (4.1,a-rasm) oldi tomonidan yashil yoruglik filtrli uchta linza komplekti mavjud bulgan chuyan korpusdan iborat. Yorugli tasma pastki ikki belgili svetofor kallagi tagida maxsus kronshteynda (tokchada) maxkamlangan Neytral relelar qatoriga NMSh (neytral kichik gabaritli shtepselli turdagi, REL (elektromagnit rele), KDRSh (kodli dispetcherlik shtepselli rele) va boshka turdagi relelar kiradi. 9.2-rasmda NMSh turidagi relening konstruksiyasi, va elektr sxemalardagi uning kontaktlarining shartli belgila-nishi keltirilgan. Relening magnit tizimi chulgam 2, uzak 1, G-simon yarma (egar) 3, pasangi 5, langar (yakor) 4 va bronzali shtift 6 dan tashkil topgan. Kontaktli gurux frontal (rupara) F, umumiy O va ortdagi G kontaktlardan tuzilgan. Ular tortki 7 yordamida boshkariladilar.
Neytral relening ishi, uning chulgamidagi tokning yunalishiga boglik emas. Unda magnit okimi langar va uzak orasidagi xavo tirkishi orkali utadi. Rele uchirib yokilganida, oralik mikdori va uni magnit okimiga karshiligi uzgaradi. Tok ulaganimizda rele langarini tortadi, tok uzganimizda esa, u langarini kuyib yuboradi.

Download 305,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish