L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 5,47 Mb.
bet27/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

Oyoq muskullari. Bu muskullar tanani qo’zg’atadi va tik holatda tutib turadi. Muskul o’sgan sari dumbaning katta muskuli, yonbosh bel muskuli, boldir muskuli ayniqsa rivojlanadi. Kichik yoshdagi maktab bolalarida bu muskullarning paylari hali yetarli rivojlanmagan. Bola qancha katta bo’lsa, tolalarning tana ichida gruppalanishi shunchalik sezilib turadi, patsimon burchak ancha o’tmas bo’lib qoladi. Yuqorida ko’rsatilganidek, bu burchakning kattalashishi muskul tolalari uzunligining qisqarishidan darak beradi, shunday ekan, ularning fiziologik diametri ortadi.
2.4 Muskullar kuchi, chidamliligi, harakatchanligi. Muskullarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Jismoniy mashqlarning muskulga ta’siri. Muskul kuchi va ishi. Gipodinamiya. Muskullarning chiniqishi. Jismoniy harakat va muskullarning rivojlanishi. Bodibilding
Skelet muskullaring tuqilishi va rivojlanishi. Skelet muskullari embrionning o`rta qavati (mezoderma) dan boshlang’ich embrion to’qimasi qismlari — miotomning hosil bo’lishidan rivojlanadi. Odamlarda ular orqa paylarning ikki tomonida plastinka shaklida hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan muskul hujayralari tez o’sa boshlaydi va uzun tolalarga aylanadi. Kichik yoshdagi maktab bolalarida muskul tolalarining o’sishi nisbatan sekin bo’ladi.
2—3 yoshli bolalarda elkaning ikki boshli muskuli tola­larining diametri 20—22 mikron, 9—12 yoshda 20 — 25 mikron, 35—40 yoshda esa 45—55 mikron keladi, ya’ni 12 yoshdan to ul g’ayguncha tolalariing diametri ikki marta ortadi.
Bu muskullardan uzunasiga va ko’ndalangiga chiziqlar ketganga o’xshab tuyuladi .
Yangi tug’ilgan bolaning muskullarida muskul tolalarining yadrolari va nerv uchlari juda ko’p. U ingichka tolali tuqilishga ega va ko’ndalang o’lchami juda kichik. Bola hayoti birinchi yilining oxirida tolalar yug’onlashadi va cho’ziladi, yadrolar soni kamayadi. Yangi tug’ilgan bolaning ikki boshli yelka muskulining tolasida 40—45 yadro, bir yoshli bolada 25—28 yadro bo’ladi. Uch yoshli bolada muskul tola­larining o’sishi birmuncha sekinla’shadi, lekin ularning uzunasiga va ko’ndalangiga ketgan chizig’lari yaxshi ko’rina boshlaydi, 4—5 yoshlarda harakatlantiruvchi nerv uchlarining roli yaxshi seziladi.
Bolalarning muskullarida mielin parda erta paydo bo’ladi, lekin sekin-asta rivoj­lanadi. Yangi tug’ilgan bola­larda uning yo’g’onligi 2 mikroncha, kattalarda esa 5 mikron keladi.
Bolalardagi mielin pardaning etarli rivojlanmaganligi ularning nerv va muskullariiing kam ta’sirlanishidan bo’lsa kerak. 6 yoshda hamma innervaqiyalovchi apparatlar kattalarnikiga o’xshash, lekin bir oz kichikroq bo’ladi. Kattalarning muskullari bir-biri bilan yaqin bo’lgan 1 dan 3 gacha qo’shni nervlar orqali energiyaga aylanadi. Yosh bolalarning muskullari nerv bilan faqat bir manbadan ta’minlanadi. Bolalarda nerv va muskullarning harakati kattalarga nisbatan ancha chegaralangan uchastkada turadi. Organizmning o’sishi bilan muskullar eneriya manbaiga sekin-asta aylanib boradi.
Nerv tolalarining bunday rivojlanishiga qaramay, muskul­lar bir qancha vaqtgacha etarli aniq differensiyalanmaydi va unda tolalar tuqilishi va funksiyasining o’zgarishi davom etadi.
6 yoshdan 12 yoshgacha muskullarning keyingi taraqqiyoti o’tadi, yadrolar soni ettitagacha kamayadi, aniq ko’rinib turadigan ko’ndalang targ’il chiziqlar paydo bo’ladi, nervlarning uchlari rivojlanadi. Muskullarning fiziologik ko’ndalang o’lchami turli-xil rivojlanadi, bukuvchi muskullar hamma vaqt yozuvchi muskullarga qaraganda tez rivojlanadi. Kichik yoshdagi maktab bolalarida muskullar ko’ndalang o’lchamining o’sishi maktabgacha yoshdagi bolalarnikiga nisbatan tez bo’ladi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish