L. S. Karieva makroiqtisodiyot



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

Klassik dixotomiya
 
kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori 
alohida-alohida 
amal 
qiladi, 
ular 
o‛rtasidagi 
muvozanat 
avtomatik 
barqarorlashtirgichlar orqali ta’minlab turadi deb hisoblanadi.
Pul bozori investitsiya va jamg‛armalar tengligini hamda to‛liq bandlik 
sharoitini ta’minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» 
ishsizlik bo‛lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning 
muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potentsial hajmiga esa (Y*) 
teng. Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg‛arilishi yalpi talabning 


56 
yalpi taklifni qoplashi uchun yyetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir 
jamg‛arilgan so‛m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta’kidlashadi. 
Agarda, tadbirkorlar uy xo‛jaliklarining jamg‛armalari miqdorida investitsiya 
qilishsa, ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy bo‛lib qoladi.
Klassik iqtisodchilar ta’kidlashlaricha, kapitalizmning o‛ziga xos pul bozori 
mavjud va bu bozor jamg‛arma va investitsiyalarning tengligini ta’minlaydi. 
Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o‛taydi (4.1.1-rasm). 
Shuning uchun ham to‛liq bandlik mavjud bo‛ladi. Bu iqtisodchilar davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzoq muddatga, oxir-
oqibat bozor iqtisodiyotining tabiiy harakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi 
uchun, salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi. 
1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga 
yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o‛zining «Pul, foiz va ish bilan 
bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat 
nazariyasini izohlab berdi.
4.1.1-rasm. Jamg‛arish-investitsiya grafigi. 
Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to‛liq bo‛lmagan bandlik sharoitida ham 
erishish mumkinligini, to‛la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki 
tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro‛y berishigina mumkinligini isbotlab 
berdi. Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy 
ofat va shu kabi vaziyatlargagina bog‛liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham 
ichki omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. 
Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg‛armalarga bevosita 


57 
bog‛liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan 
birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi.
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg‛armalarning 
bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro‛y beradi.
Bunga sabab birinchidan, jamg‛arish va investitsiyalash to‛g‛risidagi qarorlarni 
har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi bo‛lsa. ikkinchidan, 
jamg‛aruvchilar va investorlarni jamg‛arish va investitsiyalashga turlicha sabablar 
undaydi. Keynschilar fikricha, jamg‛arma va investitsiyalar bitta omilga bog‛liq 
bo‛lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati 
o‛zining ish haqi miqdoridan ortiq bo‛lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, 
masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg‛arishadi. Jamg‛armalar 
biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi iste’molini qondirish maqsadida, ya’ni, uy 
xo‛jaliklari oila boshlig‛ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari 
kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg‛armalar 
tasodifiy vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan 
birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
Klassiklar nazariyasi bo‛yicha jamg‛arma va investitsiyalar miqdorini 
aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo‛jaliklari 
kamroq iste’mol qilib, ko‛proq jamg‛arishga harakat qilishadi. Uy xo‛jaliklarida 
jamg‛armalarning ko‛payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa 
o‛z vaqtida investitsiyaning o‛sishini ta’minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi 
daromadi iste’mol va jamg‛arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy 
asoslarga tayangan holda Keyns o‛zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab 
chiqdi. 
Keynschilar nazariyasi bo‛yicha aholi o‛z mabalg‛larini nafaqat kunlik 
xaridlarni amalga oshirish uchun, balki o‛z boyliklarini amalga oshirish uchun ham 
saqlashadi. Bu pul vositalarini bir qismining kamayishi va ularni pul bozorida 
investorlarga berish joriy jamg‛armalarga nisbatan solishtirganda vositalarning 


58 
ortiqchaligiga olib kelishi mumkin. Shunga o‛xshash kredit beradigan 
muassasalardan ssudalarning berilishi pulning taklifini ko‛paytiradi. Bank yoki 
boshqa moliyaviy tashkilotlardan kreditlarning berilishi joriy jamg‛armalar 
ko‛payishiga asos bo‛ladi. Natijada uy xo‛jaliklari qo‛lidagi pul vositalarining 
kamayishi va banklar tomonidan ssudalarning berilishi investitsiyalar miqdorini 
joriy jamg‛armalar miqdoridan oshishiga olib kelishi mumkin. Bu shuni 
bildiradiki, Sey qonuni faoliyat ko‛rsatmaydi. 
Klassik nazariyachilar barcha joriy jamg‛armalar pul bozoriga chiqariladi deb 
noto‛g‛ri aytishadi. Chunki, birinchidan uy xo‛jaliklari jamg‛armalarining 
qandaydir bir qismini pul bozoriga yubormasdan qo‛lida olib qolishi mumkin, 
ikkinchidan joriy jamg‛armalar bank foizlarini to‛lash uchun ishlatiladi.
Keynschilar yondoshuvi shundan iboratki, jamg‛arish va investitsiyalar rejasi 
bir biriga mos kelmaydi va shuning uchun ham ishlab chiqarish, daromad, bandlik, 
narxlar darajasida o‛zgarishlar bo‛lib turadi. Bundan tashqari keynschilar fikricha, 
narxlar darajasi va ish haqi haqiqatda pasayishga yo‛naltirilgan egiluvchanlikdan 
iborat emas, chunki narxlar va ish haqining pasayishi keng tarqalgan ishsizlikni 
biroz yumshatishi mumkin xalos. 
Klassiklar nazariyasi asosida ikkita asosiy tushuncha mavjud: birinchidan, 
to‛liq bandlik sharoitida mahsulotlarni sotib olish uchun xarajatlar miqdorining 
yetishmasligi mumkin emas, ikkinchidan, agarda umumiy xarajatlar miqdori 
etishmay qolgan sharoitda ham baho va ish haqi kabi dastaklar ishga tushadi va 
natijada xajatlar miqdorini kamayishi ishlab chiqarisho‛ning real hajmi, bandlik va 
real daromadlar miqdorining kamayishiga olib kelmaydi deb hisoblashgan.
Klassiklar nazariyasini tan olmaslik asosan Sey qonunidan boshlangan. Sey 
qonuni bo‛yicha mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonining o‛zi ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar qiymatiga teng ravishda degan oddiy g‛oyadan iborat. Demak, 
mahsulotlarni sotib olish uchun har qanday mahsulotlar hajmini ishlab chiqarish
o‛z-o‛zidan daromad yaratadi. Ya’ni, taklif o‛zining xususiy talabini paydo qiladi. 
Sey qonunining mohiyatini mahsulotlar ayirboshlash savdosida ham ko‛rish 
mumkin. Poyafzalchi poyafzal ishlab chiqaradi yoki o‛ziga zarur bo‛lgan boshqa 


59 
mahsulotlarga bo‛lgan talabini qondirish uchun poyafzal taklif qiladi. Poyafzalchi 
tomonidan poyafzalni taklif qilinishi uning talabidan iboratdir. Xuddi shunday 
butun iqtisodiyot bo‛yicha mahsulotlar almashishi amalga oshadi. 
Ammo Sey qonunining mahsulotlar ishlab chiqarish mos ravishda pul 
daromadalari summasini olish imkonini bersa ham iste’molchilar ushbu 
daromadlarning hammasini to‛liq xarajat qilmasligi umum qabul qilingan 
tushunchadir. Ya’ni daromadlarning qandaydir bir qismini jamg‛ariladi va bu 
jamg‛arilgan qismi yuqoridagi baxsda o‛z javobini topmaydi. Jamg‛arish 
daromadlar tarkibidan ma’lum miqdordagi mablag‛larni o‛zida mujassamlashtiradi. 
Demak, iste’mol xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotib olishga 
etmaydi. Agarda uy xo‛jaliklari o‛z daromadlarini bir qismini jamg‛arishsa, u 
xolda taklif o‛zining talabani paydo qilmaydi. Jamg‛arish iste’molning 
yetishmasligiga olib keladi. Natijada sotilmay qolgan mahsulotlar ishlab 
chiqarishning kamayishiga olib keladi. Ammo klassik iqtisodchilar haqiqatda 
jamg‛arish talabning yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg‛arilgan 
so‛m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalashadi deb ta’kidlashadi. Agarda 
tadbirkorlar uy xo‛jaliklarining jamg‛armalari miqdorida investitsiya qilishsa Sey 
qonuni amal qiladi va ishlab chiqarish hamda bandlik darajasi doimiy bo‛lib 
qoladi. Iqtisodiyotning to‛liq bandlik sharoitidagi daromadlar va mahsulotlar ishlab 
chiqarishini ta’minlashi uchun xarajatlar darajasiga erishishi va saqlab qolishi 
tadbirkorlar tomonidan uy xo‛jaliklari jamg‛armalari miqdorida investitsiyalashiga 
bog‛liqdir.
Klassik iqtisodchilar ta’kidlashadiki, kapitalizmni o‛ziga xos pul bozori 
mavjud va bu bozor jamg‛arma va investitsiyaning tengligini ta’minlaydi. Shuning 
uchun ham to‛liq bandlik mavjud deyishadi. Pul bozorida (foiz stavkalari) 
jamg‛arma tariqasida daromadlar va xarajatlar miqdoridan chiqqan mablag‛lar o‛z-
o‛zidan investitsion mahsulotlarga sarf qilingan mablag‛lar miqdoriga qaytadan 
kelishi ustidan nazorat olib boradi. Tovar va xizmatlar iste’moli insoniyat talabini 
qondiradi. Iste’molchilar ularning tejamkorligini rag‛batlantirish tariqasida foiz 
stavkalari to‛lansagina jamg‛arishlari mumkin. Foiz stavkalari qanchalik yuqori 


60 
bo‛lsa, shunchalik ko‛p mablag‛ jamg‛ariladi. Korxona egalari, investorlar ishlab 
chiqarishni kengaytirish, yangilash uchun pul kapitalini izlovchilar hisoblanishadi. 
Foiz stavkalari ishbilarmonlarning ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita ta’sir 
ko‛rsatadi. Ular foiz stavkasining pastroq bo‛lishiga intilishadi. Tadbirkorlar 
tomonidan taklif qilingan mahsulotlar hajmining darajasi umumiy xarajatlar 
miqdori bilan birga mahsulot bahosi darajasiga ham bog‛liq. Masalan, 40000 
so‛mga 10000 so‛mdan to‛rtta ko‛ylak sotib olishsa, narxlar 5000 so‛mga 
kamayganda 20000 so‛mga shuncha ko‛ylak sotib olish mumkin, sotuvchilar 
o‛rtasida raqobat bahosining egiluvchanligiga olib keladi. Talabning pasayishi 
ortiqcha mahsulotlardan qutilish uchun narxlarni pasayishiga olib keladi. 
Narxlarning pasayishi resurslar narxining pasayishiga olib keladi. Xususan ish 
haqini pasayishiga olib keladi. Bu esa ishsizlar sonini oshishiga olib keladi. 
Raqobatning mavjudligi ishchilarni past ish stavkalarida ishlashga majbur 
bo‛lishiga olib keladi. Klassik iqtisodchilar fikricha davolatning iqtisodiyotga 
aralashuvi umuman mumkin emas.
1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi ish bilan 
bandlik nazariyasini yaratdi. U o‛zining “Pul, foiz va ish bilan bandlikning 
umumiy nazariyasi” asosida uning noto‛g‛riligini isbotlashga urindi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish