L. S. Karieva makroiqtisodiyot



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

1.
 
Klassik model (yondashuv): 
- iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‛liq bandligi sharoitida amal qiladi. Shu 
sababli ishlab chiqarish hajmi o‛zining potensial darajasiga teng keladi; 
- narx, foiz stavkasi va ish haqi moslashuvchan bo‛lib, ularning o‛zgarishi 
bozor muvozanatini saqlab turadi; 
- ishlab chiqarish omillari miqdori sekin o‛zgarishi sababli, to‛la bandlik 
sharoitida yalpi taklif real ishlab chiqarish hajmini, yalpi talab esa narx darajasini 
belgilaydi. 
2.
 
Keynscha model (yondashuv):
 
- narx, ish haqi, foiz stavkasi va boshqa nominal miqdorlar nisbatan o‛zgarmas, 
shu sababli bozor tebranishlariga juda sekinlik bilan moslashadi; 


54 
- real ko‛rsatkichlar (ishlab chiqarish hajmi, bandlik va x.k.) aksincha, tez 
moslashuvchan bo‛lganligi sababli bozor tebranishlariga nisbatan tez javob beradi. 
Nazarot va muhokama uchun savollar 
1. Yalpi talabga va uning komponentlarini ta’rif bering.
2. Yalpi talab egri chizig‛i quyiga egilgan traektoriyaga ega bo‛lishi sababi 
nimada?
3. Yalpi talabning boshqa omillariga va ularning AD egri chizig‛iga ta’siriga 
izoh bering.
4. Yalpi taklif egri chizig‛i shakli qaysi sabablarga ko‛ra murakkab ko‛rinishga 
ega?
5. AD-AS modelidagi makroiqtisodiy muvozanat holatini va uning shartlarini 
tushuntiring.
6. Yalpi talab o‛zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir 
ko‛rsatadi?
7. Yalpi taklif o‛zgarishi modeldagi muvozanat holatiga qanday ta’sir 
ko‛rsatadi? 
4. ISTE’MOL, JAMG‛ARMA VA INVESTITSIYA 
4.1 Klassik iqtisodchilar va Keynsning makroiqtisodiy muvozanat 
nazariyasi 
Makroiqtisodiy muvozanat
- bu yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning 
tarkibiy qismlarining bir tekis aylanishining natijasidir. Hech qanday to‛siqlar 
bo‛lmagan taqdirda, barcha YaIM yalpi taklifni (AS) va barcha yalpi milliy 
daromadlar umumiy talabni (AD) ifodalaydi. AD, YaIM va MD ning bozor 
ifodalari sifatida AS ga teng. Makroiqtisodiy muvozanat muammosi - bu yalpi 
ichki mahsulotni sotib olish va sotish muammosi, ya’ni. uning milliy daromadga 
almashinuvi. Yalpi talab va yalpi taklifning tengligi dastlab YaIM va MDning 
tengligi bilan ta’minlandi. 
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy muvozanati 
nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko‛ra 


55 
iqtisodiyotda faqatgina to‛liq bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo‛lishi 
mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga 
ko‛ra mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir subyektning ishlab 
chiqarishi bir vaqtning o‛zida boshqa subyektlarning ishlab chiqarish natijalariga 
talab hisoblanadi. Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo‛ladi. Klassik 
iqtisodchilar fikriga ko‛ra AD ≠ AS holati ro‛y bermaydi, umumiy xarajatlar 
miqdori etishmay qolgan, ya’ni AD< AS holati ro‛y bergan sharoitda ham baho, 
ish haqi va foiz stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar 
miqdorining kamayishi ishlab chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar 
miqdorining kamayishiga olib kelmaydi.
Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish hajmi 
resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funktsiyasi 
hisoblanadi, va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib 
turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor 
iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to‛liq bandlilgini ta’minlab turadi.
Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o‛ziga xos xususiyati pulning 
neytralligi printsipini ko‛zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab 
chiqarishga hech qanday ta’sir ko‛rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. 
Klassiklar modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya’ni 
oldi-sotti jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga 
ko‛ra klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish