5-§. Markaziy Osiyoda qadiingi davr va o‘rta asriarda jismoniy tarbiya
Markaziy Osiyo xalqlari dunyoning eng qadimiy tarixga ega bp‘lgan xalqlari qatoriga kiradi. Markaziy Osiyo hududida yashagan aJdodlarimiz yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga kellirgan. **
**rBnov •• Yukiak ms'naviv u - ymgiimas kuch T.: Ma'naviyat". 2008 - 97 b
0‘z.bekiston xalqlari madaniyati tarixi turli nianbalarda o‘z ifodasini topgan. Ulaming mazmuni umumiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy madaniyat bilan bog'liqdir. Qadimgi ajdodlar taraqqiyot jarayonlari ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish bilan chambarchas bog'Ianib kelgan.
Qadimgi ajdodlarimizning jismoniy madaniyatini va uning rivoj- lanish tarixini turli ijtimoiy tuzumlar davridagi madanivat, ma'rifat, tarixiy voqealar, urf-odatlar, an'analar bilan birgalikda o‘rganish lozim.
Qadimgi ajdodlarimizning madaniyati, jumladan jismoniy mada- niyatini o‘rganishda quyidagi asosiy manbalarga tayanish mumkin:
>xalq og‘zaki ijodi - qadimgi afsonalar, rivoyatlar, xalq
ertaklaridan olingan ma'lumotlar;
>buyuk mutafakkirlar, allomalaming ijodiy merosi, qoMyozmalari;
qadimgi yozma manbalar. tarixiy kitoblar.
Tarixiy manbalarga qaraganda, bundan 150-140 ming yil avval o‘rta paleolitda Muz davri bo‘lgan. Odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar. Toshlardan qurol vasashni takomillashtirib, yirik hayvonlarni va baliq ovlash keng tarqalgan. Olov chiqarish vositalarini ixtiro qilib, yashash uchun g'or, yer to‘!a. chayla va boshqa boshpanalardan fovdalanishgan. Bu jarayonlar esa barchaning jismonan baquvvat. epchil, kuchli, chaqqon boMishini talab etgan.
Ilmiy tadqiqotlaming guvohlik berishicha, Teshiktosh (Surxon- daryo), Afrosiyob (Samarqand), Xo‘jakcnt. Obirahmat (Toshkent viloyati), Farg‘ona vodiysidagi makonlar va boshqa joylarda topilgan turli ashyoviy dalillar o‘rgani!gan.
Tadqiqotlarning natijalariga qaraganda. yuqorida nomlari qayd qilingan hududlarda odamlar turli qurollardan foydalanib hayvonlami ovlaganlar. Jismoniy chiniqish va oMjani qoMga kiritish uchun turli murakkab harakatlarni bajarishga to'g‘ri kelgan. Shu sababli bolalarni ham bunday faoliyatlarga tayyorlaganlar. Natijada, jismoniy tarbiyaning ayrim namunalari (sakrash, yugurish, kurashish, uloqtirish, suzish va h.k) yuzaga kelgan.
Yuqori paleolit davri miloddan oldingi 40 ming yillikdan 12 ming yillikka qadar davom etgan. Bu davrda Markaziy Osiyoda iqlim quruq, o‘zgarib turuvchi boMgan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan
76
ha> vonlar-serjun karkidonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar va boshqalar paydo bo'lgan. Hayvonlami ovlashga ixtisoslashuv o‘sha davr odamlarining yashash manbalariga a> langan.
Amudaryo. Sirdaryo va Zarafshonning quyi oqimidagi qator koMlarda baliqchilik bilan shug'ullanish, ulaming o‘troq holda yasha- shiga sabab bo'lgan. Markaziy Osiyoning nihoyatda boy ovchi va baliqchi jamoalari yodgorliklari ichida Markaziy Farg'onaning neolit yodgorliklari - Zambar. Taynoq, Yangiqadam, Madiyor, Sariqsuv, ivling buloq kabilar ajralib turadi. llbtidoiy podadan yuqori paleolitga o‘tilishi bilan ishlab chiqaruvchi xuchlar. ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida o'zgarishlar paydo bo'lgan. Bu davrga kelib, mehnat qurollari ancha takomillashgan. suyak va shoxdan yasalgan buyumlar yasaganlar. Toshlarga hayvonlami rasmini chizganlar.
So‘nggi paleolit davrining yntuqlaridan biri - nayzaning ixtiro qilinishi bo'lgan. Nayza tufayli ovchilik rivojlangan. tirik hayvonlami birgalashib ovlash keng tarqalgan. Nayzani ushlash, uni moMjalga olib. uzoqqa uloqtirish kabi mashqlar, hayvonlarni ovlash, ulami quvib yetish yetarli darajada chaqqonlik va chidamlilikni talab etadi. Bu natijalarga erishish uchun maxsus tayyorgarliklar, ulami o'rgatuv- chilar. tarbiyachilar bo'lgan. Shu sababdan. oilalarda bolalami maxsus tayyorgarlik va jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlari olib borilgan. Oilada bolalami tarbivalashda tabiiy harakatlar (yurish. yugurish, sakrash, uloqtirish. suvda suzish va h.k.) va turli harakatli o‘> inlar eng asosiy vositalardan biri bo'lib xizmat qilgan.
Bolalaming yoshi, jismoniy rivojlanish holatlarini hisobga olgan holda, ulami guruhlarga ajratib, o'yinlar va jismoniy mashqlarga 0‘rgatish vujudga kelgan. Kichik yoshdagi bolalarga turli harakatli o‘yinIami 0‘rgatishdan boshlangan. 0‘rta yoshdagi bolalarga chaqqonlik, chidamliiik kabi sifatlami rivojlantirishga qaratilgan o‘yinIar, to'siqli yugurishlar qoMIanilgan. Katta yoshdagi bolalarga esa tez yugurish, kuch sinashish, kurash, mushtlashish, tosh ko‘tarish, daraxtlarga tirmashib chiqish. suvda tez suzish, nayza sanchish kabi murakkab o‘yiniar, mashqlar o'rgatilgan.
Eng qadiingi davrda yashagan ajdodlarimizning dastlabki urf- odatlari, an'anaviv marosimlari. ommaviy tadbirlari, kundalik turmush tarzi qadimgi afsonalar. rivovatlar, xalq ertaklarida o‘z aksini topgan. Bu rivoyatlar. afsonaiar massagetlar, saklar, xorazmiylar. so‘g'dlar, parfiyaliklar yashagan davrlarga borib taqaladi. «Avesto»,
77
«Alpomish», «Go‘ro‘g‘li»>, «Oirqqiz», «Manas», «To‘maris» kabi tarixiy manbalarda qadimgi davrda jismoniy tarbiya vositalarining - turli o‘yinlar, otda yurish, kurash, kamondan o‘q otish va boshqa mashqlaming qo‘llanilishi haqida ma'lumotlar bor.
Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida yashagan eng qadimgi ajdodlarimizning ijtimoiy-madaniy turmushi haqida maMumotlarga oid daliliy ashyolar ko‘p uchraydi. Ulaming eng muhimlari Toshkent, Samarqand, Termiz va boshqa shaharlardagi tarix, arxeologiya va san’at muzeylarida saqlanmoqda. Toshlarga chizilgan rasmlarda kishilaming ov qilishdagi shakl va harakatlari, ov qurollari, hayvonlar aks ettirilib, ulaming tarixi ham bir necha o‘n ming yillik davrlami o'z ichiga oladi.
Ajdodlarimizning ijtimoiy hayotida turli xil jismoniy mashqlar, o‘yinlar ko‘p qo'llanilgan. Ular asosan ijtimoiy mchnat va tarbiya jarayonida keng qoMlanilgan. Tarixiy manbalarga qaraganda mamla- katimizda yashab, hayot kechirgan ilk ajdodlarimiz bundan 40 ming yillar awalgi davrga to‘g‘ri keladi. Ular haqida Surxondaryoning Dalvarzintepa, Teshiktosh, Samarqandning Afrosiyob. Toshkent viloyatining Sirdaryo sohillari va boshqa joylarda o‘tkazilgan arxeologik topilmalar guvohlik beradi.
Qadimgi yunon va sharq manbalarida, xususan «Avesto», «Alpomish». «Shohnoma» va boshqa manbalarda madaniyat markaz- lar sifatida Sug'diyona, Xorazm, Parkana, Baqtriva podsholigining katta qismi aynan respublikamiz mintaqalariga to'g'ri keladi.
Miloddan avvalgi II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg'iyona, Parfiya kabi yirik quldorlik davlatlari paydo bo'lgan. Ular Rim va Gretsiyadagi quldorlik tuzumidan o‘ziga xos ravishda anchagina farq qilgan. Markaziy Osiyodagi davlatlarda ishlab chiqarish yuqori darajada boMmaganligi uchun asosan dehqonchilik, chorvachilik va mavda hunarmandchilik asosida qullar majburiy ishlatilgan.
Miloddan awalgi 481 (480) - 431 (425)-yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar. saklar va massagetlaming tarbiyaviy qarashlari, jumladan jismoniy tarbiyaga oid muhim maMumotlar berilgan. Saklar, massagetlar va forslaming eng sharaflaydigan narsasi jasurlik boMgan. Saklar dunyodagi barcha merganlar orasida o'qni zoye ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |