Gerodotning ma'lumotlaridan ko‘ra, bizning ajdodlarimiz farzandlarini jasoratii, o‘z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir etib tarbiyalashga katta e'tibor berganlar. Qadimgi saklar o‘g‘il va qiz bolalarga bir xil jismoniy tarbiya berganlar. Ularning jismoniy tarbiyasi 5 yoshdan boshlangan va 20 yoshgacha uch narsaga: otda yurish, kamondan otish va kurash tushishga o‘rgatilgan. Sak va xorazmiylaming ayollari harbiy yurishlar va janglarda qatnashgan, matonatda ular erkak jangchilardan qolishmagan. Sak ayollari, xuddi qochib ketayotgandek, ayyorlik i^ilan ot ustida erkaklardek orqaga burilib o*q uzar edilar. Yunon tarixchisi Diodor ham miloddan avvalgi I asrda saklar haqida: *'Bu qabilaning ayollari mard boMadilar va urush xatarlarini erkaklar bilan baham ko'radilar”,7 deb yozib qoldirgan.
Qadimgi davrlarda ta'lim-tarbiyaga oid maMumotlami xalq og'zaki ijodi namunalari - afsonalar, qahramonlik dostonlari, qo‘shiq- lar, maqol va iboralardan hant olish mumkin.
Xalq og'zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo'lgan tarbiya tajribalari umumlashtirilgan. Ayniqsa, tarixiy shaxslar bilan bog'liq rivoyatlar buning dalilidir. Ularda muayyan shaxs faoliyati, qahra- monliklari ulugMangan. Dostonlarda xotin-qizlaming aql-idroki, jasorati, erkaklar bilan teng sharoitda faoliyat ko'satganliklari ifodalangan.
Tarixdan ma'lumki, dastlab Amudaryoning o'ng qirg‘og‘idagi yerlar Turon, chap qirg'og'idagi yerlar esa Eron, deb yuritilgan. Miloddan oldin ahamoniylar saklar va massagetlaming yerlariga hujum qilib turgan. Eron shohi Kir sak va massagetlarga qarshi urushib 529-yiIda magMubiyatga uchragan.
Gerodotning «Tarix» kitobida massagetlar malikasi To‘maris- ning Eron shohi Kir bilan olib borgan jang voqealari tasvirlangan. Jangda To'maris g‘o!ib chiqib, Kiming boshini olib, qon bilan toMdirilgan meshga solib: «Sen umr bo'yi qonga to‘ymading. O'z ontim bo'yicha seni qon bilan sug‘ordim», deydi. 0‘sha davrlarda To‘maris kabi ayollardan sarkardalar chiqqan va janglarda har tomonlama kuch ko‘rsatgan.
Polienning “Harbiy hiylalar” asarida saklarga qarshi Doroning bosqinchilik yurishi to*g‘risida ma'lumotlar bor. Bu asarda saklar
’ Boymzarov F. Qidungi dunyo tarixi. Darsiik. r. "Aloqachi", 2008.- 480 b.
79
qahramoni Shiroqning vatanparvarligi va jasorati ibrat sifatida ko‘rsatilgan.
Markaziy Osivo xalqlarining ijtimoiy tuzumi, madaniyati haqidagi ma'Iumotlar Xitoy manbalarida ham uchraydi. Miloddan awalgi 138-yilda Markaziy Osiyoga kelgan Xitoy elchisi Svuan Tzyan o'zining “Tarixiy bitiklar'' kitobida qiziqarli maTumotlar qoldirgan. Xitoy tarixchisi Syuan Tzyan Samarqand aholisining xulq- odob va axloqiy qoidalarga rioya etishda boshqalarga o‘mak boTganligini ajtib o‘tgan. Bu maTuinotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savod maktablari boTganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga o'rgatilganligi, ta'limdan maqsad - bolalami hayotga tayyorlash ekanligi haqida maTumot bergan.8
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan varatilgan eng qadimgi yozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalari. qoTyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot san'at siyosat axloq, falsafa, tibbiyot tarbiya jismoniy tarbiya va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar xalqimizning buyuk ma'naviy boyligidir. Xalqimizning asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyb uch niing vil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan, “Avesto” deb atalgan bebaho ma'naviy boylik alohida o‘rin tutadi. “Avesto”ning tub mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” tamoyilida hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo'Igan saboqlar borligini koTish mumkin.9
Eng qadimgi yozma manbalardan biri zardushtiylik dinining muqaddas kilobi “Avesto” hisoblanadi. Zardushtiylik ta'limotida ta'lim-tarbiya quyidagi bo'limlardan iborat bo'lgan:
4> ma'naviy va diniy tarbiya:
A jismoniy va mehnat tarbiyasi;
4» aqliy va axloqiy tarbiya.
“Avesto” bo‘yicha bolalarga 5 yoshdan savod oTgata boshlaydilar; o'qishni oTganishi bilan savdo ishlariga oTgata boshlaydilar. Zardusht ta'limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. Bu yoshda ularga davlat qonunlari, axloqiy qoidalar o'rgatilgan. *
* Boynazarov F. Oadimgi dunyo tanxi. Darsiik. T. "Aloqachi”, 2008,- 480 h. ‘‘Karimov t. Vuksak ina'naviyat-yengilmas fcuch T.: "Ma'naviyat”. 2008,- 31 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |