L. A. Djalilova



Download 0,72 Mb.
bet40/143
Sana22.04.2022
Hajmi0,72 Mb.
#574779
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143
Bog'liq
Jismoniy tarbiya ba olimpiya harakati tarixi

Nazorat savollari:
Markaziy Osiyodagi arxeologik topilmalar asosida jismoniy tarbiyaga oid qanday xulosaJar qilingan?
Markaziy Osiyo xalqlari jismoniy tarbiyasiga oid qadimgi yozma manbalarda qanday ma'lumotlar bor?


04


Qadimgi Marka/iy Osiyo hududida qanday jismoniy mashqlar keng tarqalgan edi?


O'rta asriarda Markaziy Osiyo xalqlari qanday an'anaviy jismoniy tarbiya vosatalaridan t'oydalangan?
Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlari ta'lim-tarbiya haqida qanday fikrlami bildirganlar?
Xorazmiy ta'limda qanday usullardan foydalanishni tavsiya etgan?
Abu Nasr Forobiy sog'lom bo'lish achun nimani tavsiya qilgan?
Abu Rayhon Beruniy qanday jprbiyani birgalikda berishni tavsiya qilgan?
Abu Ali ibn Sino salomatlikni saqlashda nimalami eng asosiy omillar deb bilgan? Amir Temur askarlaming harbiy-jismoniy tayyorgarliklarida qanday mashqlardan foydalangan?

  1. §. Markaziy Osiyo va O'zbekistonga zamonaviy sportning kirib
    kclishi (XIX asr oiiri - XX asrning boshlari)


Tarixiy manbalardan ma'lumki, XVI asrdan - XIX asming birinchi yarmigacha Markaziy Osiyo hududi uchta xonlikka boMingan edi: Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari. 0‘zbek xonliklaridagi ijtimoiy va davlat tuzumi feodal tuzumdan iborat edi. Bu davlatlaming boshqaruv shakli feodal monarxiyadan iborat bo'Igan.
XVII asrdan XX asming boshlarigacha bo'Igan davrda Turkiston zamini siyosiy parokandalik, jaholat va qoloqlikka yuz tutgan edi. Uch xonlikka bo'linib ketgan mintaqa uzoq muddat o‘zaro ziddiyat va qarama-qarshiliklar, urushlar girdobida qolib ketgan. Bunday siyosiy vaziyat nafaqat iqtosodiy, moliyaviy va harbiy salohiyat nuqtayi nazaridan, balki ijtimoiy-ma'naviy fikr rivojida ham ko‘p salbiy oqibatlarni keltirib chiqargan. 16
XVIII-XIX asrlarda xonliklarda harbiy qo‘shin!ar muntazam
armiya tariqasida bo‘lmasdan, balki asosan otliq navkarlardan iborat edi. Navkarlar xon xizmatkorlarining alohida toifasi bo'lib. soliqlardan ozod qilinganlar va urush boshlanib qolgan taqdirda butun 14


14 Kenroov J. Vuksek ma'neviyal - ycngiJmas Jcuch. T.: "Ma'naviyel", 200&.- 50 b
95




qurol-yaroqlari va o‘zlarining jangovar ollari biian kelib. viloyat hokimi yoki bekning qo‘l ostida to'planishga majbur edilar.
Buxoro amirligida davlat boshqaruvi va harbiy qo'shin. Xonlikda hokimiyat huquqi chegaralanmagan amirlar ixtiyorida bo'lgan. Jamiyat hayoti shariat qonunlariga asoslangan holda shakllantirilgan edi. Xonlikda shayxulislom katta mavqega ega bo'lgan. U eng yirik ruhoniy va sud ishlarining sardori hisoblanib, jamiyatning ma'naviy hayotini boshqargan. Undan keyingi o‘rinda qozikalon (oliy sud) turgan. Shuningdek, qo‘shin uchun alohida qozi tayinlangan.
Xonlikdagi qo‘shin tuzilishiga doir ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, u asosan otliqlardan tashkil topib, markaz, o‘ng va chap qanotlarga bo'lingan. Markaz harbiy qismining oldingi safida bayroqdor jangchilar turgan. Rus manbalarining ko'rsatishicha, xonlik qo'shinida misdan 13 ta kichkina to‘p, yetarli darajada porox bo'lgan. XVUi asming oxirgi choragiga doir ma'lumotlarga qaraganda, xon 10 ming kishi atrofida qo‘shin to‘plash imkoniga ega edi. XIX asming boshlarida cho‘yandan yasalgan to‘plardan foydalanilgan.
XIX asming boshlarida yollanma askarlaming soni 19 ming kishiga borib, turli shahar va harbiy istehkomlarda harbiy xizmatni o‘taganlar.17
XIX asming o‘rtalarida harbiy qismlarning soni ancha oshib, to'plardan va miltiqlardan foydalanish nisbatan kuchayib bordi. Qo‘shinda askarlaming soniga qarab yuzboshi va mingboshi singari harbiy lavozirnlar mavjud edi.
Umumiy qo‘mondonlikni lashkarboshi ado etgan. Harbiy sarkardalarga qilgan xizmatlari uchun tanho yer tomorqalari tortiq qilingan, oddiy navkarlarga esa xizmatlari evaziga har yili bug*doy, kiyim-kechak va bir oz pul berilgan. Navkariaming oti o'fib qolsa xazina hisobidan unga boshqa ot berilgan.
Navkarlaming bir oz qismidagina pilta miltiqlar bo'lib, ko‘pchiligi nayza va qilichlar bilan qurollangan edi. Hatto, XIX asming boshlarida ham kamon o‘qlar keng tarqalgan edi. Ba’zi navkarlaming temir yoki charm qalqonlari bo‘lib, ular sovut kiyib olishardi.


l7Ziyoyev H. Turkistonda Rossrwi 'ira vn huknv>inlu.ya qarshi k«.M.h T 1998.- 18 b.
96






XIX asrning boshlarida Buxoro amirligida 3600 ga yaqin navkar bo'lgan. Bu navkarlaming bir qismi professional jangchilar bo‘lib, otish va nayza uloqtirishda mohir mergan bo'lganlar. L'lar Buxoroning o‘zida turar edilar.
Buxoroda munta/am qo‘shinlar faqat XIX asrning 30-yillarida paydo bo‘ldi va ular sarbozlar deb atalardi. 2 ming nafar sarbozlar o‘ziga xos kalta. qizil forma mundir kiyib yurar, nayzali miltiq va to'pponchalar bilan qurollangan edilar. Sarbozlar oddiv xalq orasidan tanlab olinar edi. Har yili ularga hirbiy yurish va qurolni ishlatish usullari 0‘rgatilardi. Sarbozlar qo'shini XIX asrning o'rtalarida 80 ga yaqin to‘p bilan qurollangan va amiming asosiy kuchi hisoblangan. Sarbozlar shahar tashqarisida, qishloqda oilalari bilan birga yashar va xizmatdan bo‘sh vaqtlarida o‘z xo'jaliklari bilan shug‘ullanardilar. Urush vaqtida qamal va boshqa ishlarni bajarish uchun dehqonlardan yordamchi lashkarlar - qoracherik olinar edi. Bu majburivat dehqonlar uchunjuda og‘ir edi.
Madaniy hayotda ham ancha ishlar qilingan. Xon saroyida nodir asarlami o‘z ichiga olgan kutubxonaning bo‘lishi diqqatga sazovordir. Misol tariqasida Abdulazizxon va Abdullaxonning kutubxonalarini ko‘rsatish mumkin. Bu ilm-ma’rifat darcohida mohir xattotlar va musavvirlar ishlab nodir asarlami tayyorlash va bezashga alohida ahamiyat berilgan. Adabivot, tarix va boshqa fanlar sohasida qimmatli asarlar yaratilganligi maMum.
Xiva xonligida davlat boshqaruvi va harbiy qo‘shin. Xonlik taxtida eng ko‘p o'tirgan xonlardan biri Sayid Muhamniad Rahim II (1865-1910) bo'ldi. Xonlikda davlat tuzilishi Buxoronikidan deyarli farq qilmagan. Xon huquqi chegaralanmagan holda davlatni boshqargan. Undan keyingi eng nufuzli lavozim vazir yoki qushbegi hisoblanib, soliqlami to'plash va umurnan xonning barcha topshiriqlarini bajarish bilan shug'ullangan. Shaharlami hokimlar va ulaming yordamchilari bo'lmish yuzboshilar va oqsoqollar idora qilganlar. Xonlik hayotida shayxulislom (oxun) va mufti salmoqli o'rin egallagan.
Xonlikning qo‘shini asosan otliqlardan iborat bo‘Iib, unga lashkarboshi qo*mondonlik qilgan. Xiva xonligida otliq qo‘shin bilan bir qatorda piyoda qo'shini ham bor edi, lekin otliq qo'shinlar piyoda qo‘shin!arga qaraganda 8-9 baravar ko‘p edi. Xiva xonligida 13 ntingdan ko'proq otliq navkarlari bor edi. Navkarlarga qilgan




xizmatlari evaziga suvli yerlar berilih, ular soliqlardan ozod qilinar edilar. Askarlar tinchlik paytlarida dehqonchilik va boshqa kasblar bilan shug‘ul)anganlar. Bunday askarlikka yozilgan kishilar soni XIX asming 30-yilIarida 40 ming kishiga borgan. Askarlik xizmatidagilar soliqlardan va jamoa ishlaridan ozod etilib, har bir kishi yurishda qatnashganligi uchun 5 oltin tanga olgan. Xonning xohishiga ko‘ra o‘zini ko'rsatgan harbiy lavozimdagilar 10, 20, 50,100 va undan ko‘proq miqdorda oltin tanga olishgan. Biylarga 50 tangadan 100 tangagacha, yuzboshilarga 10 tangadan 20 tangagacha maosh tayinlangan.
Xon saroyida yaxshi quroliangan 1000 kishi xizmat qilgan. Qo‘shinning asosiy qismi qilich, o‘q-yoy va nayza bilan qurollangan. Oz miqdorda pilta miltiq va to'plar bor edi. Unda o'zbeklar bilan bir qatorda turkmanlar, qozoqlar va qoraqalpoqlar xizmat qilgan. Xiva xonligining qo‘shini harbiy texnika jihatdan ancha orqada cdi.
Xonlikda madrasalar qurishga katta e'tibor qaratilgan. 14 madrasa bunyod etilgan. Mingdan ortiq masjidlar din va xalq xizmatida edi. Maktablarda ham hayot qaynagan. Madrasalaming ko'pligi savodxonlikning ancha yuqori darajada bo'Jganligidan darak beradi. Xonlikda san'at sohasida ham olg‘a siljishlar yuz berganligi haqida ma'lumotlar bor. Bu davrda Xiva xonligi uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib. siyosiy tomondan ko'proq o'zaro chiqishmovchiliklar va qonli urushlar girdobida hayot kechirdi. XVIII asr va XIX asming birinchi yarmida xonlikda birmuncha qulay sharoit yuzaga kelgan bo‘lsada, lekin fan va rnadaniyatning izchillik hilan rivojlanishiga o‘zaro urushlar yo‘l bennadi.

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish