Abdurauf Fitrat (1886-1934). Abdurauf Abdurahim o'gii Fitrat Buxoro shahrida tugilgan. «Fitrat» Abduraufning adabiy taxallusi boiib. bu so‘z tug'ma tabiat. tug'ma iste'dod degan ma'noni anglatadi.
XX asr boshlarida butun Sharqda boigani kabi Buxoroda ham ijtimoiy fikr taraqqiyotida jiddiy uyg'onish boshlanib, ma'rifatparvar jadidchilik harakati keng yoyiladi. Amir boshqaruvining qattiqqoiligi Buxoro jadidlarini maxfiy jamiyat tuzishga majbur qilgan edi. Buxoroda jadidlar «Yosh buxoroliklar» nomi bilan ish olib borgan. Fitrat «Yosh buxoroliklar» harakatining rahbarlaridan biri edi. Yosh buxoroliklar o‘z faoliyatlarining boshlarida yangi usuldagi maktablar ochib, ularda boy hamda kambag‘allaming bolalarini o'qitdilar.
Abdurauf Fitrat 1909-yilda «Jamiyati xayriya»ning ko‘magida Turkiyaga o‘qishga ketadi. 1913-yil to'rt yillik o'qishdan so‘ng Fitrat Turkiyadan Buxoroga qa>1ib keladi. U Turkiyadan ilg'or qarashlar bilan qaytgan edi.
Fitrat 1916-yili «Oila» nomli falsafiy asarini yozadi. Fitrat 1922- 1923-yillarda Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga. Turkiyaga talabalar yuborish, ilg‘or Yevropa ta'lim-tarbiyasi, ilm-fan. texnika sirlarini o'rganish, yangi Buxoro Xalq Respublikasi va Turkistonda maorif va madaniyatni rivojlantiruvchi mahalliy kadrlar tayyorlash ta- shabbuskori va tanlovchilaridan biri bo'lgan. Leningrad Davlat uni- versiteti 1924-yilda Fitratga o'zbck va tojik mumtoz adabiyotlari namo- yondalari to'g‘risidagi ilmiy tadqiqotlari uchun professor unvonini bergan.
Fitratning «Rahbari najot» asari ham to'la ravishda ta’lim-tarbiya masalalariga bag'ishlangan. Ayniqsa, asaming uchinchi bobi oila, bola tarbiyasi, axloq-odob mavzulariga bag'ishlangan bo'lib, bu masalalar hozirgi davrda ham katta ma'rifiy ahamiyatga egadir.
Fitrat ota-onaning vazifasi o‘z btilalarini yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari zaruriigini uch tarbiyaga ajratgan:
4» Jismoniy tarbiya - salomatiik,
Aqliy tarbiya-sogMom fikrlilik.
^ Axloqiy tarbiya - axloqiy sano, ya'ni axloqiy poklikka e'tibor berish kerakligini ta'kidlagan.
Abdurauf Fitrat jismoniy tarbiyaga, kishining salomat va baquvvat bo‘lib tarbivalanishiga alolyda ahamiyat bergan. U bolani tug'ilmasdan burun. ona qomidaligidanoq tarbiyani boshlash kerak, chunki shu 9 oy muddatda farzand ona qoni bilan tarbiyalanadi, deb uqtirgan. Keyinroq bola tug'ilgandan keyin Fitrat bolaiarning toza havoda bo'lishlari, atrof. tabiat go'zalliklaridan estetik zavq ola bilishlariga ham ahamivat beradi.
Fitrat bolalaming jismoniy tarbiyasida turli harakatli o'yinlar katta o'rin tutishini ham aytib o'tgan. Ota-onalarga o‘z bolalarining shunday o‘yinlar bilan mashg'ul boiishlarini ta'ininlashlarini maslahat bergan. U bu o‘yinlar orqali bolaga havotni o‘rgatish. aqliy va axloqiy tarbiya ham berish mumkin. asosiysi bolani jismonan chiniqtirish. deb bilgan. Fitrat yana boJalarning sog‘lom, jismonan yetuk bo'lishlari uchun tozalikning ahamiyati juda kattaligini tushuntirib. bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni o‘rgatishni alohida ta'kidlab o'tgan.
Abdurauf Fitrat bunday ta'lim va tarbiyani, bolalarga \axshi sharoitlar yaratib, ularning salomatiikiari va yashashlari uchun g'amxo'rlikni faqat jadid maktablari berayotganini. lekin hukmron doiralar bu maktablarga qarshi chiqish bilan birga ular olib borayotgan ilg‘or ta'lim-tarbiya usuliariga ham qarshi chiqayotganini, bu mak- tablarni kofir makiabi deb, ulami faoliyat ko‘rsalishga qo'ymayot- ganini ko'rsatib o'tgan. Shu bilan birga, eski maktablarda buning aksi bo'lib, bolalaming salomatliklari, ulaming jismonan chiniqishlari uchun hech qanday sharoitlar yaratilmaganligini ko'rsatgan.22
Mustaqillik, demokratiya, ozodlik g'oyalari Fitratning butun faoliyati va barcha asarlari va maqolalarida bosh inaqsad bo'lib qolganligi bilan hozirgi voshlarimizga, ulaming mustaqil 0‘zbe- kistonning rivojlantirishlarida ibrat-namunadir.
31 Hoshimov K . Niihonova S ial) ('cdagogiha (an\i T "O'qmtvchi'. 1996 - 312 b
IOS
Avloniy badantarbiya masalasida bolani sog'loni qilib o'stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, boiani fikr tomondan tarbiyalashda o'qituvchilarning faoliyatlariga alohida e'tibor beradi.
XX asr boshlarida O'zbekistonning ijtimoiy-sivosiy hayotida va pedagogik fikrlaming rivojida Abdulla Avloniy alohida o‘rin egallagan, butun faoliyati davrida u o'z xalqiga xizmat qiladigan komil insonni yetishtirish, uning ma'naviyatini shakllantirishga alohida e'tibor bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |