Kutubxonashunoslik


 O‘zbekistondagi maxsus axborot-kutubxona muassasalari



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

4.2. O‘zbekistondagi maxsus axborot-kutubxona muassasalari 
“Maxsus kutubxona” atamasi lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, 
qandaydir predmet yoki hodisaga, mutaxassislikka nisbatan “alohida” 
degan ma’noni bildiradi. Maxsus kutubxonalar XIX asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab shakllana boshlandi. Bu vaqtda fanlarni bo‘linish 
davri (differentsiatsiyalanish) tugayotgan va birlashish ya’ni integratsiya 
davri boshlanayotgan davr edi.
Maxsus kutubxonalarning ijtimoiy ijtimoiy vazifasi - kasbiy 
o‘qishni, ya’ni, mutoalaani tashkil etishdir. Kasbiy o‘qish fondni 
komplektlash sohasini, kitobxonlar kontingentini, ishlarni tashkil 
etishning shakl va usullarini aniqlaydi. 
Maxsus kutubxonalar o‘z fondalarini o‘zlari xizmat ko‘rsatuvchi 
tashkilot, muassasa, ishlab chiqarish korxonasi sohasi bo‘yicha 
komplektlaydi. Komplektlash obyekti sifatida kitoblar, vaqtli va davomli 
nashrlar, standartlar, kashfiyotlarni tavsiflari, ma’muriy-idoraviy 
nashrlar, hisobotlar, chizma-konstruktorlik va loyihaviy hujjatlar, 
shuningdek nashrlarning maxsus turlari-kartografik, musiqa-notalari, 
audiovizul nashrlar bo‘lishi mumkin. 


68 
Maxsus kutubxonalar - nafaqat hujjatli fondlarni saqlovchi joy, 
balki hujjatli-axborot kommunikatsiya markazi, keyingi vaqtlarda esa 
elektron kommunikatsiya markazi hamdir. Shuning uchun ushbu 
kutbxonalar faoliyati faqat bibliografik ma’lumotlarni qidirish va 
birlamchi hujjatlarni yetkazib berish bilan chegaralanib qolmasdan, balki 
ular faoliyatida faktografik axborotlarni yetkazib berish ushbu faoliyatda 
muhim o‘rinni egallaydi. Masalan, mahalliy ishlab chiqarish va savdo 
haqidagi ma’lumotlarni bilish kutubxona xodimidan maxsus bilimlarni 
talab etadi. 
Olimlar va mutaxassislarni axborotga bo‘lgan so‘rovlarining 
mazmuniga ularni kasbiy faoliyati ta’sir ko‘rsatadi, ularni kutubxona 
resurslariga bo‘lgan talablarning aniqlanishi esa mavzuli yo‘nalish orqali 
belgilanadi. Shuning uchun maxsus kutubxonalar bir - biri bilan avvalo 
bilim sohalari bo‘yicha farq qiladi.
Maxsus kutubxonalarni uchta asosiy guruhga ajratish mumkin: 
ijtimoiy-ilmiy (gumanitar), tabiiy-ilmiy va amaliy soha. Keyingi 
bo‘linish maxsus kutubxonalarni fan tarmoqlari va ishlab chiqarishga 
mo‘ljallangan fondlarni tashkil etishga qarab amalga oshiriladi 
(astronomik va geologik, geografik va kartografik, tarixiy va 
san’atshunoslik, yuridik, meditsina, qishloq xo‘jaligi, texnika va h.k). 
Maxsus kutubxonalarni tabaqalashtirishning muhim belgilaridan 
biri kutubxona mansub bo‘lgan tashkilotning ish faoliyati hisoblanadi. 
Shunga asosan ilmiy, o‘quv, ishlab chiqarish va boshqaruv 
kutubxonalari ajratiladi. Shuningdek boshqa belgilar bo‘yicha ham 
guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, kutubxonalarni statusi bo‘yicha - 
respublika, soha bo‘yicha markaziy, regional, bosh kutubxona, 
shoxobcha. Adabiyotlar turi bo‘yicha - (patent kutubxonasi), 
abonentlarga xizmat ko‘rsatish kategoriyasi bo‘yicha (ko‘zi ojizlar 
kutubxonasi).
O‘zbekiston hududida maxsus kutubxonalar XIX asrning ikkinchi 
yarmidan paydo bo‘la boshladi va ular ma’lum guruh kishilariga xizmat 
ko‘rsatar edi. Ular dastavval Samarqand va Toshkent shahrida faoliyat 
yuritdilar. Bu tipdagi kutubxonalar avvalo ilmiy-texnik jamiyatlar 
qoshida tashkil etildi va rus aholisiga xizmat ko‘rsata boshladi. Ulardan 
faqat ilmiy va injener-texnik xodimlar, ma’muriyat va ilmiy muassasalar 
vakillarigina foydalanishgan. 
O‘zbekistondagi eng yoshi ulug‘ maxsus kutubxonalar - 
O‘zbekiston FA Astronomiya instituti kutubxonasi (1873 y.), 
Samarqand viloyatidagi Lalmi tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti 


69 
kutubxonasi (1913 y.), O‘zbekiston Davlat madaniyat va san’at muzeyi 
ilmiy-ma’lumot kutubxonasi (1911 y. Samarqand) hisoblanadi. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish