O‘zbekiston axborot-kutubxona muassasalarining asosiy
tiplari va turlari
2011 yilda qabul qilingan “Axborot-kutubxona faoliyati
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga ko‘ra O‘zbekistonda
axborot-kutubxona muassasalarini ilmiy tipologiyalash quyidagichadir:
1. Milliy kutubxonalar.
2. Axborot-kutubxona markazlari, Qoraqalpog‘iston avtonom
respublikasi,
viloyatlar
va
Toshkent
shahar
ilmiy-universal
kutubxonalari bazasida tashkil etilgan.
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va umumta’lim maktablari
qoshidagi axborot-resurs markazlari.
4. Maxsus: ilmiy, sohaviy, o‘quv (universitetlar, oliy o‘quv yurtlari,
kollejlar, litseylar), ishlab chiqarish (texnika, qishloq xo‘jaligi,
meditsina, harbiy va boshqalar.), boshqaruv (Prezident ma’muriyati,
Oliy Majlis va boshq.).
1. Milliy kutubxonalar.
62
Milliy kutubxona - davlatning bosh kutubxonasi. “Milliy
kutubxona” termini kutubxonani qandaydir bir millatga tegishli ekanligi
emas, balki umumdavlat ahamiyatiga ega ekanligini bildiradi. Milliy
kutubxonalarni paydo bo‘lishi va rivojlanishi milliy davlatlarni tashkil
topishi, millatni o‘z madaniyatini yutuqlariga bo‘lgan talablarini
qondirilishi sababli paydo bo‘ladi.
Milliy kutubxonalarni ijtimoiy o‘ziga xos vazifasi bu - o‘ziga bir
qancha belgilar tizimini oluvchi davlatchilikni tashkil etadi. Ular: 1)
barcha faoliyatini davlatning ijtimoiy, madaniy va siyosiy qiziqishlariga
bo‘ysunish asosida olib borilishi; 2) moliyaviy va ma’muriy jihatdan
davlatga qaramligi; 3) umumdavlatliligi ya’ni hech qanday mintaqaviy,
idoraviy yoki boshqa mashtabdagi faoliyat bo‘yicha cheklanmaganlik.
Ushbu belgilar alohida ravishda boshqa kutubxonalarga ham tegishli
bo‘lishi mumkin. Lekin umumiy ravishda ular faqat milliy
kutubxonalarga tegishlidir.
Hozirgi vaqtda milliy kutubxona tiplari rivojlanish bosqichini
o‘tamoqdalar. Ba’zi bir mamlakatlarda aniq sharoitlardan kelib chiqqan
holda milliy kutubxonalar faoliyat ko‘rsatib turgan kutubxonalar -
qirollik, parlament, universitet va boshqa qo‘shib yuborilishi natijasida
paydo bo‘lgan. Masalan, Buyuk Britaniyada - Britaniya kutubxonasi,
Britaniya muzeyi fondi (bosma nashrlar, qo‘lyozmalar, Sharq
mamlakatlari tilidagi kitob va qo‘lyozmalar bo‘limi), Tabiiy fanlar va
ixtirolar bo‘yicha Milliy ma’lmotnomalar kutubxonasi va Milliy ilmiy-
texnika kutubxonasi (abonement)ni qo‘shib yuborilishi natijasida paydo
bo‘lgan.
Boshqa mamlakatlarda esa bitta emas, balki bir nechta milliy
kutubxonalar mavjud. AQShda Kongres kutubxonasi, Milliy qishloq
xo‘jaligi kutubxonasi va Mlliy meditsina kutubxonasi; Rossiyada,
Rossiya davlat kutubxonasi Moskva shahrida va Rossiya milliy
kutubxonasi Sankt-Peterburg shahrida faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek
avtonom respublikalarni o‘z milliy kutubxonalar ham mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 fevraldag №
VII-3029 “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish”
haqidagi farmoniga ko‘ra A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat kutubxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat fan-texnika
Komitetining
Respublika
ilmiy-texnika
kutubxonasi
bazasida
O‘zbekiston milliy kutubxonasi tashkil etish taklifi bildirildi. Va shu yili
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy
63
nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasi haqida“ qarori chiqdi va Milliy
kutubxona nizomi tasdiqlandi.
2011 yil 14 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy
kutubxonasi faoliyatini tashkil etish va “Ma’rifat markazi” binosini
samarali ekspluatatsiya qilishni ta’minlash haqida”gi qarori va 2012 yil
20 martdagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi-
axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari haqida”
qarorlari chiqdi.
A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘zini 144
yillik tarixi mobaynida nafaqat kutubxona muassasasi, balki
kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik bo‘yicha
ilmiy-tadqiqot markazi vazifasini ham bajarib kelgan. Bugungi kunda
uning fondi 10 mln. nusxaga yaqin bo‘lib, har yili u 30 mingdan ortiq
kitobxonga xizmat ko‘rsatadi.
Milliy kutubxonalarga xos bo‘lgan bir qancha vazifalar mavjud
bo‘lib, ularni asosiy vazifalar yoki tipga xos bo‘lgan, va qo‘shimcha
vazifalarga bo‘lish mumkin.
Milliy kutubxonalarni birinchi tipologik vazifasi o‘z mamlakatiga
oid hujjatlar fondini, uni to‘liq komplektlash va umrbod saqlash tamoyili
asosida yaratishni amalga oshirishdir. Milliy kutubxonalarda chet el
nashrlari fondini shakllantirish ishlari ham boshqa kutubxonalarga
nisbatan to‘liqliligi bilan ajralib turadi. Lekin bu ishlar har bir davlatning
imkoniyatlari va qiziqishlarini maksimal holatidan kelib chiqqan holda
amalga oshiriladi. Ko‘pgina milliy kutubxonalar chop etilmagan
hujjatlar: qo‘lyozmalar, o‘z mamlakatining dissertatsiyalari, madaniyat
va san’atga oid materiallarini (deponirovat (saqlash uchun topshirilgan)
qilingan qo‘lyozmalar, ilmiy-tadqiqot hisobatlari va boshq.)ni saqlaydi.
Lekin bu vazifalar milliy kutubxonalar tipiga xos emas, chunki ushbu
hujjatlar bilan faoliyat ko‘rsatishni davlat arxiv muassasalariga vazifa
qilib bergan. Milliy kutubxonalar uchun esa bu qo‘shimcha vazifa.
Mamlakatimiz hujjatlari (“O‘zbekiston Xotirasi”) to‘liq fondini
shakllantirish vazifasini yirik kutubxonalar, axborot muassasalari,
SHarqshunoslik instituti va boshqa bilan hamkorlikda amalga oshirish
mumkin. Lekin A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona ularni to‘plash va
saqlashda katta ulushni o‘ziga oladi, davlat bibliografik hisobini yuritish
bazasi, yuqoridagi muassasalarni hamkorligini ta’minlaydi.
Milliy kutubxonaning muhim vazifalaridan biri, mamlakatimiz
mualliflarini (asl nusxadagi va tarjima qilingan asarlarini) va chet ellarga
64
chiqib ketganlarni va o‘sha yerda chop etilgan asarlarini, shuningdek
chet el mualliflarini O‘zbekiston haqidagi asarlarini komplektlashdan
iboratdir.
Milliy kutubxona qaytadan tuzilgan Kitob palatasi vazifasini bajara
borib, hujjatlarni joriy va retrospektiv hisobga olishni umumdavlat
miqyosida va mavzu bo‘yicha, turlari va tili bo‘yicha universal
maksimal to‘liq darajada amalga oshirmoqda. Bu manbalarni asosiy turi
milliy bibliografiya, mamlakatimiz va chet el hujjatlarini milliy yig‘ma
(elektron) katalogidir.
Kutubxonachilik va axborot resurslaridan o‘zaro foydalanish, milliy
kutubxona oldiga maxsus vazifani, mamlakatda mavjud bo‘lgan
ikkilamchi axborot manbalari: mamlakatni va jahonni ma’lumot va
bibliografik resurslarini ochib beruvchi, ma’lumot va axborot nashrlari,
chop etilmagan hujjatlar, katalog va kartotekalar, ma’lumotlar bazasi va
banki haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va ularni tarqatish
vazifasini keltirib chiqardi.
A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasining ilmiy-yordamchi
bibliografiya sohasidagi faoliyati ham asosiy vazifa, ham qo‘shimcha
vazifa sifatida belgilanadi. Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ,
madaniyat va san’at, kutubxonashunoslik va bibliografiya masalalari
bo‘yicha adabiyotlar ko‘rsatkichlari yaratish birinchi darajali ahamiyat
kasb etadi. Qo‘shimcha vazifasi, madaniyat va san’at bo‘yicha ilmiy
axborot markaziy sohaviy organ vazifasini o‘tashidir.
Ushbu vazifalar ikkita asosiy (tipologik) vazifalarni-bibliografik
axborot manbalarini yaratish va bibliografik xizmat ko‘rsatish
vazifalarining davomidir. Ular milliy kutubxona fondi va ma’lumot-
qidiruv apparati asosida amalga oshiriladi. Milliy kutubxona shular
orqali
madaniyat
sohasidagi
olimlar,
mutaxassis-amaliyotchilar,
boshqaruv organlari xodimlarini axborot bilan ta’minlashni tashkil etadi.
Milliy kutubxonani keyingi vazifasi ikkita tamoyilni, ommaboplik
va
birinchi
o‘rindalik
tamoyillarining
qo‘shilishi
asosida
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘langan. Milliy
kutubxona - mamlakatni bosh ommaviy kutubxonasi. U faqat o‘z
fondlarini foydalanish uchun taqdim etibgina qolmasdan, uni mazmunini
bibliografik axborot orqali ochib beradi. Milliylik maqomi va ommaviy
kutubxona xarakterini yumshatish uchun umumiy kutubxonachilik
xizmati ko‘rsatish tizimida o‘zini ijtimoiy o‘rnini saqlash uchun
instantsiya saqlashi ya’ni boshqa kutubxonalar foydalanuvchilar talabini
qondira olmagan taqdirdagina unga murojaat qilishlariga erishishi kerak
65
.Vazifalarni bunday taqsimlanishiga ma’muriy usullar orqali cheklashlar
bilan emas, balki boshqa kutubxonalar resurslarini mustahkamlash
hamda milliylik maqomini soha bo‘yicha (idoralar) bo‘yicha respublika
kutubxonalariga berish orqali erishish mumkin.
Kutubxonalarni o‘zaro faoliyat yuritishi obyektiv zarurat bo‘lib,
metodik tamoyillar, kutubxonachilik ishlarini bir xillika olib kelish,
harakatalarni kelishgan holda amalga oshirishni taqozo etadi. Milliy
kutubxona bu vazifalarni bajarishga rahbarlik qilishi uchun hamma
shart-sharoitlarga
ega.
Mamlakatni
bosh
kutubxonasi
sifatida
kutubxonachilik sohasiga oid masalalarini, jumladan kutubxonachilik
xizmatini tashkil etishni milliy miqyosda (davlat miqyosida) hal etishda
katta rol o‘ynaydi.
Milliy
kutubxona
mamlakatda
kutubxonachilik
ishini
rivojlantirishda to‘rtta vazifani bajaradi: kutubxonachilik jarayonlarini
markazlashtirish (kataloglashtirish, sistemalashtirish, kitob almashish,
depozitar saqlash, kutubxonalararo abonement (MBA); kutubxonalar
faoliyatini koordinatsiyalash; metodik ta’minot (shu jumladan,
kutubxonachilik ishi va bibliografiya bo‘yicha); kutubxona xodimlarini
malakasini oshirish .
Iilmiy-tadqiqot faoliyati - Milliy kutubxonalarni eng yosh
vazifalaridan biridir. Unga nafaqat bajaruvchilik vazifasi, balki
ko‘pincha boshqa kutubxonalarga nisbatan tashkiliy va rahbarlik, ya’ni
davlat
miqyosida
kutubxonachilik
ishini
ilmiy
asoslarini,
umumkutubxonachilik va axborotlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va
joriy etish, zamonaviy axborot texnologiyalariga o‘tishni umumdavlat
miqyosida amalga oshirishni tashkil etish kiradi. Milliy kutubxona
kutubxonalarni xalqaro hamkorligini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi. U O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi yoki
mamlakat kutubxonalarini xalqaro kutubxonachilik dasturlari va boshqa
shakldagi hamkorliklarda ishtirok etishini ta’minlaydi
Milliy kutubxona - davlatning bosh universal yoki maxsus
kutubxonasi hisoblanib, davlatni milliy va xalqaro hujjatlarga bo‘lgan
talablarini aosiy va qo‘shimcha vazifalar orqali bajararilishini
ta’minlaydi.
2. Axborot-kutubxona markazlari (AKM)
Axborot-kutubxona
markazlari,
Qoraqalpog‘iston
avtonom
respublikasi, viloyatlar ilmiy-universal kutubxonalari va Toshkent
shahar markaziy kutubxonasi bazasida tashkil etilgan.
66
Axborot-kutubxona markazlari faoliyat kitobxonlarni ilmiy-
tadqiqot ishlari, ijtimoiy va ishlab chiqarishning barcha sohalaridagi oliy
ma’lumotli mutaxasislarni kasbiy bilimi va malakasini oshirish bo‘yicha
axborotga bo‘lgan talablarini qondirishga yo‘naltirilgan. Axborot-
kutubxona markazlarining bu muhim yo‘nalishi axborot berish vazifasi
bilan bog‘langan bo‘lib, kitobxonlarni fanlar bilan yaqindan, ular
erishgan yutuqlar bilan, tadqiqotchilik darajasida tanishtirishdir.
Axborot-kutubxona markazlarini o‘ziga xos xususiyatlari:
- faoliyat ko‘rsatish ko‘lami bo‘yicha maksimal darajadani
miqdorda va mavzu bo‘yicha universal bo‘lgan fondga ega bo‘lishlik;
-universal xarakterdagi mamlakatimizda chop etilgan nashrlarni
saqlovchi va depozitarisiya vazifasini bajarishi, kitob almashish fondini
yaratishi;
-hududdagi yirik ommaviy kutubxona, kutubxonalararo abonement
universal markazi, ma’lumot, axborot-bibliografik va ilmiy-metodik
ishlar markazi, shuningdek hududdagi barcha kutubxonachilik
resurslarini birlashtiruvchi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi markaz
vazifasini bajaradi;
-axborot-kutubxona markazlarini tipiga xos bo‘lgan vazifalar-
o‘lkashunoslik ishlaridir. O‘z faoliyati bilan u hududning iqtisodiyotini,
sanoatini, qishloq ho‘jaligini, fan va madaniyatin rivojlanishiga hissa
qo‘shadi. Buni u o‘lkashunoslik va mahalliy nashrlarni yig‘ish, saqlash
va uni jamoatchilik foydalanishiga tavsiya qilish, shuningdek o‘lka
bo‘yicha to‘liq axborotlarni yetkazish orqali amalga oshiradi;
Axborot-kutubxona markazlariga yuklatilgan vazifalar:
-aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yangi sifat
jihatidan yuqori darajasini yaratish, ularni ilmiy, ta’limiy, axborot va
madaniy qiziqishlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida zudlik
bilan qondirish;
-kitobxonlarga an’anaviy kutubxona xizmati ko‘rsatishdan axborot-
kutubxona xizmati ko‘rsatishga o‘tishni ta’minlash. Buni o‘zini axborot
resurslarini yaratish va jahon ilmiy-ta’limiy axborot resurslaridan
foydalanishga yo‘l ochish orqali amalga oshirishni ta’minlash;
-universal axborot resurslari, milliy va chet el nashrlari (bosma,
audiovizual, elektron va boshq.) fondini shakllantirish, saqlash va
ulardan foydalanishni tashkil etish;
-elektron kutubxona va ma’lumotlar bazalarini yaratish, axborot
resurslarini yig‘ma elektron katalog yordamida birlashtirish;
67
-joylarda
axborot-resurs
markazlarining
faoliyatini
koordinatsiyalash va tashkiliy-metodik ta’minlash ishlarini amalga
oshirish va boshq.
3.Axborot-resurs markazlari (ARM)
Axborot-resurs markazlari oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va
umumta’lim maktablari qoshida tashkil etiladi. Axborot-resurs
markazlarini asosiy vazifalari:
-o‘quv yurtlari o‘quvchilari va aholini uzluksiz ravishda ta’lim va
mustaqil ta’lim olishini zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda amalga oshirishga ko‘maklashish;
-milliy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, xalqning
madaniy-tarixiy merosiga kirishni ta’minlash, shaxsning ma’naviy boy
va barkamol ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish;
-aholiga axborot xizmati ko‘rsatishni yangi axborot texnologiyalari
(elektron ma’lumotlar bazalari, Internet resurslar) asosida amalga
oshirish;
-ta’lim muassasalari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari,
milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda madaniy, ta’limiy, axborot
va boshqa dasturlar va loyihalarni o‘tkazishni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |