4.3. O‘zbekistonda axborot-kutubxona muassasalarining
ijtimoiy vazifalari haqidagi kontseptsiya
Axborot-kutubxona muassasalarining axborot berish vazifasi -
bu kutubxonalar ijtimoiy muassasa sifatida kamida uchta vazifani
bajaradilar: axborot berish, madaniy-ma’rifiy va ta’lim berish.
Amaliyotda esa axborot-kutubxona muassasalari o‘z faoliyatlarini
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”
gi Qonunga muvofiq ravishda amalga oshirishlari kerak.
Axborot-kutubxona muassasalarining axborot berish vazifasi -
moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni axborot bilan ta’minlash
faoliyatining
turli
shakllarining
majmuasidir.
Ushbu
vazifa
kitobxonlarining (jismoniy va yuridik shaxslarni) axborotga bo‘lgan
talablarini kutubxonadagi yoki undan tashqaridagi boshqa axborot
manbalari yordamida amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi.
Axborot berish vazifasi turli shakllarda (nashr ko‘rinishidagi
axborot, bibliografik axborot, axborot haqidagi axborot, faktografik
so‘rovlar va boshqalar) amalga oshiriladi. Biroq kutubxonaning axborot
berish vazifasini bajarish bo‘yicha turli faoliyatlarini yagona bir narsaga,
kitobxon uchun axborot mahsuloti yaratish va uni etkazib berish, ya’ni
axborot mahsulotiga olib keladi. Bu esa har qanday kutubxonaning
asosiy faoliyati natijasi - axborot mahsuloti bo‘lib, o‘zining mazmuni,
shakli, sifati va boshqa jihatlari bilan foydalanuvchilarni talablariga
javob berishi lozim.
An’anaga ko‘ra ba’zi bir kutubxonashunos olimlar “Axborot-
kutubxona muassasalarining axborot berish vazifasi”ning mohiyat va
tushuncha ko‘lamini ilmiy va texnik axborot tushunchasi bilan
bog‘laydilar va bu berilgan vazifa faqatgina ilmiy, texnika va boshqa
maxsus kutubxonalar va ilmiy-texnika axborot organlari uchun
xarakterli deb hisoblaydilar. Axir barcha kutubxonalarda istisnosiz
kitobxonlarga axborotdan boshqa hech narsa berilmaydi. Bu borada bu
qanday kutubxona ekanligi muhim emas - u xoh texnik xoh bolalar
kutubxonasi bo‘lsin. Berilayotgan axborot formasi - kitob, jurnal,
disketa, og‘zaki ma’lumot ham ahamiyatli emas. Adabiyot tipi (janr,
ko‘rinishi) - badiiy, bolalar uchun, ma’lumotnoma ahamiyatli emas.
Shuning uchun ham axborot-kutubxona muassasalarining axborot berish
vazifasi ularning umumiy vazifasi hisoblanadi.
Axborot berish vazifasining asosiy talabi shundan iboratki -
kutubxonalar inson huquqlarini, jamoat birlashmalarini, xalqlarning va
73
etnik guruhlarning axborot olishga erkin hech qanday cheklovlarsiz
kirishini ta’minlashi lozim.
Axborot berish vazifasining o‘ziga xosligi shundan iboratki,
kutubxona bu vazifani boshqa kutubxonalar va ilmiy-texnika axborot
organlari bilan yaqin hamkorlikda va boshqa axborot tarqatuvchi
kanallarni: televidenie, radio, kitob savdosi va hokazolarni ham jalb
qilgan holda amalga oshiradi.
Axborot-kutubxona muassasalarining madaniy-ma’rifiy vazifasi -
bu kitobxonlarning mustaqil ma’naviy rivojlanishiga, o‘zbek va jahon
madaniy boyliklarini egallashga, madaniy faoliyati uchun (reproduktiv
va unumli) shart-sharoit yaratish uchun bajariladigan barcha ish
shakllarining majmuasidir. Madaniyatning ajralmas va tarkibiy qismi
bo‘lgan axborot-kutubxona muassasalari, umuminsoniy madaniyatning
buyuk qadriyati sifatida, shu bilan bir vaqtda xalqlar va mamlakatlar
erishgan madaniy qadriyatlarini rivojlantiruvchi, ularni targ‘ib qiluvchi,
yangilovchi va takomillovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamiyatning ma’naviy hayotida zamonaviy kutubxonani o‘rnini
namoish
qilmoqchi
bo‘lsak,
qadimda
buyuk
kashfiyotlar
kutubxonachilik ishi bilan hech qanday aloqada bo‘lmagan holda
yaratilgan bo‘lsa, hozirda kutubxonalarda yig‘ilgan insoniyat “xotirasi”
bilan chambarchas bog‘lanmasdan ijodiy fikrlash amaliy jihatdan
mumkin emas. Ayniqsa, insonning madaniy - ma’rifiy faoliyatida
kutubxonaning o‘rni beqiyosdir. Kutubxona keng tarqalgan madaniyat
o‘chog‘i bo‘lgan va bo‘lib qoladi. U aholining keng qatlamiga
madaniyat haqida axborotga olib kiruvchi, hamma uchun ochiq bo‘lgan
tarmoqdir. Taxminan, dunyoda fondi 6 milliarddan yuqori bo‘lgan 1
milliondan ko‘p kutubxonalar faoliyat yuritadi. Boshqa birorta
madaniyat muassasasi bu borada kutubxonalar bilan teng kelmaydi.
Agar televideniyani hisobga olmaganda xizmat ko‘rsatish auditoriyasi
bo‘yicha ham u bilan tenglashadigan madaniyat muassasasi mavjud
emas.
Insonlar hayot faoliyatida madaniy-ma’rifiy ishlar kuchli va shu
bilan birga juda ham nozik qurol hisoblanadi. Kutubxonalar
kitobxonlarning umummadaniy rivojiga yordam beradi, ularni milliy va
jahon madaniyatida erishilgan muhim yutuqlar bilan tanishtiradi, ularni
ongida, hayotida va turmush tarzida umuminsoniy madaniyatning
me’yo‘rlari, an’analarini joriy qiladi. Kutubxonalar - madaniyatni
rivojlantirishning
universal
vositasi,
uning
yutuqlarining
targ‘ibotchisidir. Kutubxonalar o‘z faoliyatlari bilan har bir insonga
74
madaniy-ma’rifiy ishlarni etkaza oladi, chunki ularni ish faoliyati
asosida har bir aniq insonga yakka tartibda yondoshish qoidasi mavjud.
Kutubxonalar - butun insoniyatni, alohida xalqlar, mamlakatlarni
madaniy merosini saqlovchisi jo bo‘lib, ularning fondida o‘tmish va
hozirgi zamon madaniyati haqidagi axborotlar to‘plangan. Kutubxonalar
faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri - kutubxona-
bibliografik va axborot madaniyatini targ‘ib qilish va kitobxonlarni bu
sohadagi bilimlarini oshirish ishlaridir. Chunki kompyuter savodxonligi
bilan bir qatorda kutubxona - bibliografik va axborot madaniyati hozirgi
zamon ma’rifatli insonlarning barcha faoliyatlaridagi muhim talablarga
aylanmoqda.
Kutubxonalar madaniy-ma’rifiy vazifalarini boshqa madaniyat
muassasalari:
klublar,
teatrlar,
muzeylar,
sur’at
galereyalari,
"Ma’naviyat va ma’rifat" jamiyatlari, havaskorlik birlashmalari, qiziqish
klublar va hokazolar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradilar. Lekin
bu vazifalarning asosiy mazmuni shundan iboratki, kitobxonlarni
ko‘pchilik qismini madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni, jahon taraqqiyparvar
madaniyatining yuqori ideallarini egallashiga, ma’naviy erkinsizlikdan
qutulish va har tomonlama taraqqiy etgan: ham fikrlashda, ham his-
tuyg‘uda, ham faoliyatda mukammal bo‘lgan inson idealiga intilishiga
yordam berishdir.
Axborot-kutubxona muassasalarining ta’lim berish vazifasi - bu
jamiyatni axborot bilan ta’minlash, ma’naviyatini takror ishlab chiqishga
yo‘naltirilgan kutubxona faoliyatining turli ko‘rinishlari majmuidir. U
jamiyat a’zolarini ijtimoiylashuvini, ularning ta’lim olishi va mustaqil
ta’lim
olishi,
tarbiya
va
o‘z-o‘zini
tarbiyalashni
o‘zida
mujassamlashtiradi. Kutubxona - uzoq muddatli ijtimoiylashtiruvchi
institut bo‘lib, odamlar uning kitobxonlari tarkibiga kirgan davrdan
boshlab doimiy ta’sir ko‘rsatib boradi.
Kutubxonaning asosiy vazifasi bu - ijodkor, jamiyat hayotida faol
ishtirok etuvchi, ham umuminsoniy qadriyatlarga ham milliy
qadriyatlarga egalik qiluvchi insonni shakllanishiga sharoit yaratishdir.
Shu bilan birga kutubxonalar ta’lim va mustaqil ta’lim oldida turgan
vazifalarni amalga oshirishda potentsial imkoniyatlarga egadir.
Kutubxonalar insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan axborot
manbalarini to‘plovchi, saqlovchi va ulardan jamiyat a’zolarini
foydalanishini tashkil etuvchi muassasa sifatida ta’lim va uzluksiz ta’lim
tizimida asosiy, muhim bo‘g‘inlardan biridir. Chunki u uzluksiz ta’lim
tizimidagi boshqa bo‘g‘inlardan o‘zini ta’lim olish uchun vaqtni
75
chegaralanmaganligi va axborot manbalariga erkin murojaat qila olishi
va mustaqil ravishda o‘z bilimini oshira olishi bilan farqlanadi.
Kutubxonalar ichida ta’lim berish vazifasini o‘quv kutubxonalarida
ko‘proq
amalga
oshiriladi.
O‘quv muassasasi kutubxonasi -
muassasaning asosiy o‘quv bo‘linmasi hisoblanib, butun o‘quv ishlari
jarayoni, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy dasturini
bajarilishi u orqali amalga oshiriladi.
Kutubxona faqatgina rasmiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vositasi
emas, balki uzluksiz ta’lim va mustaqil ta’limning samarali vositalaridan
ham biridir. Buni XIX asrda yashagan va ijod qilgan mutaffakirlar bir
ovozdan
tasdiqlashgan.
Kutubxonalar
odamlarni
bilimlaridagi
uzilishlarini o‘rnini to‘ldirishni ta’minlab beradi, doimo ularni fan,
texnika, madaniyatning yangi yutuqlari haqida axborot bilan to‘ldirib
turadi. Shuning uchun ham, kutubxonalarni uzluksiz ta’lim va mustaqil
ta’limning asosiy bazasi deb qabul qilingan.
Kutubxonalarning
tarbiyaviy
o‘rni jahon kutubxonashunos
olimlarining fikrlari bir xil emas. Demokratik jamiyatda kutubxona,
milliy g‘oyalar asosida haqqoniy va qonuniy jamiyat qurish,
O‘zbekistonning barcha xalqlari milliy mentaliteti, umuminsoniy
qadriyatlari ruhida tarbiyalash, inson huquqlari tasdiqlanishi, uning
intellektual erkinligi, demokratik g‘oyalarni faol targ‘ibot qilishga
ko‘maklashadi. Shu bilan birga u urush g‘oyalariga, totalitar rejimga,
irqlarga ajratishga, milliy, diniy, ijtimoiy kamsitishlarga qarshi turadi.
Shunday qilib, kutubxonalar uchta asosiy ijtimoiy vazifani bajaradi.
Bu
vazifalarning
intensivligi
ya’ni
jadallik
bilan
bajarilishi
kutubxonalarning tipidan, fond tarkibi, kitobxonlar tarkibi va boshqa
qator omillarga bevosita bog‘liqdir. Shu bilan birga, kutubxona
faoliyatiga xos bo‘lgan boshqa vazifalarni ham bajarishi kerak degan
fikrlar ham mavjud. Bu vazifalar qo‘shimcha vazifalar sifatida qaralishi
lozim degan fikrlar ham bildirilgan.
Kutubxonalar faoliyatiga xos bo‘lgan vazifalar jumlasiga rekratsion
(tiklovchi) va gedonik (rohat) vazifalar, hamda ommaviy o‘qishni
tashkil etish vazifalarini kiritish mumkin. Lekin bu vazifalarni tipologik
jihatdan, ya’ni aniq kutubxona tiplariga xos bo‘lgan vazifalar sifatida
ko‘rib chiqilsa to‘g‘riroq bo‘lar edi. Chunki bu vazifalar barcha
kutubxonalar uchun xos emas. Kutubxonalarni mavjudligi ularga
yuklatilgan
ijtimoiy
vazifalarni
qay
darajada
samarali
bajarilayotganligiga qarab belgilanadi.
76
Demokratik
jamiyatda
kutubxonalar
ijtimoiy
vazifalarini
bajarishlari uchun shunday tuzilgan bo‘lishi kerakki, har bir fuqaro jinsi,
yoshi, millati, bilim darajasi, siyosiy qarashi, dinga munosabati va
boshqa ijtimoiy-demografik alomatlarga qaramasdan axborot olish
uchun hech qanday cheklovlarsiz erkin, teng huquqqa ega bo‘lishi kerak.
Axborot olishni cheklovchi hech qanday davlat yoki boshqa
senzuralarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Kutubxona faoliyati mazmunida
jamiyatda mavjud g‘oyaviy va siyosiy ko‘p xillik aks etishi lozim.
Faqat shu shartlarga rioya qilingandagina kutubxona - jamiyatning
demokratik quroli, insonning intellektual erkinligiga, axborotga erkin
kirish, erkin ma’naviy rivojlanishi, jahon va milliy madaniyat boyliklari
bilan tanishishga huquqiy kafil bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |