Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

UDK: 
BBK: 
 
 
Taqrizchilar: 
Ganiyeva D. A.

Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi 
direktori, pedagogika fanlari nomzodi; 
Raxmatullayev M.A.

“Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi 
professori, texnika fanlari doktori. 
 
ISBN 978–9943– 
 
 
© «Aloqachi» nashriyoti, 2020. 
 
 



KIRISH 
Globallashuv davrida axborot-kommunikasiya texnologiyalari 
hayotimizga shunchalik singib ketdiki, nafaqat kundalik faoliyatimiz, 
balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalarining bu qadar jadal taraqqiy etishi 
kitobxonlikka ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Eng muhimi, necha ming yillardan buyon sayqallanib, ne-ne 
avlodlarga yo‘lchi yulduzdek to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan ana 
shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, 
tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bo‘lishining muhim 
omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, hamisha kitob o‘qish va kitob 
mutolaasini umr bo‘yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu 
kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o‘rni bor. 
Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik 
hamda ezgulikka undaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 
yil 12 yanvarda imzolangan “Kitob mahsulotlarini chop etish va 
tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik 
madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish 
to‘g‘risida”gi farmoyishi ana shu ezgu ishlarni yangi, yanada yuksak 
bosqichga ko‘tarishga qaratilganligi bilan g‘oyatda ahamiyatlidir. 
Axborot-kutubxona faoliyati - kitob boyliklari va boshqa axborot 
manbalaridan jamiyat a’zolarini foydalanishini tashkil etish maqsadida 
davlat, turli jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar tomonidan tashkil 
etilgan kutubxonalar tizimi bo‘lib, ular jamiyatda axborot, madaniy-
ma’rifiy va ta’lim berish vazifalarini bajaruvchi soha hisoblanadi. 
Axborot-kutubxona faoliyati sohasi, boshqa amaliy sohalar kabi o‘zining 
ilmiy-nazariy asoslariga ega. Bu vazifani “Kutubxonashunoslik” fani 
o‘rganadi. 
“Kutubxonashunoslik” fanining asosiy maqsadi, talabalarga 
kutubxonashunoslik, shu bilan birga axborot-kutubxona faoliyati sohasi 
uchun asosiy ilmiy - nazariy masalalarni, umumiy tamoyillar, 
qonuniyatlar, metodologik asoslarni, sohaning istiqbollarini, jamiyatni 
axborotlashtirish bilan bog‘langan holda o‘rgatishdir. Talabalarning 
kasbiy tayyorgarligini tubdan yaxshilash va bo‘lg‘usi mutaxassislarga 
ixtisoslik bo‘yicha malakalarini yanada mustahkamlash uchun axborot-
kutubxona muassasalari faoliyatini ijtimoiy, iqtisodiy, tarkibiy –



funksional tahlil qilish, axborot-kutubxona muassasalari tizimlarini 
tashkil etish va boshqarish, haqida zaruriy bilimlar berish va ma’lum bir 
ko‘nikmalarni shakllantirish fanning asosiy vazifalari hisoblanadi. 
Kutubxonashunoslik fani ilmiy va o‘quv predmeti sifatida doimiy 
rivojlanishda va yangi ilmiy-nazariy bilimlar, qarashlar bilan to‘ldirilib 
borilmoqda. Alohida e’tiborni dastlabki “Umumiy kutubxonashunoslik” 
(rus tilida) darsligini yaratgan O.S.Chubaryanga (1908-1976) qaratish 
zarur. Uning ushbu darsligidan uzoq yillar davomida unumli 
foydalanilgan.
2011 yil 13 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 
“Axborot-kutubxona faoliyati” to‘g‘risidagi Qonuni Respublikamiz 
axborot-kutubxona 
faoliyatini 
boshqarish 
strukturalarida 
tub 
o‘zgarishlar, yangi tipdagi kutubxona muassasalari (AKM va ARM) 
yaratilishi va ular uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash vazifalarini kun 
tartibiga qo‘ydi. Bu vazifalar respublikamizni axborot-kutubxona 
faoliyati sohasidagi o‘zgarishlarni, muammolar va ularni yechimini 
o‘zida aks ettirgan yangi tipdagi o‘quv adabiyotlari yaratish zaruriyatini 
keltirib chiqardi. Ushbu darslik fan bo‘yicha qilingan ishlardan ijodiy 
foydalangan holda yaratildi.
Darslikning maqsadi talabalarda kutubxonashunoslik fanining 
rivojlanish tendentsiyalari, umumiy tamoyillari, respublikamiz axborot-
kutubxona muassasalari tuzilishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, 
qonuniyatlari, uslubiyati haqida tasavvur hosil qilishdir. Ushbu axborot - 
kutubxona muassasalarning fondlarida saqlanayotgan bosma nashrlar va 
boshqa axborot manbalaridan O‘zbekiston Respublikasi aholisini 
axborotga bo‘lgan talablarini har tomonlama qondirishning samarali 
yo‘llarini ilmiy asosda o‘rgatishdir. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish