Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

1. Mehnat predmeti.
Kutubxonalar hujjatlashtirilgan bilimlar, bosma 
nashrlar, hujjatlar, ma’lumotlar, axborot, xabarlar shaklidagi axborotlar 
bilan ishlaydi. Demak, kutubxonashunoslik fanining ob’ektini eng 
muhim elementi, umuman olganda axborot emas, yoki hujjat shakli 
emas, balki nashr etilgan an’anaviy (kitob, maqola) va an’anaviy 
bo‘lmagan (disk, lenta) obyektiv ma’lumotlardir. Nashr etish shakli 
tarixiy jihatdan o‘zgargan: loy taxtachalardan, papirusdan "elektron" 
nashrga tomon o‘zgarib borgan. Ammo nashrning mazmuni va mohiyati 
hech qachon o‘zgarmagan. Barcha tarixiy jarayonlar mobaynida ularda 
axborot bo‘lgan, hozir ham mavjud. 


14 
2.Mehnat subyekti.
Kutubxonashunoslik fanining obyektini tashkil 
etuvchi uch bosqichli tizimning ikkinchi elementi - bu mehnat subyekti, 
kitobxondir (axborot iste’molchisi, abonent, foydalanuvchi). Axborot 
ishlatilmasa, uning qiymati yoki ahamiyati qolmaydi. Axborotlar 
ijtimoiy tizimlardagi kabi kutubxonachilik ishida ham birdan bir 
maqsad, qadriyat emas, balki mehnat predmeti, iste’mol va foydalanish 
predmeti hisoblanadi. 
Foydalanuvchilar va e’lon qilingan axborotlar kutubxonashunoslik 
fanining obyektini muhim kichik tizimini tashkil qiladi. Ushbu kichik 
tizimning mohiyati inson va axborotning turli xil o‘zaro faoliyatidir. 
Ushbu qayd etilgan o‘zaro faoliyatning o‘ziga xosligi – uning individual 
tashkiliy xarakteridir. Kutubxona umuman olganda unga tashrif 
buyuruvchilarni 
hammasiga 
xizmat 
ko‘rsatmaydi, 
balki 
aniq 
foydalanuvchiga, uni axborotga bo‘lgan individual talablariga mos 
keluvchi axborot bilan xizmat ko‘rsatadi. Bu esa ushbu kichik tizim, 
global axborot tizimining o‘ziga xos kichik tizimi ekanligiga asos 
bo‘ladi. Insonning (kitobxonni) ustuvorligi kutubxonachilik ishini 
nafaqat axborot fani, balki ijtimoiy fan ekanligini ham anglatadi. 
3. Mehnat vositachisi.
Kutubxonashunoslik fanining obyektining 
uchinchi elementi kutubxonachi (mehnat vositachisi) hisoblanadi. 
Haqiqatan ham, majoziy ma’noda, axborot va kitobxon ijtimoiy 
hayotning bir xil axborot daryosining ikki qarama - qarshi qirg‘og‘ini 
ifodalaydi. Ushbu qirg‘oqlarnilarni bir - biriga bog‘lovchi ko‘prik kerak. 
Va aynan bu kutubxonachining asosiy funksiyasi hisoblanadi. 
Kutubxonachi – har qanday kutubxonani, jumladan " Видеотека" yoki 
"Internet" kabi kutubxonalarni ham muhim va abadiy elementidir. 
Buning sababi, ba’zi bir hollarda u tomonidan amalga oshiriladigan 
intellektual operatsiyalarni mashina bajara olmaydi. Shunday qilib, 
kutubxonashunoslik fanining markaziy obyekti quyidagi elementlardan 
tashkil topgan organik yaxlit, dinamik va tizimli uchlikdir:
1) nashrlar ko‘rinishidagi axborotlar;
2) kitobxon;
3) kutubxonachi. 
Ushbu uchlik kutubxonashunoslik fanining obyektini to‘g‘ri 
tushunish uchun asosiy, fundamental ahamiyatga ega. Va bu har qanday 
kutubxonaning mohiyatini tavsiflovchi eng keng tarqalgan mantiqiy 
tuzilmadir. Bunday tuzilmalarning tizimli majmui kutubxona ishini 
tashkil qiladi. Albatta, kutubxonachilik ishi kutubxonashunoslik fanining 


15 
obyekti sifatida bu uchlik bilan cheklanmagan. Aslida, bu juda 
murakkab, ko‘p qirrali tizimli bir hodisa hisoblanadi. Masalan, 
kutubxonashunoslik kitoblarni ham o‘rganadi, lekin uni nashr turlarining 
xili sifatida o‘rganadi (masalan, nashriyot jarayoni kitobshunoslik 
fanining mavzusi). Shuningdek u kutubxona binolari, asbob - uskunalari, 
kompyuterlashtirish uskunalari va fondni saqlash (biologik, kimyoviy, 
jismoniy) kabi yana bir qancha o‘nlab predmetlar ham bu sohaning 
obyekti hisoblanadi. Ammo kutubxonashunoslik fani ularni maxsus 
o‘rganmaydi, balki boshqa fanlarning ma’lumotlaridan kutubxonachilik 
ishini rivojlantirishda foydalanadi.
Kutubxonashunoslik fanining mohiyatini belgilash uchun uning 
predmetini aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Predmet - bu obyektdan ajratilgan, faqat kutubxonashunoslik fani 
o‘rganadigan muayyan yaxlitlikdir. Shu sababli u kutubxonashunoslik 
fanining mustaqil fan ekanligining eng muhim belgisi, uni ma’lum 
chegaralarini, ilmiy mazmunini va boshqalarni belgilaydi. Shuningdek u 
boshqa fanlarga qo‘shilish va ular bilan ichki va tashqi aloqalarni 
o‘rnatish uchun vosita sifatida xizmat qiladi. 
Kutubxonashunoslik fanining predmeti maxsus adabiyotda yetarli 
darajada yoritilmagan, turli nuqtai nazar va fikr - mulohazalar, masalan 
"kutubxona tizimini shakllantirish va rivojlantirish tamoyillari va 
qonunlarini o‘rganish sifatida ifodalangan. Lekin bu predmet emas, balki 
kutubxonashunoslik fanining vazifalaridir. 
Kutubxonashunoslik fanining predmeti - qonunlar va printsiplar 
emas, balki kutubxonachilar tomonidan, ko‘lami jihatidan ommaviy 
hodisa, shakli jihatidan individual bo‘lgan kitobxonlarni e’lon qilingan 
axborotlar bilan o‘zaro faoliyatini ta’minlashdir. Kutubxonashunoslik 
fanining predmetining markazida kitobxonlarni e’lon qilingan axborotlar 
bilan o‘zaro hamkorligi yotadi, ammo bu o‘zaro hamkorlik 
kutubxonachilar tomonidan ta’minlanadi. Bunday rakursda predmet 
hech bir ma’lum fanlar tomonidan o‘rganilmaydi. (Kitobshunoslik 
fanlari uchun predmet kitob, arxiv ishi uchun predmet hujjat, 
bibliografiya uchun predmet - bibliografik ma’lumotlar va boshqalar). 
Kutubxonashunoslik 
fanining 
predmetini 
ba’zan 
kutubxonashunoslik fanining o‘zi deb hisoblashadi, lekin bunga asos 
yo‘q. Kutubxonashunoslik, ilmiy hodisa bo‘lib, aslida predmetni nazariy 
jihatdan ilmiy bilim shaklida o‘zlashtirishdir, ya’ni qonunlar, printsiplar, 
nazariyalar, tushunchalar va boshqalar kabi nazariy jihatdan 
takrorlashdir. 


16 
Shu sababli, kutubxonashunoslik fani ijtimoiy tsikldagi fan bo‘lib, 
uni predmetini, qonunlarini, printsiplarini va nazariyalarini o‘rganadi. 
Aynan shu narsa kutubxonashunoslikni ilmiy fan sifatidagi mohiyatidir. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish