Kutubxonashunoslik


 Axborot - kutubxona muassasalarining tarkibiy tuzilmasi



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

5.2. Axborot - kutubxona muassasalarining tarkibiy tuzilmasi 
va asosiy elementlari xarakteristikasi 
Istalgan kutubxonani maqsadga muvofiq ravishda ko‘p qirrali, 
yetarli darajada mustahkam aloqalarga va uning tarkibiy qismlari 
o‘rtasidagi munosabatlarni xarakterlovchi ko‘proq yoki kamroq 
murakkab tizim sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Tizim (grekchadan - butun, qismlardan iborat, birikma) - bir-biri 
bilan aloqada va munosabatlarda bo‘ladigan ma’lum bir yaxlitlikni, 
umumiylikni tashkil etuvchi, ko‘pgina elementlardan iboratdir. “Tizim” 
tushunchasidan kelib chiqqan “tuzilma” tushunchasi, kutubxona 
barqaror, mustahkam xususiyatga ega tizim sifatida aks ettirish uchun 
xizmat qiladi.
Tuzilma istalgan kutubxona qismlarini bir - biriga moyillikni, bir-
biriga aloqadorligini xarakterlaydi. Shuning uchun kutubxonani har 
tomonlama bilish uchun, avvalo, uning ichki tuzilishini (strukturasi), 
ya’ni kutubxona qanday tarkibiy qismlardan tashkil topganligini 
aniqlashtirsak, ularning o‘ziga xos sifatlari qandayligini, ularni bir-biri 
bilan aloqadorligi va munosabatlarini, shu butunlikdagi har bir element 
bajaruvchi vazifalarni aniqlash, kutubxonani bir yaxlit tizim sifatida 
rivojlanish mexanizmini o‘rganish zarur. 
Har qanday kutubxona quyidagi doimiy va majburiy bo‘lgan 
elementlarsiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Bular:
- hujjat (kitob, nashr); 
- kitobxon (foydalanuvchi); 
- kutubxonachi; 
- moddiy-texnik baza. 
Ularning har biri o‘ziga xos sifatga, ammo teng huquqli vazifani 
bajaradi. Bularsiz kutubxona yaxlit tizim sifatida faoliyat ko‘rsata 
olmaydi. Har bir element boshqasining mavjudligi uchun sharoit sifatida 
bo‘lsa, boshqa tomondan esa o‘zi ularga bog‘liqdir. 


82 
Hujjat 
Kutubxona - bu ma’lum tarzda tizimlashtirilgan bosma asarlar va 
boshqa qog‘oz bo‘lmagan hujjatlar yig‘indisi. Yangi axborot vositalari 
paydo bo‘lishi bilan “kitob” tushunchasini almashtirish uchun 
umumlashgan termin topish zaruriyati paydo bo‘ldi. Hozirgi paytda 
kitob - o‘nlab turli xildagi hujjatlardan biri hisoblanadi. 
Hujjat - inson ongi bilan yaratilgan, fazo va vaqtda qayd etilgan har 
qanday axborot hujjat hisoblanadi. “Hujjat” atamasi, unga biriktirilgan 
axborot va uning yetkazilishi, ishlatilishi uchun mo‘ljallangan moddiy 
obyekt sifatida izohlanadi. “Hujjat” elementi “kitob”, “bosma asarlar” 
tushunchasi bilan bir qatorda, yangi axborotlarni tashuvchilarni o‘zida 
mujassam etadi: mikrofishlar, magnit disklar (disketalar), nurlioptik disklar, 
videomagnit lentalar (kassetalar), elektron kitoblar, gologrammalar, CD, 
DVD, HD disklar va boshq. Kitob jamiyatga tegishli bo‘lgan hodisa sifatida 
mavjud ekan, u kutubxonaning ajralmas qismi bo‘lib qolaveradi. 
Tartiblashtirilgan barcha hujjatlar va ularning yig‘indisi bo‘lgan 
“kutubxona fondi” - kutubxonaning tarkibiy, bo‘linmas tizimosti qismini 
tashkil etadi. Usiz kutubxona hujjatlar fondini tashkil qiluvchi, uni 
shakllantiruvchi va undan foydalanishni tashkil qiluvchi maxsus muassasa 
sifatidagi xususiyatini yo‘qotadi va kutubxona sifatida mavjud bo‘lmaydi. 
Kutubxona fondi - bir xil turdagi narsalardan tashkil etilgan emas. U 
mavzuli va turli tuzilma bo‘yicha, miqdoriy va sifatli axborot uzatuvchi 
tarkibiga ega bo‘lgan, shuningdek turg‘un va harakati bo‘yicha 
xarakterlanadi. Asosiy vazifasiga ko‘ra fondlar asosiy, yordamchi, 
bibliografik-ma’lumot, almashtiruvchi, zahiraviy va boshqalarga 
bo‘linadi. Kitobxonlar murojati tez-tez takrorlanishi bo‘yicha kutubxona 
fondi ikkita asosiy qismdan iborat bo‘lishi mumkin - ishlatilayotgan 
(dinamik) va ishlatilmayotgan (static) fond. 
Hujjatlarni majburiy nusxalari asosida komplektlanuvchi kutubxona 
fondlari, shuningdek umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan mazmundagi 
kolleksiyalar O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining milliy boyligi 
hisoblanadi va ularni qo‘riqlash, saqlash va foydalanish alohida nazorat 
rejimi ostida bo‘ladi.
“Hujjat” elementi kutubxonaning boshqa elementlari bilan 
chambarchas bog‘liq. Kutubxona fondining tarkibi, tuzilmasi, hajmi, 
fondni nima maqsadda tashkil etilganligiga qarab, kutubxona 
kitobxonlari tarkibining asosiy xarakteristikalari aniqlab olinadi. Boshqa 
tomondan kitobxonlar tarkibi, ularning axborot so‘rovlari, fondning 
mavzuli - tipologik va miqdoriy xarakteristikasini aniqlab beradi. 


83 
Kutubxonachi bilan hujjatning aloqasi ham muhimdir: kutubxonachi 
fondni shakllantiradi, hujjatlardan foydalanishni tashkil etadi, hujjatlar 
esa o‘z navbatida uning ixtisosligiga, xizmatchilar soniga va 
hokazolarga ta’sir qiladi. Kutubxona fondining hajmi va tarkibi u 
saqlanadigan binoga, uning joylashuviga, avtomatlashtirish va 
mexanizatsiyalashtirish qurilmalariga ta’sir ko‘rsatadi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish