Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi glabal muommolarni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat. Kurs ishining maqsadi



Download 167,23 Kb.
bet2/9
Sana30.05.2023
Hajmi167,23 Kb.
#945744
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BAXTIYOR

sabablari va shart- sharoitlari
Jahon iqtisodiyotida XX-XXI asrlarda globallashuv tushunchasi
tobora keng qo‘llanilmoqda. Globallashuv muammolari tarixchilar,
iqtisodchilar, texnologlar, faylasuflar va ko‘plab mamlakatlarning
siyosatchilari tomonidan muhokama qilinmoqda.
Ayni paytda globallashuv tarafdorlari bilan unga qarshi bo‘lgan
qarashlarning vujudga kelishi, asosan, ushbu tushunchaning turlicha
talqin qilinishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.
Globallashuv jarayoni tarafdorlarining fikricha, globallashuv
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, aholi farovonligini oshiradi, yangi
ish o‘rinlari yaratilishiga imkon beradi.
Bu jarayonga qarshi bo‘lganlar esa, globallashuv rivojlanayotgan
mamlakatlarda savdo ekspansiyasining kuchayishi, iqtisodiy jinoyatlarning
ortishi (qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarish, noqonuniy reeksport,
narkotik moddalar savdosining ortishi va h.k.), atrof-muhit
ifloslanishi, texnika xavfsizligiga amal qilmaslik, bolalar mehnatidan
foydalanish va boshqa noxush hodisalar bilan bog‘liq muammolar
kuchayishiga olib keladi, deb hisoblaydilar. Biroq qanchalar xavotirli
bo‘lgani bilan globallashuv jarayonini baribir to‘xtatib bo‘lmaydi.
Tahlilchilar globallashuv jahon iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu
ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va ekologik tendensiyalarga qanday
ta’sir ko‘rsatishini chuqur o‘rganishlari lozim bo‘ladi.
XX asrning oxirgi choragi jahon iqtisodiyoti o‘z taraqqiyotining
yangi bosqichiga, ya’ni global darajaga o‘tishni boshlanganligi bilan
tavsiflanadi. Iqtisodiy rivojlanishning bu yangi bosqichi oldingilaridan
tubdan farq qiladi.
Mutaxassislar tomonidan uzoq muddatli tamoyillarni belgilash va
kelajakdagi iqtisodiy strategiyani aniqlashga intilgan holda tuzilmaning
eng xarakterli belgilarini muhokama qilish davom etayotgan
bo‘lsa-da, hozirgi kunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy
tuzilmasining quyidagi xususiyatlari o‘z- o‘zidan namoyon bo‘lib
turibdi:
a) samarali, yuqori texnologik hamda resurslarni tejovchi ijtimoiy
ishlab chiqarish bilan tavsiflanuvchi axborotlar iqtisodiyotini
shakllantirish;
b) konveyer, keng xalq ommasi iste’moliga asoslangan industrial
tizimni davlat, aralash va ayniqsa, xususiy sektorning kreativ (ijodiy)
alohida yo‘naltirilgan xo‘jalik faoliyatiga o‘zgartirish;
v) milliy iqtisodiyotlarni ochiqlashtirish tamoyillarining hududiy
miqyosdagi yopiq iqtisodiy bloklarni shakllantirish tamoyili bilan
qo‘shilib ketishi;
g) xalqaro korporatsiyalar ahamiyatining ortib borishi sharoitida
davlatning tartibga solish rolining kuchayishi;
d) hal etilishi jihatidan jahondagi barcha mamlakatlarning
jamoaviy harakatlarini talab qiluvchi, sivilizatsiyaning global muam14
molari deb atalmish ekologik, xomashyo, demografik muammolar
yechimining dolzarblashuvi.
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim belgilarini
sanab o‘tgan holda, kasbiy faoliyati xo‘jalik sohasi bilan bog‘liq
har bir mutaxassis uchun o‘z faoliyatida u bank, zavod yoki savdo
kompaniyasi bo‘lishidan qat’iy nazar, alohida korxona doirasidagi
jarayonlarga jahon bozorining ta’sir qilish omillarini bilishi va hisobga
olishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun xalqaro iqtisodiy munosabatlarlarning
asosiy ko‘rinishlari globallashuvini o‘rganish, ularni modellashtirish
usullari ko‘p omillarga asoslangan tahlil va statistikaning
qo‘llanishiga qarab turli-tuman bo‘lishiga qaramasdan, mikro va
makrodarajada jahon va milliy xo‘jalik kon’yunkturasidan maqsadli
xabardorlikning zaruriy shart-sharoitlari hisoblanadi.
Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining turli sohalarini
qamrab oladi. Bu sohalar tarkibiga asosan quyidagilar kiradi:
- tashqi, xalqaro, jahon miqyosidagi tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar,
intellektual mulk obyektlari savdosi;
- ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati (ishchi kuchi,
kapital, axborot);
- xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalari (beg‘araz moliyalashtirish
va yordam, iqtisodiy munosabatlar subyektlarining kredit va
qarzlari, qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar, maxsus
moliyaviy mexanizmlar va vositalar, valyuta operatsiyalari);
- ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologik, injiniring va
axborot sohasidagi hamkorlik.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda
namoyon bo‘ladi:
- ishlab chiqarish baynalmilallashuvining chuqurlashuvi, ya’ni
iste’mol uchun yaratiladigan mahsulotni tayyorlashda jahonning turli
davlatlari ishlab chiqaruvchilari qatnashishi.
- kapital baynalmilallashuvining chuqurlashuvi, ya’ni davlatlararo
xalqaro kapital harakatining o‘sishi, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar ko‘rinishidagi fond bozorlarining baynalmilallashuvi;
- ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy, texnologik bilimlar vositalari
almashinuvi, shuningdek, xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv,
xalqaro miqyosda ishlab chiqarish resurslarining joylashuvi
natijasida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi;
15
- xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global
miqyosdagi material, axborot, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmaning
shakllanishi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida ayirboshlash
baynalmilallashuvining kuchayishi, bunda xalqaro xizmatlar
sohasi hamkorlikning ishlab chiqarish sohasiga nisbatan asosiy yo‘nalishlardan
biriga aylanadi;
- xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining o‘sishi, bunda rivojlangan
davlatlarda kambag‘al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarini malaka
talab qilmaydigan yoki past malaka talab qiladigan ishga jalb etilishi;
- ishlab chiqarish va iste’molning baynalmilallashuvini atrof-muhitga
ta’sirining ortishi, bu esa zamonaviy global muammolarni hal qilishga
yo‘naltirilgan xalqaro hamkorlikka bo‘lgan ehtiyojning ortishi.
Globallashuv jarayoni quyidagilarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
- mintaqaviy integratsion jarayonlarni jadallashtirish;
- hozirgi paytda xo‘jalik yuritishni to‘liq erkinlashtirmagan
davlatlar iqtisodiyoti ochiqligini ta’minlash;
- barcha bozorlardagi ishtirokchilarning munosabatlarda to‘siqlarsiz
qatnashuvini ta’minlash;
- moliyaviy va savdo operatsiyalarning qoida va chegaralarini
universallashtirish;
- bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni unifikatsiyalash;
- kapitalni joylashtirish, investitsiya jarayonlari va umumjahon
to‘lov-hisob tizimini standartlashtirish.
Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsion
uyushmalarning iqtisodiy faollikka intilishi, savdo va investitsion
to‘siqlarni olib tashlash, erkin savdo hududlarini tashkil qilish asosida
paydo bo‘ladi. Shu bilan birga globallashuv jarayoni davlatlararo xo‘-
jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axborot va siyosiy miqyosdagi
o‘zaro kelishuvlarni ham qamrab oladi.
Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining
ichki bozordan tashqarida kengayishi natijasida paydo bo‘ladi.
Ko‘pgina yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) global miqyosda
harakat qiladi: ular chegarasi va milliy mansubligidan qat’iy nazar,
birinchi navbatda iste’molchilarning talabini qondirishi kerak. TMK
uchun ichki bozorga nisbatan ko‘pincha tashqi iqtisodiy faoliyat
muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, ular
globallashuv jarayonining subyekti bo‘ladi. TMK – bu globallashuvning
asosi, uni harakatga keltiruvchi asosiy kuchdir4.
Globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi bir nechta muhim
iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq holda yuz beradi. Ushbu jarayonlarga
xalqaro kapital migratsiyasi, erkin savdo, tashqi savdo siyosati kabi
jarayonlarni kiritish mumkin.
So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsion texnologiyalar taraqqiy
etishi bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar, portfelli investitsiyalar va
bank ssudalaridan iborat kapitallarning xalqaro harakatining kuchayishi
globallashuvning diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri
hisoblanadi. Moliyaviy mablag‘lar xalqaro oqimining o‘sish sur’atlari
xalqaro savdo hajmining o‘sish sur’atlarini sezilarli darajada ortda
qoldirmoqda. Ayniqsa, bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining o‘sib
borayotgani diqqatga sazovordir.
Xalqaro kapital harakati uning barcha ishtirokchilariga daromad
keltiradi. Xorijiy investorlar xalqaro miqyosdagi bozorlarga kirish
orqali tavakkalchilikni diversifikatsiyalanishiga erishib, jahon miqyosida
daromad olish imkoniyatini qo‘lga kiritmoqdalar. Odatda, investitsiya
qabul qiluvchi davlatlarda foyda hajmi yuqori bo‘lib, bu
investorlarning yuqori foydani ko‘zlagan holda o‘z kapitallarini
ma’lum hududlarga yo‘naltirishiga turtki bo‘ladi.
O‘tish davridagi iqtisodiyotga ega mamlakatlarda milliy xo‘jalik
tizimini rivojlantirish, shuningdek, diversifikatsiyaga erishish maqsadida
ishlab chiqarish va eksportning mavjud tarmoqlarni rivojlantirish va
yangilarini yaratishga ehtiyoj yuqori hisoblanadi. Shu vaqtning o‘zida,
bunday iqtisodiyotga ega aksariyat mamlakatlar ushbu maqsadlarga
erishishda ichki resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq turli muammolargaduch kelmoqdalar.
Bunday sharoitda jahonning ulkan kapital
resurslari bozoriga kirish ushbu mamlakatlar uchun jamg‘arishdan
ko‘ra ko‘proq investitsiyalarni amalga oshirish, iqtisodiyotni isloh
qilish va o‘sish sur’atlarini jadallashtirish, moliyaviy tizimni barqarorlashtirish
hamda milliy valyuta va bank tizimini mustahkamlash kabi
masalalarni hal qilishda jahon moliya bozorlari afzalliklaridan
foydalanish imkoniyatini beradi5.
Tovar va xizmatlarning erkin savdosi globallashuvning o‘ziga xos
xususiyatidir. Ma’lumki, iqtisodiyotning nisbiy afzalliklarga ega tarmoqlari
ixtisoslashuvi va xalqaro savdoda ishtirok etishi aholi
daromadlari va farovonligi oshishining qo‘shimcha manbai bo‘lib
hisoblanadi. Xalqaro savdo bu kabi yutuqlarga boshqa yo‘llar orqali
ham erishishi mumkin. Xalqaro savdo orqali fan-texnika yutuqlaridan
foydalanish natijalari boshqa mamlakatlarga bilvosita va bevosita
tarqaladi. Bevosita tarqalish fan-texnika yutuqlarini o‘zida mujassam
etgan texnologiyalarning jahon bozorida sotilishida va boshqa
mamlakatlar ularni xarid qilishi orqali ham sodir bo‘ladi. Bilvosita
tarqalish esa, odatda, yangi texnika va texnologiya ishlab chiqilgan
mamlakat eksport tarmoqlari samaradorligi oshishida va tovarlar
sifatining yaxshilanishi orqali ro‘y beradi.
Erkin savdo milliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari
sifatining yaxshilanishi orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlarining oshishi,
import orqali ishlab chiqaruvchilar soni kam bo‘lgan yoki xorijiy tovar
sifati darajasiga yetmagan iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatni vujudga
keltirib, tovar tannarxining pasayishini ta’minlaydi. Mahalliy ishlab
chiqaruvchilarning kuchli raqobat mavjud bo‘lgan jahon bozorlariga
chiqishi tovar hamda xizmatlar sifatining oshishi bilan birga tannarx
pasayishining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Globallashuv jarayonlari
va raqobat kuchaysa, ishchi resurslarining ma’lumoti va malakasi,
ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish tizimi, ilmiytexnik
ustuvorlik hamda sifatli infratuzilmaga talab oshadi. Ishlab
chiqarish omillari sifatini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etish, faol
axborot almashinuvini ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish hamda
iqtisodiy strategiyalarni o‘z vaqtida tuzatib borish orqali mavjud
ustuvorliklarni asrab qolish, ularni rivojlantirish va pirovard natijada
mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga erishish mumkin.
Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishga ham zarurat
tug‘dirmoqda. U iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida
izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka
oshirish, qo‘shma korxonalar va xorijda tajriba almashinishning
jadallashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda. Internet va axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanishi xo‘jalik subyektlarining
faoliyat doirasini kengaytirmoqda. Xo‘jalik yurituvchilar uning
yordamida nisbatan kam xarajatlar evaziga zarur axborotlarga ega
bo‘lmoqdalar. Shuningdek, boshqaruv jarayonida yangi sifat darajalariga
erishish, xo‘jalik yuritish salohiyatining oshishi, talab va taklif
o‘zgarishlariga xos qarorlarni o‘z vaqtida qabul qilish imkoniyatiga
ega bo‘lmoqdalar.
Erkin savdo va proteksionizm yaxlit holda samarasiz ekani
shubhasizdir. Globallashuvning kutilmagan o‘zgarishlari mamlakat
tashqi savdosi shartlariga o‘tkazadigan ijobiy ta’sirlarini imkon qadar
oshirishi, salbiy ta’sir tahdidlarini kamaytirishda iqtisodiyotning
boshqa sohalari kabi tashqi savdoda olib boriladigan islohotlar ham
muhim ahamiyatga ega. Chunki valyuta bozorini erkinlashtirish orqali
eksport-import operatsiyalarini rag‘batlantirish, erkin raqobat muhitida
ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali tashqi savdoning iqtisodiy
rivojlanishdagi ahamiyatini oshirish imkoni qo‘lga kiritiladi. Bundan
tashqari sanoat siyosatini olib borish orqali iqtisodiyotning strategik
muhim eksport tovarlari jahon bozori kon’yukturasining o‘zgarishlariga
bog‘liqlik darajasini kamaytirishga erishish mumkin.
Pol Roberts uchta savdo blokini taklif etadi. Bloklar mos ravishda
Uchinchi, Ikkinchi va Birinchi olam mamlakatlari uchun tashkil etilib,
mamlakatlar yashash tarzining o‘sishiga muvofiq holda bir blokdan
ikkinchisiga o‘tadi. Bu kabi yondashuvning sababi, birinchidan,
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning savdodan oladigan
salmoqli nafini kamaytirishi hisobiga umumiy boyliklarning qisqarishidir.
Ikkinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar iste’molchilarining
xarid qobiliyati pastligi hisobiga savdoda salmoqli naf ko‘ra olmasligi
bilan bog‘liq muammo tufayli ularda na iqtisodiy o‘sish va na aholi
farovonligida sezilarli darajada yaxshilanish ro‘y beradi6.
Ikkinchi variant – odil savdo nazariyasi. Uning mazmun-mohiyati
turli mamlakatlarda savdodan olinadigan nafning birmuncha tekis
taqsimlanishi hamda ijtimoiy va ekologik standartlarning tenglashtirilishi
maqsadida xalqaro tashkilotlar yordamida rivojlanayotgan

mamlakatlar mahsulotlariga qiyosiy narxlar o‘rnatishdan iborat. Bu


nazariyani Laura Tayson qo‘llab - quvvatlaydi. Ammo mazkur nazariyaning
kamchiligi shundaki, bu kabi narx mexanizmiga aralashuv
bozor munosabatlari qonuniyatlariga ziddir. Bundan tashqari unda
ko‘zda tutilgan jarayonlar qimmatga tushib, uzoq kelajakda ko‘zlangan
maqsadga erishilmaydi va iqtisodiyot faoliyatida samaradorlik
pasayadi.



Download 167,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish