Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi glabal muommolarni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat. Kurs ishining maqsadi



Download 167,23 Kb.
bet9/9
Sana30.05.2023
Hajmi167,23 Kb.
#945744
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BAXTIYOR

O‘zbekistonda — bu ko’rsatkichlar esa Inson taraqqiyoti indeksining pasayishi kuzatilmagan, aksincha ko‘rsatkichning barqaror o‘sish tendensiyasi davom etmoqda. Mamlakatda indeks ishga tushirilgandan beri mamlakat juda yaxshi natijalarga erishmoqda. 2021 yildagi Inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichi O‘zbekistonda 0,727 ni tashkil etib, mamlakat Inson taraqqiyoti darajasi yuqori mamlakatlar toifasiga kirishi va 191 davlat va hudud orasida 101-o‘rinni egallashini ta’minladi. 2000−2021 yillarda O‘zbekistondagi Inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichi 19,8 foizga — 0,607 dan 0,727 ga ko‘tarilgan. Shuningdek, 2000−2021 yillarda O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy daromadning 188,8 foizga o‘sishi kuzatgan bo’lsada, mamlakatimizda bir qancha global muommolar mavjud
Orol muammosi – global muammo
Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tuzilgan Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻp tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytiramiz, deya taʼkidlandi.
Darhaqiqat, Orol dengizi qurishi nafaqat mintaqamiz, balki global darajadagi ekologik ofat markaziga aylandi. Shu sababli oʻtgan yili sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ham, 2017-yildagi 72-cessiyada ham muhtaram Prezidentimiz bu masalani kun tartibiga alohida qoʻygan edilar.
Oʻshanda tarixda birinchi bor, BMT oliy minbarida Prezidentimiz dengizning xaritasini butun jahon hamjamiyatiga koʻrsatib, muammoning nechogʻli chuqur va naqadar murakkab ekanligini kuyunchaklik bilan ochib bergan edilar.
Oʻtgan yili esa Yurtboshimiz Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb eʼlon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash taklifini bildirganlari bejiz emas.
Binobarin, dengizning qurigan tubida, Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududida paydo boʻlgan 5,5 million gektar maydondan har yili 75 million tonna chang va zaharli tuzlar atmosferaga koʻtarilib, olis Pomir, Tyan-Shan, hatto Grenlandiya, Arktika muzliklari va Norvegiya oʻrmonlariga qadar yetib bormoqda.
Albatta, mamlakatimiz tashabbusi bilan 2017-yilda Orolboʻyi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast fondi tuzilgan boʻlib, u ogʻir ekologik hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam koʻrsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi boʻlib xizmat qilmoqda.
Mazkur fondga Norvegiya, Finlyandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi, Germaniya, BAA, Turkiya, Shveysariya kabi davlatlar donorlik yordamlarini koʻrsatib, katta qiziqish bildirayotgani uning istiqboli katta ekanligini koʻrsatadi.
Biroq ochigʻini aytish kerak, ayni paytda asosiy ishlar Oʻzbekistonning oʻz zimmasiga tushmoqda, misli koʻrilmagan ishlarga ketayotgan xarajatlar asosan, respublika va mahalliy byudjet va xayriya mablagʻlaridan qoplab kelinmoqda.
Murojaatnomadagi asosli va oʻrinli taklif ham Prezidentimiz olib borayotgan siyosatning izchil va mantiqiy davomi boʻlib, soʻnggi toʻrt yilda dengiz tubining qurigan qismida bir yarim million gektarga yaqin yerlarda oʻrmon va butazorlar tashkil etilgani, joriy yilda bunga yana 700 ming gektar yer qoʻshilishi mamlakatimiz olib borayotgan ishlar koʻlamining nechogʻli kattaligini isbotlab turibdi.
Bu yerda Oʻzbekistonning misli koʻrilmagan chora-tadbirlari oʻlaroq yaratilayotgan yangi oʻsimlik maydonlari, yaylovlar va daraxtzorlar tuproq qatlamini shakllantirishda, iqlim va atrof-muhitning sekin-asta oʻzgarishiga, Orol boʻyidagi ekologik xatar oqibatlarini yumshatishga, millionlab insonlar salomatligiga zararini kamaytirishga hissa qoʻshmoqda.
2017-2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan Orol dengizi havzasi va Orolboʻyi mintaqasida, unga yondosh Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida “yashil belbogʻ” yaratish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Oʻtgan yil 2-oktyabrdagi “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaliklar tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori esa bu maqsadlarni strategik ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Endilikda Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻp tomonlama Trast fondi faoliyatini kuchaytirish nihoyatda dolzarbdir. Oʻzi trast fondlar boshqaruv tizilmasi qarorlar qabul qilish, mablagʻlarni taqsimlash va hisobdorlik jarayonlaridagi aniqlik va tartiblilik bilan ajralib turadi. Butun dunyo miqyosidagi 50dan ortiq BMTning bu kabi fondlari oʻzining shaffoflik tamoyillari bilan ham gʻoyatda samarali ekanligini koʻrsatmoqda.
Oʻzbekiston bu borada ham yetarli tajriba toʻpladi va xalqaro hamjamiyatning bu ekologik muammo atrofida jipslashishi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha global harakatlar strategiyasini toʻldirishga xizmat qiladi.
Hech shubhasiz, bunday intilishlar bu yerdagi aholining bandligini taʼminlash, iqtisodiy va hayot farovonligini oshirish bilan bogʻliq kompleks muammolar yechimida munosib oʻrin egallaydi.
Bu ekotizimlar muvozanatini tiklash va bioxilma-xillikni taʼminlashdan tashqari, infratuzilmalar yaratish, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, qishloq xoʻjaligi va sayyohlikni rivojlantirish orqali hududdagi 100 mingga yaqin aholining bandligini, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkoniyatini yaratadi.
Shu maʼnoda Murojaatnomada koʻtarilgan bu tashabbus Oʻzbekistonning mintaqaviy va global ekologik muammolar yechimida shunchaki oddiy tomoshabin sifatida emas, balki uning yechimiga amaliy harakat qilayotgan jonkuyar va faol ishtirokchi sifatidagi maqomini yanada mustahkamlashga qaratilgandir.



Download 167,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish