Bog'liq Kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil qilishning asosiy usu-fayllar.org
Kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil qilishning asosiy usullari
Kreditga layoqatlilikni baholash va tahlil qilishning asosiy usullari
MXVKM-50 guruh
Nurmuradova E’zoza
Korxonalarning kreditga layoqatligini baholashda tahlil oldiga
quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
korxonalarning kreditga layoqatliligini davriy oraliqlar bo‘yicha o‘rganish;
korxonalarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar va kapital foydaliligini baholash;
mablag‘larni joylashinuvidagi holat, ularning aylanuvchanligini baholash;
muddati o‘tgan majburiyatlarning holati, korxonalarning moliyaviy mustaqillik darajasidagi o‘zgarishlar, sotish hajmidagi o‘sish;
likvid mablag‘larning holati kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga baho berish.
Kreditga layoqatlilik tahlilining maqsadi – korxonalarning
kredit, qarz mablag‘larini jalb etishi yuzasidan ularning moliyaviy holati va natijalarini tahlil etish orqali pul mablag‘larini ko‘paytirish imkoniyatlarini retrospektiv tahlilini amalga oshirishdan iborat.
Jahonda va mamlakatimiz amaliyotida kreditga layoqatlilikni
baholashda quyidagi mezonlarga tayaniladi:
mijozning xarakteri (fe’l-atvori);
mijozning qarz olish qobiliyati;
olingan qarzni uzish yuzasidan mablag‘lar ishlab topishga
qobilligi;
mijozning kapitali;
kreditning ta’minlanganligi;
kredit operatsiyalarini amalga oshirish chog‘idagi shartsharoitlar;
mijoz faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi.
Korxonalarning kreditga layoqatliligi tahlilining uslubiy asoslari
korxona va bank nuqtayi nazaridan alohida belgilanishi, yo‘lga
qo‘yilishi va yuritilishi lozim.
Korxonalarning kreditga layoqatliligi tahlili va baholashni tartibga
solishda asosiy me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligining 1998-yil 26-iyuldagi 17-17/86-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan 1-son “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”
nomli BHMS hisoblanadi.
Korxonalarning kreditga layoqatliligini o‘rganishda har bir tijorat banki tomonidan ishlab chiqiladigan kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi (kredit siyosati) uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirish tartibi (kredit siyosati)da korxonalarning kreditga layoqatliligini o‘rganishda uslubiy asos sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va tavakkalchilikni baholash tizimi ko‘rsatib berilgan
Har bitta bankning kreditlash va unga tenglashtirilgan
operatsiyalarni amalga oshirish tartibi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra
xo‘jalik subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti
va tavakkalchilikni baholash tizimi (Skoring tahlil tizimi) bir-biridan
farq qiladi
Xo‘jalik subyektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va tavakkalchilikni baholash tizimida kreditga layoqatlilik – bu xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holatini, ularning krediti o‘z vaqtida va to‘la qaytarish qobiliyatini baholash deb ta’rif berilgan
Tijorat banklari tomonidan xo’jalik subyektlari kreditga layoqatliligini baholash uslubiyotida kreditga layoqatlilikning zarur majburiy ko‘rsatkichlari: kreditni qoplash koeffitsiyenti, likvidlilik va o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik (mustaqillik koeffitsiyenti), shuningdek‚ o‘z aylanma mablag‘larining mavjudlik dinamikasi, to‘lanmagan qarzlar, foyda olib faoliyat ko‘rsatishi va aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi kabi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqiladi. Kreditga layoqatlilikning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi koeffitsiyentlardan iborat: Qoplash, likvidlilik va o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik (mustaqillik koeffitsiyenti). http://fayllar.org