Kurs ishi mavzu: nizomiddin shomiyning “zafarnoma asari markaziy osiyo tarixiga oid muhim manba taqrizchi



Download 416,5 Kb.
bet8/14
Sana16.03.2022
Hajmi416,5 Kb.
#493080
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi.Ergashev (2)

Xulosa. Birinchi bob boʻyicha xulosa qiladigan boʻlsak, ushbu bobda tarixchi olim Nizomiddin Shomiy shaxsiga taʻrif, hayot faoliyati haqida tarixiy kitoblarda keltirilgan maʻlumotlar mazmuni, ”Zafarnoma” asari va ushbu asar asosida yaratilgan boshqa asarlarning qisqacha tarixi, ushbu asarning Amir Temur haqida yaratilgan boshqa asarlardan farqli jihatlari haqida maʻlumoatlar keltirilgan. Hamda biz ushbu maʻlumotlar asosida quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:
Birinchidan. Tarixchi olim Nizomiddin Shomiy hayoti va faoliyati haqida aniq maʻlumotlar yoʻq yoki bor boʻlsa ham juda kam. Bu maʻlumotlar tarixchi shaxsini yoritishga unchalik yetarli emas.
Ikkinchidan. Nizomiddin Shomiyning mazkur ”Zafarnoma” asari hamda u asosida yaratilgan barcha tarixiy asar va manbalar Markaziy Osiyo tarixshunosligida muhim ahamiyat kasb etadi va ularda ushbu mintaqaning XV-XVI asrlar tarixiga oid muhim tarixiy maʻlumotlar keltirilgan. Ushbu asarlarning barchasida voqealarning diqqat markazida Amir Temur va uning atrofida sodir boʻlgan barcha tarixiy voqealar va ularning rivoji tashkil etadi.
Uchinchidan. ”Zafarnoma” va uning asosida yaratilgan barcha asarlarda ayni bir xil tarixiy voqealar yoritiladi va shuning uchun ular oʻrtasidagi farqlar unchalik katta emas deb olishimiz mumkin. Faqatgina bir jihatdan farqini keltirish mumkin. Yaʻni davr nuqtai nazaridan ularda tafovut bor. Shuning uchun ulardagi voqealar xilma-xilligi shu jihatdan oʻzgaradi. Masalan, Shomiyning asarida voqealar 1404-yil bahoriga qadar boʻlgan voqealar bayon etilgan. Uning oʻlimigacha va undan keyingi voqealar tafsiloti yoʻq ushbu asarda. Mana shu jihatdan barcha tarixiy asarlar bir-birini toʻldirib va davom ettirib tarixiy yaxlitlikni taʻminlaydi.


II BOB. “ZAFARNOMA” DA MARKAZIY OSIYO TARIXGA OID MUHIM VOQEALAR TAHILILI


2.1. “Zafarnoma” asarida Amir Temur faoliyati haqida. Uning siyosiy kurash maydoniga chiqish voqealari tarixi, harbiy yurishlari bayoni

Bachamizga maʻlumki, Sohibqiron Amir Temur nafaqat Markaziy Osiyo tarxida balki, butun dunyo tarixida alohida va yuksak ahamiyatga ega shaxs hisoblanadi. Uning davlatchiligimiz tarixida koʻrsatgan xizmatlari yusakdir. Koʻp ming yillik tariximiz juda koʻp sulola va hukmdorlarni saltanatini boshdan kechirdi. Lekin oʻzidan katta yodgrlik qoldirgan va koʻp yillar hukm surgan sulola- bu temuriylar sulolasi boʻldi. Bu sulola vakillari Movarounnahr, Eron, Ozarbayjon, Iroq, Afgʻoniston va Xurosonni qariyb 488 yil idora qildilar. Oʻsha yillar mamlakat xalqlari tarixida sezilarli iz qoldirdilar.24


Lekin afsuski, Temur va temuriylarning ulkan tarixi, ayniqsa bizning mamlakatimizda, hazrati sohibqironning ona yurtida yetarli darajada oʻrganilmadi. Buning asosiy sababi bugun endi hammaga ayon. Bu – Rossiyaning qariyb 130 yildan beril izchil oʻtkazib kelgan mustamlakachilik va ulugʻ davlatchilik siyosatining oqibati boʻldi. Fojia shundaki, hozirgacha biz Temur va temuriylar haqida qoʻlga ilinadigan bironta kitobga ega emasmiz. Vaholanki, xorijiy mamlakatlarda va tili, dini boshqa boʻlgan Yevropada – Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Amerikada katta-katta ilmiy asarlar yaratildi va bu uning tiriklik davridayoq amalga oshirildi. Jahon tarixi zaminida koʻhna Sharq tarixi alohida oʻrin egallaydi. Maʻlumki, har bir davr oʻzining tarixiy shaxslarini, tarixiy sulolalarini, silsilalarini yaratgan va mazkur shaxslar tarix silsilasini vujudga keltirgan. Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlari tarixini oʻrganishda Temur va temuriylar davrini mufassal oʻrganmay turib bu mintaqaning tarixiga baho berish mumkin emas. Zero, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Temur va temuriylar davri mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonida ulkan ijobiy burilishlar davri boʻldi. Moʻgʻullar istilosidan keyin kul tepaga aylangan Turkiston diyori bir yuz ellik yil davomida istibdod zanjiriga oʻraldi. Mehnatkash xalq ommasi qullik iskanjasiga solinib, ozodlikdan mahrum qilindi. Moʻgʻul istebdodiga qarshi ozodlik bayrogʻini jasurona baland koʻtarib maydonga chiqqan va xalqning asriy ezgu niyati – mustaqillikni qoʻlga kiritgan yetuk tarixiy shaxs bu – Amir Temurdir.
Mana shunday buyuk tariximizning buruk shaxsini tarixini oʻrganish va oʻzgalarga ulashish uchun bir qancha hatto yuzlab asarlar yaratilgandir. Mustaqilligimiz sahrofati bilan ushbu asarlarning aksariyati katta olimlarimiz tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, omma ixtiyoriga topshirilmoqdadir. Ushbu asarlar orasida Sohibqiron Amir Temur tarixini mufassal va sof oʻrganishda bizga buyuk tarixchi olim Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari ancha koʻmaklashadi. Endi sizlar bilan bevosita ushbu asarning mazmuni, undagi voqealar rivoji, asarning Markaziy Osiyo tarixini oʻrganishdagi ahamiyati haqida siz bilan suhbatlashamiz.25
Yuqorida “Zafarnoma” asarining boshqa asarlardan farqli va ustun jihatlari, boshqa asarlar uchun birinchi darajadagi muhim tarixiy manba boʻlib xizmat qailganligi haqida soʻz yuritdik. Uning muaqddima qismi va baʻzi soʻzlarning majoziy maʻnolariga toʻxataldik. Endi esa biz bevosita ushbu asarning ichida keltirilgan maʻlumotlar xususida soʻzlashamiz. Asar jami 110 ta mavzuga boʻlingan holatda yozilgan va bu voqealarning barchasida tarixiy ketma-ketlikka katta ahamiyat berilgan. Amir Temurning tarixi esa II mavzudan yaʻni “Jahonkushoy Hazrati (Amir Temur) ning muborak tarixi boshlanish” qismidan boshlanadi. Bu qismda garchi Chingizxonga boʻlgan sulolalar tarixi yoritilmagan boʻlsa ham, Chingizxon va undan keying sulolalar tarixi mufassal yoritilgan. Unda faqat hukumronlik qilgan podshohlar nomlari zikr qilinadi. Shu yerda yana bir narsani taʻkidlash kerakki, asarning ushbu qismidan biz geneologiya ( shajarashunoslik) fani uchun ham maʻlumotlar olishimiz mumkin boʻladi. Chunki unda mamlakatni mintaqalarga boʻlgan holda har bir mintaqada kim hukumron boʻlganligi xronologik va geneologik tartibda keltirilgan.26 Tarixchi ushbu qismda Chingizxonning boshqa oʻgʻillarini qisqacha zikr qilib, soʻngra Chigʻatoy xususida gap boshlab, soʻz zanjirini mustahkamlaymiz deydi. Shundan ham koʻrinib turirbdiki, agar tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, Chigʻatoy Moʻgʻulistonning gʻarbiy taraflari, yaʻni Sharqiy Turkiston, Movarounnahr va Yettisuv oʻlkalarida hukumronlik qilgan boʻlib, bevosita ushbu hududlar hozirgi Markaziy Osiyo hududini tashkil etadi. Yozuvchining hsu jumlasi ham asarning Markaziy Osiyo tarixiga bagʻishlanganini koʻrsatadi. Shomiy oʻz asarida Xitoyda hukumronlik qilgan Chingizxonning oʻn toʻrt nafar, Dashti Qipchoqda hukmronlik qilan yigirma besh nafar, Iroqda hukmronlik qilgan oʻn toʻrt nafar, Chigʻatoy elide hukmronlik qilgan oʻttiz bir nafar chingiziy hukumdorlarning nomini zikr etadi. Eʻtibor bering Chigʻatoy ulusidagi oʻttiz bir nafar hukmdorlardan oxirgi olti nafar hukumdor Sohibqiron yashagan yillarga toʻgʻri keladi. Ulardan toʻrt nafarini Amir Temur soxta xon sifatida taxtga oʻtqazgan. Yaʻni ulardan yigirma yettinchi hukumdordan boshlab Amir Temur bilan hamzamon hukmdorlar hisoblanadi. Ular quyidagilar: 1) Emilxoʻja oʻgʻli Tugʻluq Temur, 2) Tugʻluq Temur oʻgʻli Ilyosxoʻja, 3) Durchi oʻgʻli Qobul Sulton, 4) Muhammad oʻgʻli Odil Sulton, 5) Suyrgʻatmishxon, 6) Suyrgʻatmishxon oʻgʻli Mahmudxon. Ushbu hukumdorlardan Qobul Sultondan boshlab ularni Amir Temur soxta xon sifatida taxtga oʻtqazib, amalda mamlakatni oʻzi idora etgan.
Voqealar shu shaklda Chingizxonning avlodlari zikridan Chigʻatoyxon vafotidan keyingi voqealar bayon etiladi. Ushbu sahifalardan boshlan barcha hukumdorlarga taʻrifalar va maqtovlar asosida asar davom etdi. Movarounnahrdan boshqa hududlarda hukmronlik qilgan chingiziy hukmdorlar esa faqat nomma- nom sanab oʻtilgan xolos. Movarounnahr qismi esa mufassal bayon etilgan. Va mana shu joydan Sohibqiron Amir Temur tarix sahnasiga chiqadi va voqealar rivoji u bilan birga bayon etiladi.27
Bu zamonda Chigʻatoy ulusiga (Moʻgʻuliston qismiga) Tugʻluq Temur podshoh boʻlib koʻtarilgan edi. U oʻzining abjirligi va jangga ustaligi bilan oʻzidan oldingi hukmdorlardan ajralib turar edi deb yozadi Shomiy28. U ayni shu paytlarda Movarounnahrga hujum qilish rejasida yurgan edi. U koʻplab qoʻshinlar va qurol- aslahalar bilan Movarounnahr ustiga yurishga otlanadi. Oʻsha zamonlarda XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr oʻn bitta bekliklarga boʻlinib ketgan edi. Ulardan eng yirik va koʻzga koʻringan beklar Kesh deb atalgan Shahrisabz va unga qoʻshiluvchi tobeʻ joylar oʻsha vaqtda Amir Sohibqiron yaʻni dunyo mamlakatlarni fath etuvchi Amir Temur Koʻragon va Xoji Barloslar tasarrufida edi. Amir Sohibqironning birodari (amakisi) Amir Xoji Barlos Xurosonga qochishga qaror qiladi. Amir Temur esa unga qarata shunday deydi:
“Siz Xuroson tomon borishga azm qilibsiz! Viloyat va mamlakat hokimsiz va boshliqsiz qolib, unga fitnayu- futur yoʻl topgʻay va zarar yetgay. Agar maslahat koʻrsangiz, men oʻz viloyatimgʻa borib, u joydan podshoh (Tugʻluq Temur) xizmatiga yuzlanay, uning amirlari va vazirlarini koʻray, toki viloyat xarob boʻlmasi”29 .
Biz yuqorida keltirilgan jumlalar orqali ham Amir Temurning naqadar vatanparvar, xalqchil va insofli ekanligini bilishimiz mumkin. Lekin Tugʻluq Temur Movarounnahrgacha kelmasdan baʻzi hududlarni egallab Moʻulistonga qaytib ketadi. Va Amir Temur u bilan uchrasholmaydi. Podshoh oʻz viloyati va poytaxtiga borib yetgach, hisobsiz lashkar yigʻib Movarounnahr diyori tomonga yuzlandi va Xoʻjand shahriga yetib keldi. Amir Temur bu xabarni eshitib, podshoh (Tugʻluq Temur) tomonga joʻnaydi. Amir Temur hukumdor bilan uchrashib, uning koʻngliga maʻqul keladigan koʻp yaxshi soʻzlarni aytadi. Va nihoyat Tugʻluq Temurning hukmi boʻladiki, Kesh oʻkasi uning ixtiyoriga berilsin va oʻn ming kishi uning qaramogʻiga berilishini amir etadi, mana shundan boshlab Amir Temur moʻgʻul hukumdorlari tomonidan ilk marta eʻtirof etilib, siyosiy lavozimga tayinlanadi va bu uning oʻlakadagi siyosiy holatini ancha yaxshilaydi. Bu voqealar rivojida Shomiy Amir Temurning mamlakatni parokandalik va toptalishdan saqlash maqsadida shunday qilganligini yozadi.30
Shundan soʻng Tugʻluq Temur poytaxtga qaytib ketadi va oʻz oʻrniga oʻgʻli Ilyosxoʻjani Movarounnahr podshosi etib tayinlaydi. Uning xizmatiga koʻplab amirlarni beradi. Ularning tarkbida Amir Temur ham bor edi. Amir Temur ham barcha amirlar singari shahzoda xizmatiga kiradi va uni ziyorat qilish uchun katta sovgʻa-salomlar bilan yoʻlga tushadi. Oradan ancha vaqt oʻtgach Amir Temur va Ilyosxoʻja oʻrtasidagi munosabatlar buziladi. Buning asosiy sababi qilib, tarixchi olim Ilyosxoʻjaning xalqqa qilgan zulmi va davlat ishlarida tajribasizligini keltiradi. Bundan tashqari Ilyosxoʻjaningning tayinlagan amiri Bekijak ham mamlakatda olib borgan notoʻgʻri siyosati ularning munosabatlariga putur yetkazadi. Buning natijasida Amir Temur ulardan oʻzini uzoq tutadi. 31. Amir Balx hokimi Amir Husayn bilan ittifoq tuzadi. Amir Husayn oʻsha davrdagi obroʻli va nasl-nasabli shaxslardan biri edi. U Qozogʻonning nevarasi edi. Amir Temur bu ittifoqni uning singlisi Uljoy Turkon ogʻani oʻz nikohiga olish orqali yaʻni Amir Husaynga kuyov boʻlish natijasida yanada mustahkamlaydi. Ular birga koʻplab jangu jadallarni boshlaridan oʻtkazadilar.
Asarning V bobi “Amir Alibekning Amir Husayn va Amir Sohibqironni ushlab Mohonda hibs qilgani haqida” qismida biz tarixga “Loy jangi” nomi bilan kirgan enga mashhur jang haqida maʻlumotlar olishimiz mumkin. Nizomiddin Shomiy ushbu jang sahnalarini quyidagicha izohlaydi: “…toʻsatdan havo oʻzgardi: osmonni bulut qoplab, yomgʻir yogʻa boshladi. Kamonu oʻqlar shu darajada ivib ketdiki, chunonchi dushmanga otish uchun mumkin boʻlgan bironta oʻq qolmadi. Toʻnlar va etiklar suvgʻa gʻarq boʻldi, sallalar boshga ogʻirlik qildi. Loy va balchiq shu darajaga yetdiki, otlar joyidan qoʻzgʻalolmay qoldi. Dushman askarlari namat jomalar yopinib, joylaridan qoʻzgʻalolmay turdilar…”32. Ushbu qismdan ham biz “Loy jangi” ning qanchalik ogʻir boʻlganligini bilishimiz mumkin. Unda Amir Husayn hech qanday harbiy harakatlar koʻrsatmasdan faqat oʻz joyida turadi va natijada Amir Temur magʻlubiyatga uchraydi.
Soʻngra ular bahor faslida (1365-yilda) Samarqandga yoʻl oldilar. Chunki, bu payt Samarqandda sarbadorlar harakati avj olgan edi. Ular xalqdan yigʻilgan qoʻshin boʻlib, jete qoʻshinlariga qarshi kurashadilar va ularni shaharga kirishlariga yoʻl qoʻymaydilar. Va buning uddasidan chiqishadilar ham. Ammo ular oʻzlarining zafarlaridan magʻrurlanishib xalqqa jabru zulmni hunar qilgan edilar. Hamda adolatsizlik botqogʻiga giriftor boʻldilar deya taʻriflaydi Nizomiddin Shomiy. Va bu orqali Amir Temur va Amir Husaynlarning Samarqanga yurishi sababini ham ifodalaydi. 33
Ular Samarqandga yetib kelgach sarbadorlar rahbarlarini dorga osdiradi. Amir Husayn xalqni ularning zugʻmidan qutqarishni buyuradi. Abu Bakr Naddof va Xurdakiy Buxoriylar osiladi. Mavlonzoda Samarqandiyni esa Amir Temur Amir Husayndan shafoat tilib hayotini saqlab qoladi. Chunki, u diniy vakil boʻlib, uni oʻldirish joiz emas deydi. Nizomiddin Shomiy ushbu voqealarni sharxlar ekan, Amir Husaynning garchi xalqni moʻgʻullar hujumidan saqlagan sarbadorlarni oʻlimga hukm qilishini boshqa bir sababini ham keltirib oʻtadi. Yaʻni hech qachon oddiy xalqdan chiqqan kimsa davlatni boshqarishi, hokimiyatni egallashi mumkin emas. Bunga faqatgina chingiziy avlodidan boʻlganlargina haqlidir deya taʻriflaydi. Va shu tariqa sarbadorlar harakati ham bostiriladi, xalq ularning zulmidan ozod boʻladi. Samarqand taxtiga esa Amir Husayn chiqadi. Va davlatni idora etadi. Ammo u ham davlatni boshqarishda koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyadi. Soliqlar turi va miqdorini oshiradi. Bu bilan uning ham Amir Temur oʻrtasidagi munosabatlar buzulishiga olib keladi. Muallif ushbu hodisalarni quyidagicha taʻriflaydi: “fazlu kamol arboblari va aqlu donnish egalariga ravshandirki, oily va ulugʻ Tangri hazratining irodasi biror ishga qaratilsa, avvalo oʻsha ishning vujudga kelishiga sabab boʻladigan narsani paydo qiladi. Bayt:

Download 416,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish