Kurs ishi mavzu: nizomiddin shomiyning “zafarnoma asari markaziy osiyo tarixiga oid muhim manba taqrizchi



Download 416,5 Kb.
bet9/14
Sana16.03.2022
Hajmi416,5 Kb.
#493080
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi.Ergashev (2)

Biror ishning boʻlmogʻi loyiq topilsa,
Nochor uning sabablari muhayyo boʻlur.34
Bu baytlar orqali muallif Nizomiddin Shomiy Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va davlat yuritishi bashoratiga ishora qilmoqda. Va u aytgandek Amir Husaynning qilgan notoʻgʻri siyosati xalqni undan yuz oʻgirishiga va Amir Husaynning soʻngini keltirishga sabab qilib koʻrsatmoqda. Amir Temur unga qarshi kurshish uchun koʻplab ittifoqlar tuzadi. Ular orasida Sherbahrom va Bahrom Jaloyirlar bilan tuzgan kengashi eng yirigi edi. Amir Husayn ham Amir Temurni bir necha marta qaytishga sulh tuzishga harakat qiladi. Unga turli xildagi pandu nasihat shaklidagi maktublar yuboradi. Amir Temur ham uning nasihatlariga quloq soladi va sulhga rozi boʻladi. Ammo Amir Husaynning Amir Temurni hiyla yoʻli bilan qoʻlga olmoqchiligini bilgach bu fikridan qaytadi. Asarning X qismidan Amir Temurning katta oʻgʻli Jahongir Mirzo ham voqealar rivojiga qoʻshiladi. Uni Amir Temur Hirot Maliki oldiga yuboradi. Lekin, asarda uni nima uchun yuborganligi va natijasi qanday boʻlganligi bayon etilmagan.
769/ 1367-1368- yillarda Amir Husayn katta qoʻshin bilan Amir Temurga qarshi kurashga otlanadi. Amir Temur ham qoʻshin tuzib unga qarshi hujumga oʻtadi. Va Amir Husaynning qoʻshinini magʻlubiyatga uchratadi. Bu xabarni amir Muso va Shayx Muhammadlar Amir Husaynga yetkazadilar va uning gʻazabiga duchor boʻladilar. Endi Amir Husayning oʻzi yurishga otlanadi. Toshkent va Xoʻjandning ulamolarini yigʻib Amir Temur huzuriga borishini va sulhga rozi boʻlishini aytadi. Shu kuni tush payt Amir Temur tush koʻradi. Tushida katta daryoda bitta solning ustida yagona Allohdan boshqa hech kim qutqara olmasligini bilib, faqat yaratganga sajda-yu, ibodat qilayotgan ekan. Keyin uygʻonib, ulamolar kelganligi xabarini eshitib, tushuni mana shu voqeaga bogʻlaydi. Daryoni Amir Husaynning lashkarlari va solni ulamolarga yoʻyib, bu sulhda bir hikmat bor deb sulhga rozi keladi. Va oʻzi Amir Husaynning huzuriga borishga qaror qiladi. Sulhni yuzma-yuz tuzishni istaydi. Samarqand darvozasiga yetganida Amir Husayn oʻlganligi haqida yolgʻon xabarni eshitadi. Va bu xabarga ishonmay Amir Temur ortiga qaytib ketadi. Shu asnoda ular oʻrtasida juda koʻp janglar boʻladi. Oxirgi jangda Amir Temur Termiz yaqinidagi bir qishloqqa yetganida Makka sayyidlari jamoalaridan boʻlmish ulugʻ va muhtaram sayyid Sayyid Baraka yetib keladi. U Amir Temurga katta nogʻora tabl va yalov bayroq tortiq qiladi va Amir Temur buni muborak kelajak foli deya qabul qiladi hamda Amir Husaynga qarshi yurishini jadallashtiradi.35 Amir Husayn esa qochishda davom etadi. Bu oraqda Movarounnahr podshohsiz qolib, adolat va siyosat qonuniyatlari barqaror boʻlmay qoladi. Amir Temur bunday boʻlishini istamasdan Moʻgʻulistondan Surgʻatmishxonni olib kelib, Oʻrpus Balx yaqinida joylashgan mavzesida mamlakat podshohligiga koʻtaradi. Shunday qilib yasoq va qadimiy qonuniyatlar qayta tiklanadi. Shundan soʻng Amir Temur Amir Husaynga qarshi kurashini yana davom ettiradi. Janglar soʻngida Amir Husayn otini yoʻqotib qoʻyadi va uni toppish uchun minoraga chiqib oladi. U yerda uni bir askar tanib qoladi. Amir Husayn unga bir hovuch marvarid berib uni koʻrganligini hech kimga aytmasligini iltimos qiladi. Askar qasam ichib uni xotirjam qiladi va darrov pastga tushib bu xabarni Sohibqironga yetkazadi. Amir Temur uni tuttirib huzuriga olib keldiradi. Shuncha yillik birodarlik va hamkorlik haqqi hurmati uni qonidan kechmoqchi boʻladi. Ammo toʻsatdan Kayxusrav kelib qoladi va tiz choʻkib birodarining xunini talab qiladi. Amir Temur bunga rozi boʻladi va shu tariqa Amir Husayn oʻldiriladi va siyosiy maydondan chiqariladi.
Ushbu voqealardan keyin asarda Amir Temur mahalliy yirik amirlar va katta amaldorlarga qarshi olib borgan janglari voqealari keltiriladi. Keying voqealar esa bevosita “Amir Sohibqironning Xorazm va u joyning hokimlari bilan bogʻliq kechmishlari bayonida” qismi orqali uning Xorazm oʻlkasiga qilgan yurishlari bayon etiladi. Tugʻluq Temur Movarounnahrga qilgan ikki yurishi davrida mamlakatda kelib chiqqan tartibsizliklardan foydlangan Amir Husayn Soʻfi Kat va Xiva shaharlarini oʻz tasarrufiga olgan edi.36 Amir Temur Amir Husayn voqealaridan soʻng Amir Husayn Soʻfiga maktub yoʻllab bu ikki mavze Chigʻatoyxon mulkiga tegishlidir, shuning uchun bu ikki mavzega taaluqli nimaiki boʻlsa, barchasini podshoh (Suyrgʻatmishxon) devonigʻa qaytargʻil va podshoh marhamatigʻa noil boʻlgʻil deydi. Amir Husayn Soʻfi bunga javoban: ”Men bu viloyatni qilich bilan qoʻlga kiritganman, uni mendan qilich bilangina tortib olishing mumkin”, deydi. Bayt:
Mulk kelinining mahrini qilich bilan kesib belgilagan ekanlar,
Qilichsiz uni taloq qilib boʻlmaydi.37
Amir Sohibqironning muborak quloqlariga bu soʻzlar yetib kelgach mavlono Jaloliddin Kashi Amir Temurdan uni Xorazmgʻa elchi qilib yuborishini va uni insofga chaqirishini ijozat soʻraydi. Sohibqirondan ijozat boʻlgach, u Xorazmga boradi, ammo Husayn Soʻfi u bilan uchrashishdan yuz oʻgiradi. Va shu tariqa Amir Temurning Xorazmga birinchi yurishi boshlanadi. Janglar boʻlayotgan bir paytda Husayn Soʻfi vafot etadi va uning oʻrniga Yusuf Soʻfi oʻtiradi. Oʻrtada munosabatlar mustahkamlanishi uchun Amir Temur Yusuf Soʻfining qizini oʻgʻli Jahongirga soʻratadi va Soʻfi darrov bu taklifni qabul qilib, qarindoshlik munosabatlarini bogʻlaydi. Sohibqiron uning soʻzlariga ishonib, yurtiga qaytadi. Ammo Yusuf Soʻfi vaʻdasiga vafo qilmaydi. Va Amir Temur ikkinchi marotaba Xorazmga qoʻshin tortadi. Yusuf qilmishiga pushaymon boʻlib, Xonzodaning sepi bilan tezda tayyorlab joʻnatadi. Uni toʻyi boʻldi va Amir Temur Xorazmga yurishdian qaytadi. Bundan keyin u Moʻgʻulistonga yurish qiladi. U yerdan zafar bilan qaytgach, Xorazmda yana Yusuf Soʻfi itoat qilishdan bosh tortadi. Va Sohibqiron uchinchi marta Xorazmga yurish qiladi. Bu orada Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishxon Amir Temur huzuriga yordam soʻrab keladi va Amir Temur unga yordam berib taxtni egallashiga koʻmaklashadi.
Bir qancha yurishlardan keyin Amir Temur Xuroson valiyligini amirzoda Mironshohga topshiradi. Uni Xuroson valiysi etib tayinlaydi. Soʻngra Amir Temur Hirot amiri amir Valiyga qarshi yurish qiladi va uni yengadi. Bu orada Amir Temur bir necha amir va valiylarga qarshi yurish qiladi. Va soʻngra podshoh qilib Sulton Mahmudni koʻtaradi. Bundan keyin esa Toʻxtamishxon Amir Temur qilgan yaxshiligini unutib, unga qarshi yurishga otlanadi va Xoʻjand daryosidan kechib oʻtadi. U bilan boʻlgan jangdan soʻmh Amir Temur dashti Qipchoqqa yurishga otlanadi. U yerni egallagach va u yerda tinchlik oʻrnatgach Sohibqiron Mozandaron, Iroq va Fors viloyatlariga yurishga chiqadi. U yerlarni egallab boʻlgach shu yili Amir Temur Moazndaronda qishlab qoladi. Va yurishlarinni shu yerdan davom ettirib, Sheroz va Iroqqa tomon qoʻshin tortadi. U yerdan soʻng u Bagʻdod shahrini egallaydi. Uning atrofidagi Basra, Takrit qalʻalarini tezlik bilan egallab oladi. Bu voqealardan soʻng Amir Temurning suyukli oʻgʻli Umarshayx Bahodir vafot etadi. Amir Temur uni Shom yurishida qatnashish uchun chaqirtirgan edi. Umarshaxy Bahodir farmonga binoan yoʻl tadorikini koʻrib, Sherozdan chiqib, Amir Temur huzuriga borar edi. U Bagʻdoddan toʻrt manzil masofadagi kichik bir Xarmotu deb atalgan joyga yetib u yerdan oʻtayotgan edi. Atrofda bir kishi oʻq oʻq otayotgan edi, nogahon bir oʻq kelib amirzodaga tegadi va u shu ondayoq halok boʻladi. Shunda bir misra aytadi:
Qazo oʻqin qalqon bilan daf qilib boʻlmas38
Shu tariqa Sohibqironning eng zabardast va baquvvat shahzodasi olamdan oʻtadi. Amir Temur bu mudxish xabarni eshitib, oʻzini yoʻqotib qoʻyadi. Ammo tez orada oʻzini tiklab Shom va Sherozga yurishini boshlaydi. Hamda u shaharlarni tez orada qaytadan bunyod ettiradi. Bu orada Amir Temur koʻplab katta va kichik qalʻa va shaharlarni egllaydi. Yurishlari tarixidagi eng yirik yurishlaridan biri boʻlmish Hindiston safariga otlandi. U yerda tarqoq hind rojalariga qarshi kurashadi. Hindistondagi Karut, Eryob, Badnayr, Dehli, Mirt qalʻalarini egallagani, baʻzilari esa oʻz xohishlari bilan taslim boʻlganligini yozadi. Shu bilan birga u yerdagi gabrlar qabilasiga qarshi kurashganligi bayoni zikr etilgan. Hindistonda ikki yil yurishlarni amalga oshirgach Samarqandga qaytib keladi va Iroq va Ozarbayjon tomonlarga yurish amalga oshiradi. Bu orada Yaqin Sharqdagi koʻplab shahar va qalalarni egallaydi. Bu yurishlardan keyin Sohibqiron buyuk Usmoniylar hukumdori Boyazid Yildirimga qarshi kurashadi. Uni asirga olgan paytda u kasal boʻladi va Amir Temur oʻzining eng yaxshi tabiblarini uning ixtiyoriga beradi. Bu yurishlardan keyi esa saltanat valiahdi Sulton Mahmud ham vafot etadi. Amir Sohibqiron bu koʻrguliklarga taslim boʻlmasdan oʻz yurishlarini gʻarbga tomon davom ettiradi. Va oxiri u 1404-yil Qorabogʻ mavzesiga kelib tushadi. Nizomiddin Shomiyning ham asar tafsilotlari mana shu yerda oʻz nihoyasiga yetadi. Uning davomini Amir Temur vafotiga qadar Xofizi Abru davom ettirgan.



Download 416,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish