Kurs ishi mavzu: nizomiddin shomiyning “zafarnoma asari markaziy osiyo tarixiga oid muhim manba taqrizchi



Download 416,5 Kb.
bet7/14
Sana16.03.2022
Hajmi416,5 Kb.
#493080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi.Ergashev (2)

1.2. “Zafarnoma” asari va ushbu asar asosida yaratilgan boshqa asarlarning qisqacha tarixi. ”Zafarnoma” asarining Amir Temur haqida yaratilgan boshqa asarlardan farqli jihatlari

Nizomiddin Shomiyning mazkur ”Zafarnoma” asari boshqa asarlarga qaraganda asosiy farqi shundan iboratki, ushbu asar shaxsan Sohibqironnig iltimosiga binoan yozilgan. Yaʻni Sohibqiron Amir Temur shu vaqtgacha yozilgan tarixiy asarlar unga yoqmaganini, oddiy xalq ushbu asarlarni tushunolmasligini aytadi. Shu bilan birga yozilgan ushbu tarixiy asarlar tarixiy haqiqatdan anchagina uzoqlashib ketgani va haddan oshiq mubolagʻa bilan yozilganiligini taʻkidlaydi va bu asarlarda tarixni holis yaratish va keyingi avlodga yetkazishdan uzoqlini ham aytadi. Va Nizomiddin Shomiyni huzuriga chaqirtiradi. Unga hammasini taʻkidlab asar yozishga kirishini amr etadi. Nizomiddn Shomiyning oʻzi ham asar yozishga kirashar ekan uni mubolagʻa va tarixiy haqiqatlardan uzoqlashtirmasdan hamda oddiy xalq uchun tushunarli qilib yozmoqlikka kirishganligini aytadi: ”....kamina bandangizni Nizomiddin Shomiyni huzurlarigiga keltirishni buyurdi. Men palos (etak) oʻpish sharafiga musharraf boʻlganimda (ul hazrat) siylash-u izzatlash marosimlarini bajo keltirib, lutf-u ehsonlar koʻrsatdilar. Shundan keyin tarbiyat va bandaparvarlik yuzasidin oliy ishorat sodir boʻldikim, garchi u zot qilgan ishlarining bu abadiyatga ulangur davlatning boshlanishidan tortib, to hozirgi kungacha boʻlgan tarixini onhazrat uchun yozgan boʻlsalar ham, ammo ular hali munosib tarzda jamlanib, taqdim etilmagan ekan, bu banda (Nizomiddin) ularni yigʻib, ortiqcha soʻzlardan tozalab, bob-bob qilib tartib berishga mashgʻul boʻlgʻaymen, lekin shu shart bilanki, takallufu bezak berish, lof urish ziynatidan oʻzimni tiygaymen uslubi soʻz oroyishiyu iboratorolik sanʻatidan sof va xoli boʻlgʻay14,- deya taʻriflaydi.


Shu bilan birga asarda Amir Temurning ham asarni qanday boʻlishini xohlaganlik zikri keltirilgan. Amir Temur Koʻragon unga qarata: ” shu uslubda yozilgan, tashbih va mubolagʻalar bilan oro berilgan kitoblarda koʻzlangan maqsadlar oʻrtada yoʻqolib ketdai, agar soʻz qoida-qonunidan nasibador boʻlganlardan birontasi maʻnisini fahmlab qolsa qolar, ammo qolgan oʻntasi, balki yuztasi uning mazmunini bilishdan, maqsadga yetishdan ojiz. Shu sababli, uning foydasi barchaga barobar boʻlmaydi15”- degan edi. Va quyidagi misrani keltiradi:
Gar isteʻdod boʻlmasa, hech kim aytolmas,
Xosga maqbulu omma tushungudek soʻzni.
Shundan ham anglab olishimiz mumkin boʻladiki, Amir Temur faqatgina sof va barcha uchun tushunarli tarixni yoritishni xohlagan.
Nizomiddin Shomiy Temurning amrini qabul qilib, ishga kirishadi va oʻzi asarda taʻkidlab oʻtanidek, jiddu jahd kamarini jon beliga bogʻlab, bu abadiy boʻlgʻusi davlatning qaror topganidan to u yashab turgan davrga qadar 806-yil (1404-yil mart) gacha boʻlgan voqealarnni yozib olgan munshiyu tarixchi, kotiblarning asarlarini oʻrganish, ularni boblarga va sanalarga ajratib, mubolagʻa va takalluflardan tozalab, oddiylashtirgan. Tarixchi asarni yozishga kirishar ekan unda ”ikki tilli qalam yordami ila bir yuzli qogʻoza yuz tutdim”16 – deya taʻkidlaydi. Ushbu soʻzlarning asl mazmun mohiyatiga eʻtibor bersak, bu yerda asar muallifi majoziy maʻnoda kitobning ikki yuzlamachiliksiz, rostgoʻylik bilan yozilganligiga ishora qiladi.
Tarixchi olim Nizomiddin Shomiyning ”Zafarnoma” asari tuzilishi jihatidan shu kungacha yaratilgan tarixiy asarlar singari sharq tarixnavislik anʻanalarini oʻzida mujassam etgan. Yaʻni barcha tarixiy asarlar kabi unda ham avvalo muqaddima yaʻni yaratganga hamdu sanolar aytish shakli bilan boshlanadi va barcha oʻtgan paygʻambarlar, ulugʻ zotlar va avliyolar zikr qilinib, barchasiga hamd-u sanolar va rahmatlar aytish bilan boshlanadi. Eng muhim jihati shundan iboratki, u muqaddima qismida oʻzi keltirgan fikrlar va tarixiy voqealarni izohlash uchun qisqa sheʻrlar, nasr, qitʻa va ibratli siyosiy hikoyalar ham keltirib oʻtadi. Bundan biz koʻrishimiz mumkinki, Nizomiddin Shomiy nafqat tarixchi olim balki sheʻriyatda ham mahoratli shaxs boʻlanligini koʻrishimiz mumkin.
Nizomiddin Shomiy mazkur asarning muqaddima qismini juda katta mahorat bilan yozib uni tarixiy maʻlumotlar bilan boyitgan. Biz unda paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) va undan keyingi davrlardagi islom olamidagi mashhur shaxslarning ham bayoni keltirilgan boʻlib, bu maʻlumotlar asarning hamd-u sano qismi boʻlmish muqaddima boʻlimini tashkil etadi.
Biz Nizomiddin Shomiyning ”Zafarnoma” asarini oʻrganib tahlil qilar ekanmiz, uni bevosita shu yoʻnalishda asar yaratgan Sharafuddin Ali Yazdiyning ham shu nomdagi ”Zafarnoma” asari bilan taqqoslasak maqsadga muvofiqroq boʻladi deya tushundim. Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiylarning ”Zafarnoma” asarining muqaddima qismi bir-biridan biroz farq qiladi. Nizomiddin Shomiyning asaridagi muqaddima qismi ancha batafsilroq va keng koʻlamli yozilgan boʻlib, hajm jihatidan ham ancha salmoqli hisoblanadi. Sharafuddin Ali Yazdiyning asarida esa muqaddima qismi juda oz miqdorda yozilgan va faqat Alloh va uning paygʻambari zikri bayon etilgan xalos. Nizomiddin Shomiyning asarida esa Tangri taʻolodan to paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) , Abu Bakr Siddiq (gʻordagi ikki kishinig ikkinchisi u edi), Umar ibn Xattob ( amir al-moʻminin), Usmon ibn Affon (ikki nur egasi), Ali ibn Abu Tolib (Duldul va Zulfiqor), Alining farzandlari Xasan va Xusan (Karbalo shahidlari)17 hamda paygʻambar hazratlarining ikki amakisiga sano va duolar berish tartibi bilan berilgan. Koʻrib turganingizdek ularning har biriga alohida taʻrif va maqtovlar ila asarni yanada ziynatlagandir. Biz bu orqali nafaqat Markaziy Osiyo balki, islom tarixiga oida boʻlgan qimmatli maʻlumotlar bilan tanishishimiz mumkin boʻladi.
Nizomiddin Shomiyning asaridan farqli oʻlaroq, Sharafiddun Ali Yazdiyning asarida bunday keng taʻriflashlar keltirilmagandir. Shuni ham aytish kerakki, Yazdiyning asarida voqealar toʻgʻridan-toʻgʻri Amir Temurning tavalludi va Tugʻluq Temurning mamlakatga hujumidan boshlanib ketgan.
Nizomiddin Shomiyning asarida esa hamd va sano qismidan soʻng ammo baʻd soʻzlari bilan Mohavounnahrda boʻlayotgan vaziyatlarga qisqacha toʻxatalar ekan, ulugʻ podshoh Chingizxongacha boʻlgan davrlarni va uning davlat tepasiga kelishigacha boʻlgan voqealarni bayon qilmaydi va uni quyidagicha ifodalaydi: ”ammo ulugʻ podshoh Chingizxonning qissasi tarix kitoblarida turli iboralar bilan zikr etilganligi sababli ularni takroran bayon qilishga ehtiyoj yoʻq deb bildim”18- deya izohlaydi.
Biz hozir siz bilan Nizomiddin Shomiyning ”Zafarnoma” asarining yozilish tarixi va uning boshlanish qismining tarkibi va tuzilishi hamda yozilish uslubi bilan tanishdik. Hamda Sharafuddin Ali Zaydiyning ”Zafarnoma” asari bilan baʻzi farqli jihatlari haqida soʻz yuritdik. Yana bir bor taʻkidlab oʻtish joizdirki, Nizomiddin Shomiygacha boʻlgan temuriylar va oʻrta asrlardagi Markaziy Osiyo hududidagi boʻlgan hodisalar tafsiloti aqidagi barcha asarlarda tarixiy haqiqatdan qochish yuqori va koʻp boʻlgan. Shomiy ”Zafarnoma” sining eng katta farqli jihati ham shundan iboratki, ushbu asarda holislik va soddalik, takallufsizlikka alohida eʻtibor berilgan.
Shu bilan bir qatorda tarixchi olim Nizomiddin Shomiyning mazkur asari oʻzidan keyingi davrlarda yaratilgan barcha tarixiy asarlar uchun ishonchli manba boʻlib xizmat qilgan. Undan keyingi yaratilgan barcha tarixiy asarlar muallifilari bevosita Nizomiddin Shomiyga koʻproq murojaat qilishgan. Va bu asar ularning tarixni toʻgʻri va mukammal yaratishda tub zamin asosi boʻlib xizmat qilgan.19
Yuqorida taʻkidlaganimizdek, Shomiy ”Zafarnoma”si XV-XVI asrlardan boshlab boshqa asrlar yaratilishida ular uchun muhim manba boʻlib xizmat qildi. Shulardan eng birinchisi Sharafiddun Ali Yazdiyning ”Zafarnoma” asaridir. Nizomiddin Shomiy 1404-yilning yozida asarni yozib Amir Temurga taqdim etadi va vataniga qaytishga ruxsat oladi. Birinchi boʻlib Nizomiddin Shomiy ushbu asarni ”Zafarnoma” deb ataydi. Unda hijriy 806-yilning oxirigacha yaʻni milodiy 1404-yilning yozigacha boʻlgan voqealar bayon etilgan. Amir Temurning qolgan qarib sakkiz oyga taaluqli voqealar va vafotidan keyingi davrlardagi hodisalar unga kirmagan. Va undan keyingi voqealar Sharafiddun Ali Yazdiyning ”Zafarnoma” asarida keltirilgan20. Bu ham ushbu ikki asarning farqli jihati hisoblanadi. Ammo Ali Yazdiy ham oʻz asarida ham bevosita Nizomiddin Shomiy asaridagi maʻlumotlardan istefoda etgan.
Shular jumlasiga kiruvchi keyingi asarimiz bu Abdurazzoq Samarqandiyning ”Matlaʻi saʻdain va majmua ul-bahrayin” (”Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qoʻshilish joyi”) nomli asaridir. Ushbu asar ham temuriylar davriga oid muhim manbalardan biri hisoblanadi. Unda Amir temur vafotidan to Husayn Boyqaro hukumronligi boshlarigacha boʻlgan davrdagi (1405-1470) temuriylar davlati hududi, ayniqsa Xuroson va Movarounnahrda roʻy bergan asosiy tarixiy voqealar solnoma tarzida yilma-yil bayon qilingan. Ushbu asarda Abdurazzoq Samarqandiy Amir Temurning vafoti va Shohruh Mirzoning taxtga chiqishi voqealarini as ettirgan va bevosita Shohruh Mirzoning hayoti va ijodiga katta oʻrin bergan. Shu jihatlarni yoritishda u Nizomiddin Shomiyning ”Zafarnoma” asaridan koʻplab foydalangan deyishimiz mumkin. Chunki ushbu asarning koʻpgina qismlarida Shohruh Mirzoning fikri keltirilgan. Xususan ushbu kitobning ”Amir Sohibqironning Movarounnahrdan Mozandaron, iroq va Fors tomonlarga yurishi bayonida”21 va ”Amir Sohibqironning Mozandaronda qishlab qolgani, u joydan Iroq va Sheroz tomon yurishi bayonida”22 qismlarida qisqacha boʻlsa ham Shohruh Mirzo haqida maʻlumotlar keltirilgan. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarida ushbu qismlardan foydalangan deyishimiz mumkin.
Keyingi asar Fasix Xavofiyning ”Mujmali Fasixiy” asaridir. Ushbu asarning ham yaratilishida Nizomiddin Shomiyning ”Zafarnoma” asari birinchi darajali manba boʻlib xizmat qilgan. Ushbu asar muallifi Xavofiy temuriylar saroyida xizmat qilgan 1375- 1443-yillarda yashagan. Avval temuriy hukumdor Xalil Sulton saroyida xizmat qilgan va xizmat yuzasidan 1415-yilda Shohruh saroyiga yuboriladi. Asarda 622-yildan to 1442-yilgacha musulmon olamida sodir boʻlgan voqealar sharhi bayon etiladi. Ushbu asarning oxirgi bobi Hirot shahriga bagʻishlangan boʻlib, uni tarixini yoritishda ”Zafarnoma” asari katta ahamiyatga egadir.
Navbatdagi keltirmoqchi boʻlgan asarimizda ham Nizomiddin Shomiyning ”Zafarnoma” asri muhim manba boʻlib xizmat qilganligi turgan gap. Ushbu asar tarixchi olim Mirxondning qalamiga mansub boʻlib ”Ravzat us-safo” asaridir. ”Ravzat us-safo” asarini yaratishda Mirxond qirqta muallif , yaʻni arab tilida ijod qilgan oʻn sakkizta arab va fors tilida ijoda qilgan yigirma ikkita olimning asarlariga murojaaat qilgan. Ushbu asarlarning orasida albatta Nizomiddin Shomiyning ”Zafarnoma” asari eng birinchi darajali manbalar qatorida turadi.
Endigi taʻrif etadigan asarimiz bu Xondamirning ”Habib us-siyat” asaridir. Xondamir Alisher Navoiy eʻtiboriga tushgan va uning kutubxonasida xizmat qilar edi. Navoiy uning iqtisodini koʻrib, unga mehr qoʻyadi va barcha ishlarida moliyaviy yordam koʻrsatadi. Xondamir oʻzining ”Habib us-siyar” asarini yozishda koʻplab olimlarning asarlariga murojaat qilgan va ularni tadqiq etgan.23 Ushbu asarlar orasida Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiylarning ”Zafarnoma” asarlari ham muhim oʻrin egallagan. Shu oʻrinda arab tarixchisi Ibn Arabshohning ”Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur”, hamda ispan sayyohi Rui Gonsales de-Klavixoning safarlar xotiralarini ham kiritish mumkin. Ammo bu asarlar rasmiy shaklda emas, balki, xotira , esdalik, sayohat shaklida yozilgandir. Ammo ushbu asarlar yaratilishida ham undan olgingi asarlar muhim ahamiyat egallagan.

Download 416,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish