Kurs ishi mavzu: nizomiddin shomiyning “zafarnoma asari markaziy osiyo tarixiga oid muhim manba taqrizchi



Download 416,5 Kb.
bet6/14
Sana16.03.2022
Hajmi416,5 Kb.
#493080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi.Ergashev (2)

Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, toʻrtta paragraf, xulosa, mavzuga doir ilovalar hamda foydalanilgan manba va adabiyotlar roʻyxatidan iborat.

I BOB. NIZOMIDDIN SHOMIYNING “ZAFARNOMA” ASARI MARKAZIY OSIYO TARIXINI OʻRGANISHDAGI BEQIYOS AHAMIYATI VA ASAR TAHLILI


1.1. Tarixchi olim Nizomiddin Shomiy shaxsiga taʻrif. Hayoti va faoliyati haqida tarixiy kitoblarda keltirilgan maʻlumotlar mazmuni

Markaziy Osiyo, ayniqsa, Movarounnahr va Xuroson xalqlari tarixida XIV-XV asrlar ulugʻ sarkarda, davlat arbobi Amir Temur va uning avlodi – Temuriylar sulolasi hukumronligi bilan bogʻliq katta siyosiy oʻzgarishlar va ayni bir vaqtda iqtisodiy va madaniy, fanniy va maʻnaviy – jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor rivojlanishlar davri boʻldi. Shuning uchun ham bu davrni dunyo ilmiy tadqiqotlarida Markaziy Osiyo tarixidagi buyuk yuksalish davri deb ham baholanib kelmoqda.


Hozirgi kunlarda bu tadqiqotlar uchun manba xizmatini oʻtab kelayotgan tarixiy asarlarni yaratish ham oʻsha vaqtlardayoq keng rivoj topib, XV asrda va undan keyin ham taniqli muarrixlar tomonidan davom ettirildi. Bu asarlarda sohibqirob Amir Temurning Movarounnahrda markazlashtirilgan davlatni barpo etish uchun olib borgan kurashlari, harbiy yurishlari, davlatchilik siyosati hamda xalqaro diplomatik va savdo aloqalarini mustahkamlashga, dehqonchilik va hunarmandchilikni, madaniy qurilishlarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlari qalamga olingan. 1
Ayni shunday yozma yodgorliklarning eng dastlabkilaridan biri Amir Temurning bevosita topshirigʻi bilan mohir adib va tarixnavis Nizomiddin shomiy tomonidan yozilgan “Zafarnoma” nomli asardir.
Asar muallifi Nizomiddin Shomiyning hayoti va ijodi haqida oʻrta asrlar va hozirgi zamon adabiyotida ham maʻlumotlar juda oz. Tugʻilgan yili nomaʻlum. Uning kelib chiqish joyiga nisbat berilib, Shomiy yoki Shanbiy (Shanbi Gʻozoniy) nisbati bilan ham atalishiga qaraganda u aslida Tabriz chekkasidagi Shanbi Gʻozon deb atalgan mavzedan boʻlgan deb taxmin qilish mumkin.
Muallifning bu haqida “Zafarnoma” da keltirilgan maʻlumotlarni uning Amir Temur bilan uchrashuvlari va asarning yozilish tarixi haqidagi ayrim qisqa-qisqa lavhalardan iborat, xolos. Jumladan, mavlono Nizomiddin 1393-yil avgust oyida Amir Temur askarlari Bagʻdod shahrini zabt etganliklari haqidagi voqealarni qalamga olar ekan, uning oʻzi birinchi boʻlib shahardan chiqqanligi, hazrat Sohibqiron bilan uchrashib, suhbatda boʻlganligini eslatib oʻtadi (“Zafarnoma”, Tauer nashri, 1-jild, 139-bet).2 Demak, u mazkur 1393-yili Bagʻdodda yashagan va uning Amir Temur bilan birinchi uchrashuvi ana shu yilda sodir boʻlgan.
Nizomiddin Shomiyning Sohibqiron Amir Temur bilan ikkinchi uchrashuvi esa “Zafarnoma” ning 1400-yil voqealari bayon etilgan varaqlarda uchraydi. Bu yili oktabr oyida Amir Temur Shom (Suriya) tegrasida joylashgan Halab shahrini qamal qilgan. Muallifning yozishicha, u oʻsha vaqtda Hijoz tomon safarga ketyotganida muhofazachilari shubhalanib, uni toʻxtatganlar va qalʻa roʻbaroʻsidagi bir binoga qamab qoʻyganlar. Bu yerda u qalʻaning zabt etilishini oʻz koʻzi bilan koʻrgan.3 Shu davr muarrixlaridan boʻlgan Hofizi Abruning yozishicha, Shomiyni Amir Temur huzuriga olib kelgan, hazrat Sohibqiron unga iltifotlar koʻrsatib, yaxshi qabul qilgan.4
Nizimoddin Shomiy hayotining soʻnggi yillari qanday kechganligi ham maʻlum emas. Bu haqida faqat taxminlar asosidagina xulosa chiqarish mumkin. Jumladan, Hofizi Abruning 1412-yil voqealarini bayon etar ekan, Nizomiddin Shomiyni marhum sifatida tilga oladi.5 Yana shu kabi qiyosiy maʻlumot: agar eronlik manbashunos olim Muhammad Taqiy Donishpajuhning taxminiy soʻzlarini eʻtiborga olsak, tarixchi Nizomiddin Shomiy va 1400- yilda Halab shahrida yozilgan Muhammad paygʻambar va oʻn ikki imom tarjimai holiga bagʻishlangan bir asar muallifi Nizom al-Voiz deb tanilgan Ali ibn Muhammad ikkalasi bir boʻlib chiqadi. U holda mazkur asarning 812 (1409)- yilda koʻchirilgan nusxasida qayd etilishicha, Nizom al-Voiz demakki Nizomiddin Shomiy boʻlishi mumkin. Va u paytda u hayot boʻlmagan. 6
Zafarnoma asarining yozilish tarixiga kelsak, shuni taʻkidlash lozimki, mavlono Nizomiddin Shomiy oʻzi yozib qoldirgan 804-hijriy yili (milodiy 1401-yil 11-avgustdan 1402-yil 1-avgust oraligʻi) Amir Temur uni huzuriga chorlab oʻz yurishlari bitilgan yirik bir asar yaratishga undaydi. Sohibqiron oʻsha davrdga qadar munshiy va kotiblari tarafidan yaratilgan uni qoniqtirmaganligini aytadi. Kelajakda yoziladigan asar xalq uchun tushunarli, sodda, ravon tilda va ayni paytda maʻrifatli kishilar eʻtiboriga ham loyiq tarzda yozlilishi lozimligi tushuntirilgan edi. Tarixchi mavlono Nizomiddin Shomiy asani uning koʻnglidagidek uslubda yozishni oʻz zimmasiga olgan. 7 Bu oʻrinda shuni alohida aytib oʻtish kerakki, Amir Temur bunday maʻsuliyatli ishni ulkan ishonch bilan Shomiyga topshirishi mavlono Nizomiddin oʻz davrining bilimdor fuzalolaridan biri boʻlganligini koʻrsatadi.
Tabiiyki, bu uchrashuvdan soʻng Nizomiddin Shomiy saroy tarixchisi sifatida Amir Temurning keyingi barcha yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Bunga dalil “Zafarnoma” ning oʻzida uchraydi: 806-yil muharram oyida (1403-yil, iyul-avgust) Gurjistondagi Birtis qalʻasi zabt etilishini yozar ekan, Nizomiddin Shomiy bu voqeani oʻzi kuzatganligini aytadi. 8 yana bir dalil shuki, Shomiy yurishlaridan birida Iydi Ramazon munosabati bilan yigʻilgan jamoaga vaʻz aytib, soʻng peshnamozlikni ado etgan. Bu voqeani mashhur tarixnavis Sharafuddin Ali Yazdiy shunday taʻriflagan “Shu yili Ramazon Iydi (806-yil, 1-shavvol- 1404-yil, 12-aprel) hazrat Sohibqiron Obi Ogʻliq yoqasida kutdi. Zamonaning balogʻatli fuzalolaridan boʻlgan va hazrat Sohibqironning ezguliklari va faxrli ishlaridan bir qanchasini bayon qalami bilan ifodalagan mavlono Nizomiddin Shomiy (Shanbiy) Iyd xutbasining qiroatiga va namoziga kirishdi” 9.
Taxminan shu vaqtda yoxud bir nacha hafta keyin mavlono Nizomiddin Shomiy Sohibqiron yurishlarini 1404-yil bahorigacha yetkazib, asarni tamomlagan va uni Ozarbayjonda Samarqandga qaytish taraddudida boʻlgan Amir Temurga taqdim etgan. Bundan keyin Amir Temur vafotigacha (1405-yil 18-fevral) kechgan voqealar keyinroq muarrix Hofizi Abru tomonidan “Zafarnoma”ga “Zayl” – “Ilova” shaklida yozilgan.
Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” asarini yozish uchun qanday manbalardan foydalangan? Afsuski, bu borada na muallifning oʻzi asarida biror maʻlumot keltirgan va zamondoshlari asarlarida bu haqida yozilgan. Lekin, “Zafarnoma” asarining tadqiq etilish natijasida Shomiy quyidagi manbalardan foydalanganligini taxmin qilish mumkin.

  • Amir Temurning munshiylari va kotiblari nazm hamda nasrda forsiy va turkiy tillarda yozgan kundaliklar va bitiklar. Bunday manbalar bizning kunimizgacha yetib kelgan;

  • Muallifning oʻzi 1400-1404- yillar davomida Amir temur yurishlarida shohidi boʻlgan va yozib olgan voqealar tafsilotlari.

  • Amir Temurning Hindistonga yurishi bilan bogʻliq voqealar kundalik tarzida bayon etilgan Gʻiyosiddin Alining “Roʻznomayi gʻazavoti Hindiston” asari.

Shuni ham eslatib oʻtmoqlik joizki, XV asr mualliflari Fasih Xavofiy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Xondamir va boshqalarning asarlarida Sohibqiron hayotligidayoq Shomiydan boshqa mualliflar tomonidan ham Amir Temurga bagʻishlab bir necha tarixiy va adabiy asarlar yaratilganligi qayd etilgan. Masalan, kermonlik adib Shayx Mahmud Zangiyi Ajam doston shaklida “Jushu xurush” nomli asar yozgan. U 806 (1403-1404) yili Gurjistonda boʻlgan Amir Temurga dostonni taqdim etmoq uchun kelayotib, koʻprikdan yiqilib halok boʻlgan. Uning oʻgʻli mavlono Qutbiddin otasining asariga “Zayl” (ilova) yozib, Temurga topshirgan10. Xondamirning “Habib us-siyar” asarida ham Sayfuddin Xuttaloniy ismli olimning Temurga bagʻishlab turkiy tilda bir asar yozganligini eslatadi va hokazo. Ammo bu va yana boshqa asarlarning bizga yetib kelgan-kelmaganligi hozircha nomaʻlum. Nizomiddin Shomiy esa oʻz davrida ularning mavjud boʻlganligini “Zafarnoma” ning sahifasida ham eslatib oʻtmagan.
Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma”si tarixiy asar sifatida XIV va XV asr boshida Temur va temuriylar hukumronligi davridagi Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda xonligi, Ozarbayjon, Eron Afgʻoniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni oʻz ichiga olgan. Asar muqaddimasida Amir Temur tarix sahnasiga chiqqan 1360-yilga qadar Oʻrta Osiyoda hukumronlik qilgan chingiziy hukumdorlar haqida qisqacha maʻlumotlar berib oʻtilgan. Soʻngra Amir Temurning XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning boshida qilgan yurishlarining batafsil bayoni keltirilgan. Asar 1404-yil mart oyida (806-yil ramazon oyi) Amir Temur Ozarbayjonda Arron Qorabogʻida turganligining bayoni bilan yakunlanib, uning vafoti (1405-yil 18-fevral) gacha, yaʻni bir yilcha vaqt ichida sodir boʻlgan kechmishlar yoritilmay qolgan.
Nizomiddin Shomiy asarida keltirilgan voqealar silsilasi keying tarxinavislar tomonidan davom ettirilgan. Jumladan, temuriylardan Shohruh Mirzo (vafoti 1447-yil) ning tarxchisi Hofizi Abru avvalo, yuqorida aytganimizdek “Zafarnoma”ga “Zayl” (ilova) yozib, uni Temur vafotigacha yetkizgan, soʻng esa, oʻzining “Majmua” (“Toʻplam”) nomi bilan mashhur boʻlgan tarixiy asarini yozar ekan, Shomiyning “Zafarnoma” sidan ham foydalangan va voqealar tizimini Shohruh Mirzo hukumronlik qilib turgan 1420-yilgacha damov ettirgan. Keyinroq 1423-yili Shohruh Mirzoning oʻgʻli Boysungʻur Mirzo (1433-yil vafot etgan) farmoni bilan Hofizi Abru toʻrt jilddan iborat “Majmua ut-tavorixi Sultoniya” (Sultonga bagʻishlangan tarixlar yigʻindisi) deb atalgan asarni yozishga kirishgan va uni 1427-yil voqealarning bayoni bilan tugagan. Asarning toʻrtinchi jildida Amir Temur va temuriy shahzodalar tarixi aks ettirilib, unga Boysungʻur Mirzog bagʻishlanganligini koʻrsatish uchun “Zubdat ut-tavorixi Boysungʻuriy” (“Boysungʻurga atalgan tarixlar sarasi”) deb nom berilgan. 11
Amir Temur va temuriy shahzodalar davrshsh oʻrganishda muhim hisoblangan yana bir tarixiy asar haqida toʻxtalib oʻtish lozim. Bu temuriy Umarshayxning oʻgʻli Iskandar Mirzo - Fors va Isfahon hukmdori, u 1415-yili qatl etilgan. Uning nomiga bagʻishlangan, 816 (1413—1414) yilda yozib tugatilgan, V. V. Bartold dastlab muallifi va nomini aniqlay olmagani uchun shartli ravishda “Anonimi Iskandera” deb nomlagan tarixiy asardir. V, V. Bartold keyinroq Davlatshoh Samarqandiyning tazkirasidan asar muallifining ismi Muʼiniddin Natanziy ekapligini, asarning “Muntahab ut-tavorixi Muʻiniddin” deb nomlangan bir qoʻlyozma nusxasi Parij milliy kutubxonasida saqlanayotganligini aytilgan. Baʼzan bu asarning manbalaridan biri sifatida Shomiyning “Zafarnoma”si koʻrsatiladi. Lekin, V. V. Bartold temuriylarga oid yozma yodgorliklarni puxta oʻrganish natijasida bunday fikrni notoʻgʻri deb topgan va Natanziy oʻz asariii yozishda turkiy tilli uygʻur yozuvida mavjud boʻlgan bitiklarga suyangan boʻlsa kerak, deb taxmin qilgan. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari oʻzida jamlangai tarixiy maʼlumotlarning ishonchliligi bilan XV—XVI asrlardanoq boshqa asarlar uchun bosh manbalardan biri boʻlib xizmat qilgai. Sharafiddin Ali Yazdiy 1454-yili vafot etgan. Uning 1419 - 1425-yillarda yozilgan. “Zafarnoma”, Abdurazzoq Samarqandiy, u 1413—1482-yillarda yashagan. Uning “Matlaʼi saʼdayn va majma ul-baxrayn” “Ikki saodatli yulduzning chiqish va ikki dengizning qoʻshilish joyi”, Fasih Xavofiy taxminan 1442-yili vafot etgan ning “Mujmali Fasixiy” asari, Muhammad Fazlullox Musaviy XV asrda yozilgan “Tarixi xayrot”, Xotifiyning XV asrda yozilgan ning nazmda bitilgan “Temurnoma” asari, Mirxond 1433—1498-yillarda yashagan. Uning “Ravzat us-safo” “Poklik bogʻi”, Xondamir 1475—1535-yillarda yashagan. Uningning “Habib us-siyar” va boshqa bir qator asarlar shular jumlasidandir. Ularning har birida ilgarigi asarlardagi voqealar har xil taxrirlarda qaytarilishi bilan birga boshqalarida uchramaydigan voqealar tafsiloti ham mavjud.12
Sohibkiron Amir Temur davlatining XIV asr oxirgi choragi va XV asr boshlaridagi sharxiga doir asarlar sirasiga Ibi Arabshohning “Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur”, ispan sayyohi Rui Gonzales de-Klavixoning safar xotiralariii ham kiritish mumkin. Lekin ular xotiralar, safar taassurotlari sifatida rasmiy sol-nomalardan uslub va mazmun jihatidan farq qiladi va tarixiy manbalar orasida oʻziga xos oʻringa ega.
Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” sining faqat ikki qoʻlyozma nusxasigina saqlanib qolgan. Birinchisi, Amir Temurga taqdim etilgan qoʻlyozmaning 1425-yilda koʻchirilgan nusxasi boʻlib, u Istanbuldagi “Nuri Usmoniya” masjidi kutubxonasida 3367 inventar raqamida saqlanmoqda, ikkinchisi, muallif tomonidan Amir Temurning nabirasi Mirzo Umar baxrdir ibn Mironshoh (vafoti 1409-yil) ga taqdim etilgan qoʻlyozmadan 1434 yil koʻchirilgan nusxa boʻlib, u Londondagi Britaniya muzeyi kutubxoiasida 23980 inventar raqami bilan saqlanib kelmoqda.13



Download 416,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish