Mavzuning oʻrganilganlik darajasi. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari Markaziy Osiyo tarixi boʻyicha muhim manba mavzusining oʻrganilishiga bagʻishlangan barcha ilmiy adabiyotlar va maqolalarning tarixiy tahlili, uning oʻrganilish vaqti, mazmuni, hududi hamda yondashuv uslubi xarakteri boʻyicha tadqiqotlarni ikki guruhga boʻlishimiz mumkin. Yaʻni Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari boʻcha tadqiqot olib borgan chet ellik xorijiy tadqiqotlar va mamlakatimizda oʻzbek olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar kabi turlarga boʻlib talqin etishimiz va oʻranishimiz mumkin: Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari boʻyicha olib borilgan chet el tadqiqotlari haqida muhokama qilamiz:
Taniqli manbashunos olim Feliks Tauer mazkur qoʻlyozmalarda ayrim noqisliklar boʻlganligi sababli, ularni Hofizi Abruning “Zubdat ut-tavorix” asari bilan solishshirib tadqiq etish asosida “Zafarnoma” ning ikki jilddan iborat ilmiy-tanqidiy maqolasi nashr etilgan (1937-yil, Praga va 1956-yil, Praga). Birinchi jildiga faqat "Zafarnomaʻning matni kiritilgan. Ikkinchi jildda esa tarxchining soʻzboshisi, Hofizi Abrudan qoʻshimchalari va nusxalardagi farqlar berilgan. Asar keyingi vaqtlarda Sharq va Gʻarb olimlari tomonidan oʻrganilib, qisqartirib tarjimalar qilingan. Jumladan, 1949-yili Anqarada Nejoti Lugʻol ismli olim F.Tauerning nashri asosida asarni qisqartirib, turk tiliga oʻgirgan. Undan tashqari, sharqshunoslikka oid bir necha kitoblarda bu asardan terma tarjimalar eʼlon qilingan.
1969 - 1972 yillar orasida Shomiyning “Zafarnoma” sini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Feliks Tauerning nashri asosida birinchi marta oʻzbek tilida toʻla nashrga tayyorlashga kirishilgan va bu ishni institut katta ilmiy xodimi Yunusxon Hakimjonov (1974-yili vafot etgan) oʻz zimmasiga olgan edi. Biroq, oʻsha yillarda “Temur shaxsiga sigʻinish” masalasining koʻtarilishi bilan Amir Temur davriga doir asarlarni chop etishning iloji boʻlmay qolgan va shu sababli Yu. Hakimjonov tarjimasi dastlabki qoralama shaklida qolib ketgan edi. Keyingi yillarda Respublikamiz mustaqillikka erishishi sharofati bilan qadriyatlarimizni, merosimizni chuqur oʻrganishi, tariximizii haqqoniy yoritish uchun zaruriy yozma manbalarni chop etib, ommalashtirish borasida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida amalga oshirilayotgan ishlar qatorida Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy manbalarini ham oʻzbek tilida nashrga tayyorlashga katta eʼtibor berilmoqda. Ulardan biri - Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari boʻlib, nashrga Yu. Hakimjonovning tarjimasi asos qilib olindi. Tarjima, yuqorida aytganimizdek, dastlabki holida, oʻz vaqtida izohlar, koʻrsatkichlar, lugʻatlar tuzilmay qolib ketganligi uchun, bu ishlar keyingi ikki-uch yil ichida baholi qudrat bajarildi, “Zafarnoma”ga Hofizi Abru tomonidan yozilgan “Ilova” ham O. Boʻriyev tarjimasida izohlari bilan kiritildi. Izohlar va lugʻatlar H. Karomatov tomonidan tuzilgan jugʻrofiy nomlar izohi - O. Boʻriyev tomonidan amalga oshirilgan. Koʻrsatkichlarni tuzishda A. Urinboyevga Yunusxon domlaning oʻgʻillari Asadali Hakimjonovning ishlari asos qilib olindi.
Mustaqillik davrida mualliflar jamoasi tomonidan hamkorlikda olib borilgan koʻplab yirik tadqiqotlar natijasi boʻlmish asarlar majmuasi, yirik fundamental monografiyalar, oʻquv qoʻllanmalari va darsliklar chop etilgan boʻlib, ularda Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarida Amir Temur saltanati va temuriylar davrida ijtimoiy- iqtisodiy hayot, siyosiy jarayonlar va ularning tarixiy tahlillari, Amir Temurning saltanat tuzishdagi olib borgan mashaqqatlari masalalariga katta eʻtibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |