Erkin Vohidovning «Ustoz qabrida» sheʼrining badiiy tahlili
Sheʼrning tarixiy-biografik kontekstdagi tahlili.
Sheʼrning milliy adabiy-madaniy kontekstdagi tahlili.
Sheʼrning tematik xususiyatlari
Sheʼrning tashqi kompozitsiyasi (grafik shakllantirilishi).
Sheʼrning tematik kompozitsiyasi.
Janr xususiyatlari.
Til xususiyatlari. Badiiy tasvir va ifoda vositalari.
Sheʼrning ritmik-intonatsion qurilishi.
Sheʼr matni
Hamza xotirasiga
Tong otar. Lolarang ufqda koʻzim,
Sukut ogʻushida tin olar quyosh.
Mayin shuʼlalarda titrab turar jim
Zuhro kiprigida ikki tomchi yosh.
Koʻkda qanot qoqmay tinch uchar burgut,
Yellar tinch, jilgʻalar chiqarmas ovoz.
Borliq qabring uzra saqlaydi sukut
Bir quchoq gul qoʻyib boshingga, ustoz.
Ufqlar qoʻynida alanga boʻlib,
Zulmat dunyosiga oʻt qoʻydi qoning.
Tabarruk qoningdan chechaklar unib
Chamanga burkandi Shohimardoning…
Nurga qoʻl chozadi yuksak chinorlar,
Alvon shuʼlalarga burkangan har yoq.
Shu tong nurlarida shafaqday porlab
Maktab peshtoqida xilpirar bayroq.
1958
Sheʼrning tarixiy-biografik kontekstdagi tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |