Kurs ishi mavzu: nizomiddin shomiyning “zafarnoma asari markaziy osiyo tarixiga oid muhim manba taqrizchi


Xulosa. Yuqorida asarni oʻqish natijasidan olingan bilimlar va keltirilgan maʻlumotlar asosida quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin: Birinchidan



Download 416,5 Kb.
bet12/14
Sana16.03.2022
Hajmi416,5 Kb.
#493080
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi.Ergashev (2)

Xulosa. Yuqorida asarni oʻqish natijasidan olingan bilimlar va keltirilgan maʻlumotlar asosida quyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:
Birinchidan. Nizomiddin Shomiyning Zafarnoma asari XV- XVI asrlar Markaziy Osiyo tarixga oida eng muhim manba hisoblanadi. Ushbu asarda Amir Temur faoliyati toʻlaqonli yoritib berilgan. Ushbu asarda Sohibqironning siyosiy maydonga chiqish voqealar tarixi, harbiy yurishlar bayoni mufassal bayon etilgan.
Ikkinchidan. Tarixchi Nizomiddin Shomiyning ushbu asarida tarixni oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadigan yana bir narsa – haqqoniylik va ortiqcha boʻyoqlarsiz aks etgan. Bu esa tarixni oʻrganuvchi odamga juda kerakli narsa boʻlib, unda oʻquvchi voqealarni oson tushunadi.
Uchinchidan. Mazkur asarda nafaqat Amir Temurning nafaqat siyosiy jarayonlarda ishtiroki balki, uning mamlakat farovonligi yoʻlida olib borgan bunyodkorlik ishlari haqida ham toʻlaqonli maʻlumotlar berilgan. Shu orqali biz ushbu qismlardan Amir Temurning faqatgina janglar olib borgan sarkarda emas, buyuk bunyodkor shaxs ekanligini ham oʻrganib olamiz.


Xulosa

Jahon hamda Markaziy Osiyoning oʻrta asrlar tarixida muhim oʻrin tutgan hukmdor, davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur va temuriylar tarixiga oid juda koʻplab asarlar, tarixiy kitoblar yaratilgandir. Bu nafaqat movarounnahrlik olim va tarixchilar balki, yevropalik olimlar tomonidan koʻplab tarixiy va ilmiy asarlar yaratilgandir. Biz esa sizlar bilan bevosita Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari haqida gaplashdik. Undagi voqealar rivoji, Amir Temurning harbiy yurishlari va boshqa muhim maʻlumotlarni tahlil qildik. Undagi voqealar rivoji qanchalik haqqoniy va tarixiy ketma-ketlikka asoslangan holda yozilganligining guvohi boʻldik. Ushbu asar biz va bizdan keying avlodlar uchun Amir Temur va temuriylar tarixini hamda XIV-XV asrlar tarixini oʻranishda muhim manba boʻlib, xizmat qilishi mumkin. Bu asar nafarqat biz uchun balki oʻsha davrning ham oʻzida tarixchi olimlar uchun temuriylar tarixini bayon etish uchun muhim manba boʻlib xizmat qilgan. Ushbu asarning shu jihati muhimki, unda ortiqcha bezaklarsiz, lof urishsizlarsiz, har qanday toifadagi odam uchun, hatto oddiy xalq uchun ham tushunarli qilib yozilgan. Eʻtibor berishimiz kerak boʻlgan yana bir muhim tarafi shundan iboratki, ushbu asarda barcha voqealar tadrijiy ketma-ketlikda berilgan. Har bir yurishlarning tarixiy sabablari, ularni amalga oshirish uchun xizmat qilgan dalillarni yaqqol koʻrsatadi. Shu bilan birga asardagi har bir voqea va tadbirlar, janglarni badiiyligini yanada oshirish uchun bayt va sheʻrlardan foydalangan. masalan, birgina Amir Temurning vafoti ham yuksak sheʻriy shaklda bayon etilgan (Xofizi Abru “Zafarnoma” “Ilova” sida). Ushbu asarning yana bir muhim jihati shundan iboratki, Nizomiddin Shomiy bevosita oʻzi guvoh boʻlgan voqealar bayonini zikr etadi. Bu esa asarning qadrini yanada oshiradi. Negaki, oʻzi koʻrmagan va ishtirok etmagan voqealarning bayonini yozgan tarixchining asaridan, bevosita voqealarning guvohi boʻlgan tarixchining asari har doim ustun turadi. Chunki, tarixchi oʻzi koʻrmagan voqealarni bayon etishda turli xil yanglish va chalkshaliklarga yoʻl qoʻyishi ehtimoli bor. Bevosita voqealarda ishtirok etgan etgan tarixchi esa bunday ehtimoldan uzoqroq boʻladi. Oʻzi aslini olgandan bunday tarixiy asarlar, manbalar mamlakatimiz tarixini yoritishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ularni oʻqish, tarjima qilish hamda keng omma eʻtiboriga taqdim qilish bu albatta manbashunos olimlarning vazifasi hisoblanadi. Bizning bugungi diqqatimiz markazida boʻlgan Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari ham mana shunday manbashunos olimlar tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, bugungi kungacha yetib kelgan. Bu asar ham oʻz davrida bir necha marta xattot olimlar tomonidan koʻchirilib, koʻpaytirilgan.


Yurtimiz Oʻzbekiston ham oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgach, oʻzining tarixini va tarixiy shaxslari nomini tiklashga va oqlashga bel bogʻlab ishga kirishdi. Bu ishlarni amalga oshirishda shaxsan davlatimizning oʻzi bosh-qosh boʻldi. Turli xil tarixiy manba va kitoblar yurtimizga keltirilishi amalga oshirildi. Ularning tarixi sinchiklab, ushbu manbalar asosida qayta yozildi, baʻzi joylariga tuzatish va qoʻshichalar kiritildi. Ayniqsa milliy davlatchiligiz tarixida muhim oʻrniga ega boʻlgan Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrini oʻrganishga alohida eʻtibor berildi. Ushbu davrga oid turli kitoblar nashr etildi. Muhim tarixiy manbalar tarjima qilindi. Hatto, 1996-yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Unga atab yurtimizning yirik shaharlarida haykallar qad koʻtardi. Uning nomiga bagʻishlab, koʻchalar, xiyobonlar nomlari berildi. Bu ham Amir Temur nomini mamlakatimizda abadiylashtirishga xizmat qiladi. Ular davriga oid tarixiy obidalar qayt tiklandi va taʻmirlandi. Temuriylar davri haqida hikoya qiluvchi, ushbu davrni tasavvur etishga yordam beruvchi Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi.
Nizomiddin Shomiyning ham asari qoʻlyozma nusxasi (faksimel) Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik qoʻlyozmalar institutida saqlanmoqda. 1969 - 1972 yillar orasida Shomiyning “Zafarnoma” sini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Feliks Tauerning nashri asosida birinchi marta oʻzbek tilida toʻla nashrga tayyorlashga kirishilgan va bu ishni institut katta ilmiy xodimi Yunusxon Hakimjonov (1974-yili vafot etgan) oʻz zimmasiga olgan edi. Biroq, oʻsha yillarda “Temur shaxsiga sigʻinish” masalasining koʻtarilishi bilan Amir Temur davriga doir asarlarni chop etishning iloji boʻlmay qolgan va shu sababli Yu. Hakimjonov tarjimasi dastlabki qoralama shaklida qolib ketgan edi. Keyingi yillarda Respublikamiz mustaqillikka erishishi sharofati bilan qadriyatlarimizni, merosimizni chuqur oʻrganishi, tariximizii haqqoniy yoritish uchun zaruriy yozma manbalarni chop etib, ommalashtirish borasida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida amalga oshirilayotgan ishlar qatorida Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy manbalarini ham oʻzbek tilida nashrga tayyorlashga katta eʼtibor berilmoqda.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan qauyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:

Download 416,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish