Kurs ishi mavzu: nizomiddin shomiyning “zafarnoma asari markaziy osiyo tarixiga oid muhim manba taqrizchi



Download 416,5 Kb.
bet11/14
Sana16.03.2022
Hajmi416,5 Kb.
#493080
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi.Ergashev (2)

Ajab baland binodirki, behisht gʻurfalari
Uning balandligini koʻrib, oʻz qisqaligin tan olar.42
Ushbu jumlalardan ushbu masjidning naqadar muhtasham va ulugʻvor ekanligini bilish mumkin. Afsuski, hozirgi kunda ushbu masjid saqlanib qolmagan.
Yana bir bunyodkorlik ishini mazmuni haqida soʻz yuritar ekanmiz, mazkur asarning bir yuz oʻn oltinchi bobida “Baylaqon43 shahrining bino qilinishi va unda handaq qazilganligi bayonida” deb nomlangan qismida biz Amir Temurning nafaqat Movarounnahrda balki, Eron hududlarida ham bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganiligiga guvoh boʻlamiz. Amir Temur tomonidan Baylaqon yerida bir mavzeda katta bir shahar bino qilishga oily ishorat berildi. Amir Temur ushbu shahar tarxini oʻzi chizdi va quyidagicha dedi: u keng bir devor, chuqur bir handaq, toʻrt burchak shaklida bozor, koʻp uy-joylar, hammomlar, saroy, maydon va chamanzorlardan iborat, shahar devorining aylanasi sharʻiy gazda ikki ming toʻrt yuz gaz, devor kenligi oʻn bir gaz, devorning balandligi kungralari teppasigacha oʻn besh gazga yaqin, handaqning balandligi qirq gaz, chuqurligi qariyb yigirma gaz, shahar devoir boʻylab soqchilar va posponlar uchun uylar belgilansin”44 – deya amr qiladi. Ushbu shahar bir oy ichida qurilib, oʻsha davr odamlari tillarida doston boʻladi.
Mazkur asarning bir yuz oʻn toʻqqizinchi bobida esa “Baylaqon nahrining qazilishi bayonida” zikr qilinadi. Nizomiddin Shomiy ushbu bobni yoritar ekan obodonlik boislaridan biri, balki oltita zaruratlardan biri – suvdir deya taʻkidlaydi. Sohibqiron Amir Temur ham ushbu qonuniyatga amal qilgan holda farmon sodir etdi. Farmonda quyidagicha deyilgan edi:
“Aras nahri kanorasidan bir ariq chiqarsinlar, u Baylaqondan oʻtsin, shu joyda yashovchi odamlar, ekinzorlar va qishloqlar istemol va istefodasidin ortigʻi Kur nahrigʻa borib qoʻyilsin, uzunligi olti farsax, kengligi taxminan oʻn gaz boʻlsin” 45.
Davlat amirlari bunga ishboshi etib tayinlanadi. Bir yil muddatda bitishi aniq boʻlgan ushbu nahr biro y muddatda bitiriladi. Bu ham Amir Temurning naqadar don ova oqilona ish koʻrishi har sohada yetarli bilim va tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Aslini olganda Amir Temur tomonidan juda ham koʻp bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan, ammo ularning hammasi ham kitoblarda yozib qolinmagan.
Endi soʻzimizni Nizomiddin Shomiyning “Zafarnomai Shohiy” asariga “Zayl” (Ilova) qismi haqida gapirsak menimcha Amir Temur tarixi va Markaziy Osiyo tarixiga oid voqealar mufassal boʻlgay. Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari qanchalik haqqoniy va ishonchli manba boʻlmasin, unda Amir Temur hayoti toʻliq qamrab olinmagan. Nizomiddin Shomiy 1404-yilning yozida asarni yozib Amir Temurga taqdim etadi va vataniga qaytishga ruxsat oladi. Unda hijriy 806-yilning oxirigacha yaʻni milodiy 1404-yilning yozigacha boʻlgan voqealar bayon etilgan. Amir Temurning qolgan qarib sakkiz oyga taaluqli voqealar va vafotidan keyingi davrlardagi hodisalar unga kirmagan. Keyingi voqealar sharhi esa tarixchi Xofizi Abru tomonidan ”Zafarnoma” ga ”Zayl”- ”Ilova” tarzida bitilgan qismida bayon etilgan. Shu nuqatayi nazardan ushbu ilova ham ”Zafarnoma” asarining ajralmas bir boʻlagi hisoblanadi va u orqali Amir Temurning butun bir hayoti qamrab olinadi. Nizomiddin Shomiyning ”Zafarnoma” si 1404-yilning yozida Sohibqiron hazratning Arron Qorabogʻiga borib tushishi, u joyda ayshu ishratga mashgʻul boʻlishi bayonidagi voqealar bilan oʻz nihoyasiga yetadi. Shu joydan Xofizi Abru voqaelarni tadrijiy davom ettirib ketadi. Bu ilova shaklida yozilgan boʻlsa ham, sharq qoʻlyozmachilik qoidalariga amal qilgan holda yozilgan. Yaʻni unda ham muqqadima qismidan boshladi. Oʻz navbatida muqaddima qismida Allohga hamdu sano aytish shaklida boshlangan. Amir Temur Qoraqbogʻdan otlanib ov qilmoqqa yoʻl oladi. Aras suvidan oʻtib, bir necha kun Aras suvi atroflarida ov qilish bilan mashgʻul boʻladi. Oradan bir qancha vaqt oʻtgach Sohibqiron Ozarbayjon va Iroq (Ajam) mamlakatlarini amirzoda Umarshayx Mirzoga tortiq etadi va amir Jahonshoh ibn amir Chokuni unga qoʻshib, oʻsha tomonlarga yuboradi va saltanat surishdagi asosiy eʻtibor berishi kerak boʻlgan narsalar haqida Umarshayxga nasihatlar qiladi. Umarshayx Mirzo esa bu nasihatlarga quloq berib, yoʻlga tushadi. Va yana ortidan munshiy qalami ila bitilgan Sohibqiron hukmi (farmoni) yetib boradi. Unda yuqorida zikr etilgan viloyatlar boshqaruvi Umarshayxga berilganligi abyon etilgan edi. Bu orada asarda Feruzkoʻh va boshqa qalʻalarning egallanishi va Sohibqironning dorussaltana Samarqandga qaytishi bayon etilgan. U Samarqandga kelib katta toʻy- hasham tashkil etadi va koʻplab nevaralariga toʻy marosimlari qilib beradi. Xofizi Abru bu qismda shunday deydi: “voyaga yetgan shahzodalarga ham har qaysisiga oʻziga munosib tagli, tugli yostiqdosh belgilandi”46
Endi esa voqealar Amir Temur umrining soʻnggi damlari Xitoy yurishiga otalanishi va uning vafoti haqidagi voqelar bayoniga koʻchadi. Sohibqiron Amir Temur bir necha chuqur oʻylash va mashvaratlardan soʻng Xitoy yurishiga qaror oladi. Aksiga olib oʻsha yili qish ham juda qattiq keladi. Tarixchining taʻkidlashicha hattoki, ona qornidagi bolaga ham zarar yetishi darajasida sovuq edi. 870- yil (1405-yil 15-yanvar) Amir Temur katta qoʻshin bilan Oʻtrorga kelib tushadi. Amir Temur bunday vaziyatda mulozim va lashkarlariga ichkilikka ruxsat beradi to sovuq barchani xarob qilmasligi uchun. Ammo, tarixchi Xofizi Abruning maʻlumotlariga qaraganda Amir Temur unchalik koʻp may ichmagan. Shu sababli ham birdaniga koʻp ichish uning meʻdasini (oshqozon) xarob qildi deydi. Uning ahvoli kundan-kun ogʻirlashib bordi. Sohibqiron shunday deydi: “umr boʻyi menda umuman oʻtkir ichimliklarga mayl boʻlmagan va toʻsatdan yuz bergan hozirgi holat kaslikka sabab boʻldi”47 .
Sohibqiron Alloh taoloning marhamati kengligiga ixlos qilib, barcha qilgan gunohlari uchun tavba-tazzaru qiladi. Uning buyrugʻi bilan koʻngilxushlik va musulmonchilikda taqiqlangan barcha narsalar sindirib yoʻq qilinadi. Shu kuni kechasi mamlakatning eng oldi tabiblari barchi uning atrofiga yigʻilishadi. Temur ulardan qoʻrqmadan rostini aytishlarini soʻraydi. Tabiblar esa, ming afsusla, “ iloj qoʻli davolamoq etagini tutmoqlikka kaltalik qilganligini” aytadi. Va Sohibqiron ham paymona toʻlganligini tushunib yetadi. Hamda 807-yilning shaʻbon oyining oʻrtasida (1405-yil 18-fevral) da Oʻtror mavzesida Sohibqiron ruhi yaxshilar maqomidan oʻrin oldi. Bayt:
Oʻtror ostonasida yetib kelgach qazo,
Son-sanoqsiz mukammal lashkardin ne foyda. 48
Shu tariqa dunyolarga mashhur boʻlgan adolatli hukumdor bu dunyodan koʻchib ketdi. Uning jasadi solingan sandiqni dorussaltana Samarqandga eltdilar va jahon shohi va shahzodasi, oʻz davrining valiahdi, rahmatli, xudojoʻy nabirasi – Muhammad Sulton qabri qoʻyilgan madrasaga dafn etdilar.
Shu bilan Xofizi Abru marhum Amir Temurning ruhi poklariga duo va rahmatlar tilab, Yaratgan Tangri barchaga tavfiq ato etishini soʻrab asarini yakunlaydi.

Download 416,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish