Kamchiliklari: -Doimiy internet tarmog’i bilan aloqada bo’lishi lozim. Bulutli hisoblash texnologiyalaridan foydalanishda har vaqt tarmoq internetga ulangan bo’lishi lozim. Bundan tashqari bir necha ilovalar mavjud bo’lib, ular kompyuterlarga yuklanadi va ulardan uzoq muddatgacha ishlash imkoniyati bo’ladi. Boshqa holatlarda esa har doimgidek oddiy xisoblanib, ulanish bo’lmasa ish ham bo’lmaydi. Ko’pchilikning fikricha bu bulutli hisoblashlarning eng katta kamchiligi deb yurutishadi. Axborot texnologiyalari rivojlanishini xisobga olgan xolda shuni aytishimiz mumkunki internet tarmog’i xozirgi kunda har bir joyda mavjud. Shuning uchun bu muomoli qarashlar tez vaqatlar ichida umuman e’tiborda chiqadi;
-Ishlash tezligi sekinligi. Ko’pgina bulutli servislar to’la qonligicha ishlashlari uchun normal internet - ulanishni talab qiladi. Bu muammoni kelib chiqishini oldini olishda choralar ko’rilyapti va bu muammo tez kunlarda judlik bilan to’g’irlanishiga ishonch yuqori darajada;
-Dasturlarni sekin ishlashi va to’liq funksional imkoniyatlarga ega bo’lmagan xolda. Bir necha dasturlar bulutli tizimlarda sekin ishlashlari mumkin lokal kompyuter tizimiga qaraganda. Bu uzoq masofadagi serverlarni yuklash qiyinchiliklari tufayli yuzaga kelishi mumkin;
-Ma’lumotlar xavfsizligiga xavf borligi. Iste’molchilar tomonidan bulut texnologiyalariga qo’yilgan har bir ma’lumot xavfsizligi xavf ostida bo’lishi mumkin. Lekin bunda birinchi masala provayderga is’temolchining ishonish muxim o’rinda turadi. Agar bulutli texnologiyalar provayderi ma’lumotlar almashishini ishonchli shifrlasa, zahira nusxalasa va bulutli texnologiyalar soxasi bozorida o’ziga yarasha tajribaga ega bo’lsa bu holda xavfsizlik borasida muomolar tug’ilmaydi. Fakt sifatida shuni aytish mumkinki bulutda yo’qolgan ma’lumotlarni qaytarish mumkin emas.
4-§ Bulutli texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish
Bulutli ta'lim
Kompyuterlar va Internet ta'lim tizimiga bir qator vazifalarni bajarish jarayonini takomillashtirish va osonlashtirish uchun kirishdi. O'quv jarayonidagi bulutli texnologiyalardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:
Xodimlarning muhim hujjatlar bo'yicha hamkorligini tashkil etish, masalan, yillik reja yoki dastur. Ularning har biri hujjatning qismi uchun javobgardir va agar kerak bo'lsa, barcha foydalanuvchilar sharhlar qoldirishlari va ma'lumotlarni to'ldirishlari mumkin.
Umumiy loyihaviy ish, shuning uchun o'qituvchi topshiriqlarni talabalarga topshirishi, majburiyatlarni baham ko'rishi va hisobotlarni tekshirishi, sharh berishi mumkin.
Bulutli texnologiyalar elektron kundalikni yaratish va har qanday yozma topshiriqlarni uzatish uchun ishlatilishi mumkin. Bu uy maktabiga boradigan yoki biron bir sababga ko'ra darslarni o'tkazib yuboradigan bolalar uchun juda yaxshi tanlovdir.
Logistikada bulutli texnologiyalar
Bulut transport va ombor logistika sohasida juda yaxshi imkoniyatlarga ega. Bulutli texnologiyalar yordamida zanjirning barcha ishtirokchilari, ya'ni jo'natuvchi, operatorlar, transport kompaniyasi va qabul qiluvchining to'liq o'zaro ta'sirini ta'minlash mumkin. Ularning barchasi qayerda bo'lishidan qat'i nazar, real vaqt rejimida muloqot qilishlari mumkin. Bulutli texnologiyalardan foydalanish quyidagi afzalliklarni taklif etadi:
pudratchilar uchun ochiq tenderlar o'tkazish;
eng muvaffaqiyatli yo'nalishlarni aniqlash;
etkazib berishni boshqarish;
barcha transport ma'lumotlarini qayta ishlash va saqlash; buyurtmalarni bajarish sifatini yaxshilash.
Bulut texnologiyasi xozirgi kunda yangi tushuncha xisoblanadi va bu tushuncha turli xil soxalarga endilikda kirib kela boshladi. Bulut texnologiyasi yordamida ta'lim beruvchi dars faoliyati davomida an’anaviy va noan'anaviy ta'limni tashkil qilish imkoniga ega bunda ta'lim beruvchi ta’limni tashkil qilishi uchun aloxida xaq evaziga serverni ijaraga olishi yoki hosting xizmatidan foydalanish talab etilmaydi. Bunday vazifalarni bulut provayderi o'z zimmasiga oladi. Ta'lim oluvchilar uchun ham bulut texnologiyasi yordamida tashkil qilingan ta'lim turida bir qancha imkoniyatlar mavjud, bunday imkoniyatlar sirasiga ta'limga tegishli barcha fayllar bir joyda saqlanadi, bunda ta'lim oluvchi masalan: kerakli adabiyotlarni internetdan qidirishiga hojat ham qolmaydi.
Bulutli texnologiyalar (ingliz tilida cloud services, cloud technologies) – hozirgi kunda keng qamrovli atama boʻlib, uning asosiy mazmuni – biror bir dastur yoki dasturlar majmuasini foydalanuvchi qurilmasida, emas balki internet tarmogi orqali xizmat ko’rsatuvchi qurilmasida ishlatilgan holatda ma'lum turdagi dasturiy xizmatlarni taqdim etish. masalan: fayllarni saqlash, fayllarga ishlov berish, ma'lumotlarni taxrir qilish va hokozo.
Bulutli servislarning eng keng tarqalgani bu Dropbox – fayllarni saqlash xizmat, GoogleDocs – ofis qo‘shimchalari, SalesForce – CRM va ERP tizimlardir.
Bulutli servislardan foydalanish uchun ko'p holatda foydalanuvchida internet tarmog'i va brauzer bo'lsa bas, ba'zida esa foydalanuvchi qurilmasiga servisni ishlatishdan qulay bo’lishi uchun dastur ilovalari o'rnatiladi. Masalan: Word, Excel dasturida qilinadigan ishlarni GoogleDocsi orqali bemalol bajarishingiz mumkin, buning uchun kompyuteringizda ofis ilovalari bo’lishi shart emas.
Bulut texnologiyasini ta'lim jarayonida va ta’lim muassasalarida qanday qo’llash mumkin?
Hujjatlar ustida hodimlarning hamkorlikda ishlashiyoki yillik rejani misol qilishi mumkin. Bulut texnologiyalari bir hujjat ustida hamkorlikda ishlash uchun kerakli hujjat yaratish yoki uni bulutli omborga joylashtirish kerak va bu hujjatdan foydalanish huquqini, bu hujjatga havolaga ega bo’lgan shaxsga yoki elektron xat manzillari orqali ruxsat berish mumkin
O'quv jarayonida kerak bo'ladigan ma'lumotlar va hujjatlar almashinuvini ta'lim oluvchilar o’rtasida xamda ta'lim oluvchi va beruvchi o’rtasida yo’lga qo’yish: referat va loyihalar bo’yicha ma'lumot almashish;
Ta'lim oluvchilar loyixa mavzularini oladilar va guruhlarga bo'linadilar. Guruhda vazifalar taqsimlanadi. Keyin esa guruh raxbar hujjat yaratadi va barcha ishtirokchilarga hujjatdan foydalanish huquqini beradi.
(xavola yoki elektron xat manzillari yordamida). Ta'lim oluvchilar loyiha ustida, hujjatlarni ma’lumotlar bilan to'ldirilgan holda ta'lim muassasalarida yoki uyda ishlaydi. Loyiha usida ishlar yakunlangach, ta'lim beruvchiga kirish huquqi beriladi.
Ta'lim oluvchilar loyiha ximoyasiga qadar xatolarni tuzatish uchun ta'lim beruvchi tamonidan hujjatning ma'lum bir qismiga sharh qoldirilishi mumkin bo’ladi. Loyihani yaratishda qatnashganlikni baholash uchun ta’lim beruvchi loyihadagi o'zgaruvchilar xronologiyasini kuzatib borishi lozim hisoblanadi. Bu xronologiya yordamida qaysidir darajadagi guruhning har bir ta'lim oluvchisi loyihaga qanday hissa qushganini aniqlash mumkin.
Ta'lim jarayoni foydalanuvchilardan tarmoq orqali turli xildagi ma'lumotlarni to'plashni tashkil qilish. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarga berilgan vazifani qaysi darajasida amalga oshirilayotganini ko'rib turish imkoniga ega bo'ladi. Modellashtirish, jadvallarida sonli ma'lumotlarni qayta ishlash, diagrammalar tuzish kabi o'quv fanlari bo'limlari bo’yicha ham individual hamkorlikdagi amaliy ishlarni olib borish mumkin;
Boshlang'ich, jo'riy va yakuniy nazorat, undan tashqari o'zini o'zi nazorat qilish ishlarini o’tkazish mumkin. Ta'lim beruvchida xujjatlarda maxsus shakllarni qo’llagan xolda turli savol o'z ichiga olgan testlarni, savol-javob o'yinlarini tashkil etilishi, ta'lim oluvchilarni va ularning ota onalari uchun so'rovnomalar tashkil etilishi mumkin;
Muvofiq xizmatlar yordamida ta'lim jarayonini rejalashtirish nazariy va amaliy mashg’ulotlarini yaratishga, referatlarni toptirish muddatini belgilash, ta'lim oluvchilarga uy vazifasini eslatib qo'yish, mashg’ulotlarni boshqa vaqtga ko'chirilganligini haqida ogohlantirish mumkin bo’ladi.
Masofviy ta'lim. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarga elektron kundalik vazifa beradi. Bu istalgan yozma vazifa bo’lishi mumkin. Ta'lim oluvchi yangi hujjat yaratishi kerak yoki ta'lim beruvchi tamonidan yaratilgan hujjat ustida ishlashi kerak (savollarga javoblar berish, vazifalarni echish, jadvallarni to'ldirish). Ta'lim beruvchi o'zgargan hujjatni ko'rishi mumkin, chunki unda hujjatga kirish huquqi mavjud bo’ladi.
Bulut xizmati bilan ishlash uchun birinchi navbatda internet tarmog'iga ulagan kompyuter kerak bo’ladi, bundan tashqari smartfon yoki planshet kabi mobil qurilmadan ham foydalanish mumkin. Mobil qurilmalarda hujjatlarni yaratish unchalik ham qulay emas, ammo hujjatlarga o'zgartishlar kiritish oson hisoblanadi.
Ikkinchi navbatda esa mavjud elektron xat manzili kerak. U bulut xizmatidan ro’yxatdan o’tish jarayonida yakunlash uchun zarur bo'ladi, chunki elektron xat manziliga havolaga ega xat kelib tushadi. Bu ilovadan o'tish orqali foydalanuvchi ro’yxatdan o'tishini tasdiqlaydi. Ro'yxatdan o'tish yakunlangach, xizmatdan foydalanishni boshlash mumkin.
Ta’lim jarayonida bulut hizmatlaridan foydalanish avzalliklari quyidagilardan iborat:
Dasturiy taminotga sarflangan mablag’larni tejash masalan: Offise Web Apps texnologiyasini ishlatgan holda hujjatlar prezintatsiyalar electron jadvallar vahokozo hujjatlar bilan ishlovchi offise texnologiyalarini sotib olmasak ham bo’ladi.
Ko’p turdagi o’quv ishlarini online tarzda amalga oshirish mumkin. Shu qatorda ta’lim beruvchilar tamonidan online tarzda nazorat qilishini va baxolanishi mumkin.
Xavfsizlik. Antivirus, Antixakker xavsizlik xizmatlari bulut xizmati xodimlari tamonidan ta’minlanadi.
Serverdagi joyining tejalishi malumotlarni saqlash bulut xizmati tamonidan amalga oshiriladi.
Imkoniyati cheklangan insonlarning ta’limdan foydalanish imkoniyati.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqiladigan bulut texnologiyalarini o’qitish jarayonida tadbiq qilish ta’lim tizimidagi istiqbolli innovatsiyalardan biri hisoblanishi xulosa qilish mumkin.
XULOSA Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi zamonaviy bulutli texnologiyalar axborot tarmoqlarini tashkil etish va boshqarish, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun ko’plab imkoniyatlar yaratadi.
Masalan, ularning negizida yaratilayotgan gibrid tizimlar foydalanish nuqtalariga ish jarayonidan uzilmagan holda, bir paytning o‘zida bir necha rejimda ishlash imkonini beradi. Shu bilan birga, yangi texnik ishlanmalar tarmoq ma’murlari oldida turgan tarmoqlarni boshqarish va ulardan foydalanish bilan bog’liq ko’plab muammolarni ham hal etish.
Bulut hisoblash kuchini foydalanib, kompyuter tizimi resurslari himoya ta'sir kamaytirish “jamoa aql” innovatsion texnologiyalar asoslangan. Antivirus serverlari dunyodagi millionlab foydalanuvchilarning Panda antivirus mahsulotlaridan olingan ma’lumotlardan har kuni paydo bo'lgan zararli dasturlarning yangi turlarini avtomatik ravishda aniqlash va tasniflash uchun foydalanadilar.