QARSHI SHAHAR
6-DMTT
TARBIYACHISI
XIDIROVA GO‘ZAL VA
AXMEDOVA DILNOZALARNING
ILK YOSHDAGI BOLALARNING BILISH
JARAYONINI RIVOJLANISHI, ELEMENTAR
MATEMATIK MALAKALARI
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
METODIK
ISHLANMASI
Mavzu: Ilk yoshdagi bolalarning bilish jarayonini rivojlanishi,
elementar matematik malakalari
Ko’pgina bolalarni maktabga tayyorlash hisob, geometrik shakllarni, son – sanoqni o’rgatishdan iborat bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki , boshlang’ich sinflarda bilim, ko’nikma va malakasi rivojlanmagan o’quvchilar emas, o’ylash, yangi narsalarni bilishga qiziqishi kam o’quvchilar ko’proq qiynaladilar. Hisob – kitoblarni oddiy, doimgidek o’rgatish bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlay olmaydi. Ho’sh nima qilish kerak?
Ilgari matematik adabiyotlarda qiziqarli masalalarga keng o’rin berilganligi bejiz emas. Negaki, o’yin orqali yondashuv ta’lim jarayonini osonlashtiradi, deb hisoblashgan. Nafaqat osonlashtiradi, balki, bu fanga qiziqishni kuchaytirib, bolani chuqurroq bilim olishga undaydi. Shuning bilan birga matematika quvnoq va bog’chaga bormaydigan bolalar uchun ham qiziqarli bo’lishi kerak. Boshqa tomondan qaraganda, eng oddiy matematik misol va masalalar oddiy bilish ko’nikmasigagina emas, tez fikrlash, tasvirlash, o’qish, masalasini ham rivojlasntirishi lozim. Bularning barchasiga qanday erishish mumkin? Olimlarimizning fikricha, tarbiyachi ilk matematik ko’nikmalarni shakllantirish mashg’ulotini ilk iqtisodiy ta’lim bilan uzviy bog’liq holda olib boorish maqsadga muvofiqdir. Bundan kelib chiqadiki, matematikani turmush materiali asosida yoki o’yinga mos ravishda o’rgatish foydali. Sizga bunday ta’limning bir qancha usullarini taklif qilamiz.
Raqamlar bilan ularni she’riy tasvirlab tanishish yaxshiroqdir. Harakat yordamida raqamlarning nimaga o’xshashini ko’rsatib boorish ham mumkin. Masalan,
1: Mana bir, o’zi yakka,
Terakday turar tikka.
Yoki 4:
To’rt keladi uchdan keyin,
Semiz qorin, uzun burun.
Bolalar bir yo’la tana harakatlari bilan ifodalangan raqamlar haqidagi she’rlarni kata qiziqish bilan o’qiydilar.
Raqamlar qatori qanchalik o’xshash bo’lsa, bolalar ularni shuncha chalkashtiradilar. Shuning uchun ularni juft – juft qilib berish kerak. (2 va 5, 4 va 7, 3 va 8, 6 va 9).
3 raqami 3ta konfetni bildiradi, deb ko’rsatilsa, osonroq bo’ladi.
Hamma raqamlari xos no’malum, yashirish topilmalardan foydalansa bo’ladi:
Quyidagi qonuniyat qiziqarli shaklda kiritish mumkin. Raqam hech bir hisob, tartibga bo’ysunmaydi. O’z vaqtida mashhur Shvetsariyalik psixolog Piaje yosh bola ko’plikni faqat hajmga qarab belgilashini aytgan. U shunday misol keltiradi: Bolalarga plastilindan qilingan ikkita bir hil sharni ko’rsatib, “qay birida plastilin ko’p?”, - deb so’rashadi. Ular “ikkovidan ham bir hil” deb javob berishadi. Bolalarning ko’z oldida sharlarning birini yoyib, bo’g’irsoq shakliga keltirib, savolni takrorlaganida, deyarli barcha bolalar “endi bo’girsoqda plastilin ko’p” deb javob berishgan. Huddi shunga o’xshash quyidagi suratga qarab ham bolalar yaxshi hisob – kitobsiz qaysida kapalak ko’pligini aytishlari aniq.
Bu dalil bolalarni narsalarni chapdan o’ngga, o’ngdan chapga bitta – bitta sanab hisoblashga o’rgatish kerakligini ko’rsatadi.
Buning uchun har qanday narsa, rasm va hayotiy vaziyatlar qo’l kelishi mumkin.
Materialning qiyinlik darajasi, tabiiyki, har bir yosh uchun har hil darajada bo’ladi. Bundan tashqari ikki omilni hisobga olish kerak:
Kimga o’rgatayapsiz – o’g’il bolagami uoki qiz bolagami? Buni unutmaslik lozim. 3 – 4 yoshgacha bu shart emas, keyinroq esa maslahat beramiz.
Og’zaki hisobdan tashqari, narsalarning sonini belgilovchi maxsus chizilgan, bo’yalgan rasmlar tasavvuri bo’yicha topshiriqlar o’ylab topish kerak.
Masalan qizlar uchun topshiriq:
Narsalarni sana va bo’sh ketaklar ichiga shuncha nuqta yoki raqamni yoz,
O’g’il bolalar uchun:
Rasmda qancha soldat bor?
Kvadratlarni bir hil, uchburchaklarni boshqa hil ranga bo’ya.
Topshiriqlar murakkablashib boradi.
Shunday misol ham berish mumkin: qaysi rasmda qo’sjhiluvchi ikkinchisidan kamroq? (bu topshiriq hisob – kitob amallari yaxshi o’zlashtirilgandan so’ngberiladi).
Narsa – buyumlar ishtirokidagi misollardan murakkabroq yechilishi qiziqarliroq masalalarga o’tilgani ma’qul. Topshiriqlarni almashtirib, bolalarning matematikaga qiziqishini kuchaytiramiz va bir vaqtda bolani mavhum narsalar yuzasidan fikrlashga tayyorlaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |