Takt 3.
1-4 - 2- yonga grand battement jete.
Takt 4-5.
takt 2-3 kabi, lekin orqaga.
Takt 6.
5-6 - chap oyoq uchiga ko‘tarilib, o‘ng oyoq kaftini tashqariga
qaratmasdan passe; 7- tayangan oyoq uchiga ko‘tarilish, chap oyoqni yozish; passe
oyoq kaftini tashqariga qaratib; 8- ushlab turish.
Takt 7.
1-4 - o‘ng oyoqni chapga yozish ( oyoqni tushirmasdan baland passe
orqali).
Takt 8.
5-6 - ushlab turish; 7-8 – tayanch oyoq kaftiga tushib, o‘ng oyoqni chap
oyoq oldiga III holatga qo‘yish. Shuning o‘zi, chapda.
Takrorlash.
17. D.h. - tayanchga yon bilan, III holat, qo‘l belda. M/r. - 4/4.
Ruscha raqslar elementlari asosida.
189
Takt 1.
1-2-oldinga 2 ta grand battement jete (iz-za takta); 3-4- chap oyoqda
yarim cho‘qqayish bilan oldinga; "I"- chap oyoqda depsinib va o‘ng oyoqni
oldinga siltab oyoqlarni almashtirib sakrash; 5- o‘ng oyoqqa qo‘nish, chap oyoq
oldinda; "I"- chap oyoq oldinga tovonda, o‘ng oyoqda bir oz yarim cho‘qqayish,
gavdani bir oz oldinga egish; 6-o‘ng oyoqda oldinga qadam tashlash tovonda
(oyoqlar to‘g‘ri), qo‘llar oldinda, gavdani oldinga egish; "I"- chap oyoqda orqaga
qadam tashlab yarim cho‘qqayish; 7- o‘ng oyoqni chap oyoqqa III holatga
juftlashtirish; 8-oyoqlarni yozib, d.h.ga qaytish. 4 marta takrorlash. Shuning o‘zi
boshqa oyoqdan.
10. TA’LIM MUASSASALARIDA BADIIY GIMNASTIKANI
O‘TISH USLUBIYATI
10.1.Maktabda gimnastika darsini o’tkazish uslubiyatlari
Hozirgi paytda mashg’ulotlarning majburiy dars (o’quv) va darsdan
tashqari shakillari qo’llaniladi.
Maktabda gimnastika mashg’ulotlarini tashkil qilishning asosiy sikllari – bu
gimnastikaga yo’naltirilagn jismoniy tarbiya darajalaridir. Shu bilan birga
gimnastika mashqlari kun tartibidagi jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish
mashg’ulotlariga (katta tanaffuslardagi mashqlar, jismoniy tarbiya daqiqalari,
kirish gimnastikasi, o’yinlar va h.k) darsdan tashqari ishlar bo’yicha tadbirlarga,
jismoniy tarbiya sport bayramlariga, musobaqalarga, sport to’garaklari
mashg’ulotlariga kiritildi. Har bir mashg’ulot shakillarini o’tkazish uchun
gimnastika darsi uchun qo’yiladigan talablar asos hisoblanadi.
Maktabda jismoniy tarbiya turli hil vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Ularning orasida gimnastika eng muhimi va asosiysi hisoblanadi. Bu asosiy
gimnastikaning o’ziga hos xususiyatlari bilan tushuntiriladi. U hamma yosh
guruhdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashda eng qulay hamda samarali vosita
xisoblanadi. Gimnastika shug’ullanuvchilarning hamma organlari va tizimlarini
har tomonlama rivojlantirish, ularning salomatligini yaxshilash hamda hayot
190
faoliyatini oshirish, to’g’ri qad-qomat va harakat funksiyasini shakllantirishga
qaratilgan.
Insonning harakatlanish funktsiyasi biologik va pedagogik omillar ta’sirida
shakllanadi. Biologik omil bolalar va o’smirlarning yosh xususiyatlari bilan
bog’liq, uning harakat funktsiyasiga bo’lgan ta’siri yoshiga qarab rivojlanish
qonuniyatlariga bo’ysunadi.
Bolalarda harakatlanish analizatori bir necha yillar davomida takomillashib
boradi. Etti yosh keskin o’zgarish yili hisoblanadi, ya’ni erkin harakatlanishlarning
paydo bo’lishi hamda markaziy asab tizimida koordinatsion mexanizmlarning
takomillashishi kuzatiladi. 7 yoshdan 14 yoshgacha harakatlanish analizatorining
faol rivojlanishi sodir bo’ladi, 13-14 yoshlarga kelib u yuqori darajaga yetadi,
harakatlanish analizatori yadrosining yetilishi yuzaga keladi, katta yarim sharlar va
asab-mushak apparatining funktsional imkoniyatlari oshadi. Harakatlanish
analizatorining keyingi rivojlanishi kam shiddatli bo’ladi yoki umuman to’xtaydi.
Akseleratsiya ham harakatlanish funktsiyasining shakllanishiga ta’sir qiladi.
Tanadagi uzunasiga joylashgan bo’g’inlarning tez o’sishi jismoniy rivojlanishga,
shuningdek o’smirlarning koordinatsion faoliyatiga muhim darajada ta’sir
ko’rsatadi. Biologik omilning bunday tarkibini harakatlanish funksiyasini
shakllantirishda hisobga olish lozim. Harakatlanishga bo’lgan yetuklik yosh o’tishi
bilan o’zidan-o’zi yuzaga kelmaydi. U tashqi muhit ta’sirida rivojlanadi va
takomillashadi. Hamda harakat faoliyati tartibi bilan chambarchas bog’liq. Demak,
harakatlanish funksiyasini shakllantirish va takomillashtirish pedagogik omilning
asosiy tarkibini amalga oshirish yo’li orqali mumkin bo’ladi.
Bolalar va o’smirlardagi harakat faoliyati orqali namoyon bo’ladi. U shartli
refleks aloqalarining zahirasiga bog’liq. Inson qanchalik ko’p shartli refleks
aloqalari zahirasiga ega bo’lsa, bu aloqalar qanchalik turli - tuman bo’lsa, unda
yangi harakatlanish shakllari shunchalik tez hamda oson shakllanadi. Bolalarda
hamma jismoniy sifatlarni bir tekis tarbiyalash lozim. Bunda 7-9 yoshda bittalik
harakatlarni bajarish tezligi hamda chaqqonlik; 10-12 yoshda – egiluvchanlik; 13-
191
14 yoshda – tezkorlik-kuch; 15-16 yoshda – kuch va chidamlilik kabi sifatlarni
tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish zarur.
O’rgatishda eng muhimi o’z harakatlarini makonda, vaqt orasida va mushak
kuchlanishlari darajasiga ko’ra aniq baholay bilish lozim.
Bunday ko’nikmalarni tarbiyalash uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar,
yurish, yugurish, sakrashlar, uloqtirishlar, muvozanat mashqlari, osilish va tayanish
mashqlari, tirmashib chiqish, akrobatika mashqlari qo’llaniladi. Ularni bajarish
paytida shug’ullanuvchilar sub’ektiv sezgilarni u yoki bu harakatlarni bajarishga
ketadigan vaqt hamda makon to’g’risida o’qituvchidan axborot ko’rinishida
olinadigan sifatli baho bilan taqqoslashlari kerak. Harakat faoliyati jarayonida vaqt,
makon va mushak kuchlanishlari darajasi to’g’risidagi tezkor axborot
shug’ullanuvchiga olinadigan sezgilarni tabaqalashtirishni o’rganishga imkon
beradi. Bu harakatlarni boshqarish uchun juda muhimdir. Harakat faoliyatini ongli
ravishda boshqarish sezgilarning, ayniqsa mushak sezgilarining rivojlanishi bilan
bog’liq. Sezgi organlari orqali tashqi muhit qabul qilinadi. Eshitish, ko’rish va
boshqa sezgilar qanchalik kam rivojlangan bo’lsa, inson faoliyati shunchalik
cheklangan va u shunchalik kam rivojlangan bo’ladi.
Maxsus tadqiqotlar orqali shu narsa aniqlanganki, o’z harakatlanishlarini
makonda, vaqt oralig’ida ongli ravishda boshqara oladigan bolalar turli hildagi
harakatlarni muvaffaqiyatli egallaydilar.
Maktab yoshidagi bolalarni gimnastika mashqlariga
o’rgatish
:
Oddiy mashqlar ko’pincha ko’rsatib berilgandan, tushuntirilgandan so’ng darrov egallanadi,
qiyinroq mashqlar esa uzoq vaqt o’rgatishni hamda buning uchun har hil uslublar va usullarni qo’llashni
taqozo etadi.
Mashqlarni tanlash va ularni turli sinflarda o’tkazish usuliyati
shug’ullanuvchilarning yosh xususiyatlariga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |