xatlab sakrashning farqi shundaki, bunda depsinuvchi oyoq yuqoridan o‘tadi va
uning o‘zi tayanch oyoq bo‘ladi.
19-rasm
Badiiy gimnastikada murakkab burilish bilan sakrashlar nisbatan kam
uchraydi,
chunki
uning
ifodaliligi
hisobiga
harakatni
gimnastikada
muvofiqlashtirishni talab qiladi. Badiiy gimnastikada murakkab burilishli
sakrashlar ikki oyoqda va bir oyoqni siltab itarilish bilan bajariladi. Birinchi
holatda burilishning murakkab bo‘lishi va jadallashishi uchun yaxshi sharoit
yaratiladi, chunki itarilish jarayonida va undan keyin tana to‘g‘rilangan bo‘ladi va
inertsiya holatida gimnastikachining tanasi ko‘ndalang o‘qqa nisbatan minimal
bo‘ladi. Siltab sakrashda tez burilish faqatgina gimnastikachi siltangandan so‘ng
oyoqlarni birlashtirganda vujudga kelishi mumkin.
Yuqoriga – uzoqqa sakrash
, yugurib kelayotganda bajariladi va uchishda
oldinga tez harakatlanish bilan harakterlanadi. Bunday sakrashlarda tayanch
oyoq bilan itarilish qarshiliksiz bajarilishi bilan o‘ziga xos bo‘lib harakterga ega
99
bo‘lmaydi (siltanib sakrash bilan solishtiring), polga tayanch oyoq uchi bilan
tushib keyin ohista oyoq kaftiga tushiladi. Itarilishning boshida yelkalar orqaga
ketmasdan oldinga intiladi. Qo‘l bilan siltash harakatlari ham vertikal bo‘ylab
yuqoriga emas, balki uchish tomoniga qaratiladi. Siltash esa siltanib sakrashdagi
bilan solishtirganda alohida e’tiborga ega emas.
Qadamlab sakrash
– yuqoriga uzoqqa
sakrashga xos turdir. Ular oldinga, yonga va
orqaga bajarilishi mumkin. Oldinga qadamlab
sakraganda gimnastikachi qisqa “portlovchi”
yugurib
kelishdan
bir
oyoqda
itarilib,
to‘siqlardan oshib sakrash kabi tayanchsiz
oyoqni oldinga – yuqoriga yo‘naltiradi.
20-rasm
Qo‘llar bilan siltash harakatlari nisbatan erkin harakterga ega va sakrashning
tashqi bezatilishiga bog‘liq. Gimnastikachi uchish paytida oyoqlarini keng ochadi
va imkoni boricha uchish holatini ushlab turishga harakat qiladi. Qo‘nish
siltanuvchi oyoqqa, ifodali amortizatsiya va oldinga harakatlanishni saqlagan holda
bo‘ladi. Oddiy sakragandan oyoqlarni maksimal darajada ochish bilan
bajariladigan shpagat sakrash eng samaralichidir.
Qadamlab sakrash juda ko‘p modellariga ega: attitude
sakrash, oyoqqa tepib,
bukib va yozib sakrash. Shpagat bilan xalqa sakrash harakterlidir. (20-rasm).
Bunday harakat nafaqat sakrash tayyorgarligini a’lo darajada bo‘lishini, balki
yaxshi rivojlangan faol egiluvchanlikni talab qiladi.
Murakkab sakrashlar yuqorida ko‘rilgan sakrash turlarining ba’zi bir
belgilarini o‘z ichiga oladi. To‘g‘risini aytganda murakkab sakrashga yugurib
kelish, oyoq bilan siltash, oyoqlarni almashtirish, uchishda burilish va boshqa
belgilarni o‘z ichiga olgan xatlab sakrashni misol qilish mumkin. Murakkab
sakrash
darajasiga
oyoq
holatini
almashtirish,
burilish
yoki
boshqa
murakkablashgan harakatlarni o‘z ichiga oladigan qadamlab sakrashni kiritish
mumkin.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |