95
Oyoqlarni orqaga bukib sakrash (14-rasm)
joyidan hamda harakatda
bajarilishi mumkin (bunday sakrashdagi tayyorgarlik bosqichidagi farqni 23-
rasmda ko‘rish mumkin). Sakrashning asosiy bosqichida gimnastikachi qo‘llarini
oldinga-yuqoriga kuchli siltaydi. Qo‘l harakati taxminan bosh balandligida
tormozlanadi, lekin, qo‘lni ko‘tarish sekin davom etadi. Tayanchdan uzilish to‘g‘ri
holatda sodir bo‘ladi, undan keyin gimnastikachi tananing orqaga butunlay
bukishini davom ettirib kerishadi va oyoqlarini orqaga bukadi. Sakrashning eng
qiyin turlaridan biri – halqa sakrash.
Bukilib sakrash texnikasi bo‘yicha yuqoridagilarga o‘xshashdir. Bu
oyoqlarning juft holati va orasini ochgan holatda bajariladi.
Bunday sakrash
texnikasining harakterli xususiyatlaridan biri qo‘lni orqaga qaytarib
harakatlantirish hisoblanadi: qo‘l bilan siltash keng harakat bilan bajariladi va
bundan keyin qo‘llar bosh balandligiga kelganda (ilgariroq emas) ularning harakati
keskin tormozlanadi. Aynan shu paytda gimnastikachining gavdasi qo‘l va
oyoqlariga yetgunicha egiladi. Bu bilan bog‘liq oddiy xato – qo‘llar bilan siltashni
yelka balandligida, oldindan to‘xtatib, keyin oyoqlarni unga olib borish.
Bunda oyoqlar pastda qoladi,
gavda esa
ortiqcha egilib, gorizontal joylashgan oyoq
va qo‘llar bilan bukilishi zarur.
Oyoqlar
orasini
ochib
sakrash
koordinatsiyasi bo‘yicha yuqorida keltirilgan
ikki sakrashga yaqindir. Shuni esda tutish
kerakki, mazkur holatda
siltash holatni hosil
qilish harakatiga tegishli bo‘ladi va siltanib
sakrashdagi kabi energiya hosil qiluvchi
14-rasm harakatlar tarkibiga kirmaydi (pastga qarang).
Sakrab shpagat
– sakrashning o‘ziga xos turi bo‘lib, ikki oyoqda depsinib,
ham siltab bajariladi. Mazkur holatni amalga oshirish bosqichida oyoqlar bilan
96
qarama-qarshi tomonga sinxronli siltash bajariladi.
Sakrash oddiydagi singari
ko‘ndalangiga ham shunday bajariladi (11-rasmga qarang).
Aytib o‘tilganlardan tashqari bu harakatlarning yana ikki xil varianti mavjud.
Oyoqni siltab baland sakrash bir oyoqda depsinish va energiya hosil qilish
kabi holatni hosil qiluvchi ikkinchi oyoqning faol harakati bilan bajariladi.
Oldinga va yonga siltab sakrash to‘g‘ri yoki bukilgan oyoqni siltab, bir yoki
ikkala oyoqda qo‘nish bilan bajarilishi mumkin.
Bunga xos turlari: oyoqni almashtirish va siltanuvchi oyoqqa qo‘nish bilan
sakrash (to‘g‘ri yoki bukib siltash bilan), oldinga siltanib sakrash (15-rasm),
oyoqni bukib
siltash bilan yopiq sakrash, oyoqni yonga siltab sakrash, vertikal
shpagat va boshqalar.
15-rasm
Orqaga
siltab
sakrash
yuqoridagilarga o‘xshash, lekin yozuvchi
harakatlar bilan bog‘liqdir.
Odatdagi
turlari: depsinuvchi oyoqqa qo‘nish bilan
ochiq
sakrash
(16-rasm),
oyoqlarni
almashtirib sakrash va siltanuvchi oyoqqa
qo‘nish, muvozanatda sakrash (17-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: