Silindrlar va gilzalardagi yeyilishni aniqlash uchun o'lchash ishlari uchta tekislikda va o zaro perpendikular bo'lgan ikki yo'nalishda bajariladi. Yo'nalishlardan birini tirsakli val o'qiga parallel qilib olinadi. Birinchi tekislik blokning yuqorigi tekisligidan 5 10 mm pastda,
ikkinchisi sitindrning o'rta qismida va uchinchisi silindrning pastki qirrasidan 15 20 mm yuqorida joylashadi. O'lchash ishlari indikatorli
nutromer vositasida amalga oshiriladi.
O’lchashdan oldin nutromer trubkasining yuqori qismiga indikator
shunday o'rnatiladiki, bunda uning katta strelkasi bir marta aylanishi lozim (34.2-chizma). Nazorat qilinadigan oMcham- ga mos ravishda, almashtirilib turiladigan o‘khash kirgazmasi (3) tanlab olinadi va uni nutromer kallagidagi teshikka burib mahkamlanadi.
А ко nnish
34.2-chizma. Indikatorli nutromer:
d-nolga o'matfeh; 6-teshikni o‘lchash
Tutqich (5) jag'lari (4) orasiga qo‘yilgan chetki o‘l- cham bloki bo‘yicha, asbob nolga to'g'rilanadi. Chetki o‘l- cham bloki teshikning nominal o‘lchamiga yoki joizlik may- donining o'rtasiga mos keltirib yig'iladi.
Indikatorli nutromemi nol holatga qo‘yishda, shuning- dek, teshikni o'lchashda asbob- ni diametrial tekislik bo‘yicha ikki tomonga og‘dirib quriladi va indikatorning eng kichik ko'rsatgichi e’tiborga olinadi. Nutromer konstruktiv jihatdan shunday tuzilganki, o‘lcha- nayotgan sirtlar orasidagi masofa ortganda indikatorning katta strelkasi soat miliga qar- shi tomonga, kamayganda esa soat mili bo‘yicha buriladi.
Indikator ko‘rsatgichini shkala bo‘yicha hisoblaganda, katta strelkani noJ vaziyatdan og‘ishi hamda uning aylanishlarini ko'rsatuvchi strelkaning vaziyati e’tiborga olinadi. Detaining o‘lchami, indikator ko’rsatgichi bilan chetki olcham bloki (nol vaziyatta o’rnatishdagi) qiymatini algebraik yig’indisi sifatida aniqlanadi.
0‘lchash ishlarini tugallagandan so‘ng, katta strelkani nol vaziyati tekshirib ko'riladi. Agar strelka, shkala bo'Iinmasining yarmisidan ko'p bo'lgan qiymatga surilib ketgan bo‘lsa, u holda o'lchash natijalari noto‘g‘ri deb hisoblanadi.
0‘lchash chog'ida indikatorli nutromerni teshikka ehtiyotkorlik
bilan kiritish yoki chiqarish lozim. Qachonki asbobni o'lchanayotgan detal teshigiga kiritish kerak bo‘lganda, markazlovchi ko'prikcha (6) qo‘l bilan ohista bosiladi (34.2-chizma). Xuddi shunga o‘xshab markazlovchi ko'prikchani ichki sirtga bosgan holda asbobni teshikdan ehtiyotlik bilan chiqarib olinadi.
Yeyilish miqdoriga qarab, tiklash usuli belgilanadi. Odatda yo‘nib kengaytirish so‘ng o'lchamiga yetkazish ishlari yoki gilza o'rnatish (zichlab joylashtirish) amalga oshiriladi. Yo'nib kengaytirish silindrlar va gilzalarni tiklashning asosiy usuli hisoblanadi. Statsionar yoki ko'ch- ma turdagi yo‘nib kengaytirish dastgohlarida silindrlarga (gilzalarga) ishlov berib, ularni ta mirlash o‘lchamiga keltiriladi. Gilzalarni, yo‘nish dastgohining stoliga o‘rnatilgan maxsus moslamaga (34.3-chizma, a) mahkamlanadi.
Gilza (6) moslama korpusida (1) joylashgan vtulkaga (7) o'rnatiladi va qisqichlar (3,5) yordamida mahkamlanadi. Qisib turish kuchi gilzaga ikkita sferik (qurrasimon) halqalar (4 va 2) orqali uzatiladi. Yo‘nib kengaytirilgandan so'ng gilzalar xoninglanadi (silliqlanadi). Buning uchun gilza (6) (34.3-chizma, b) dastgoh stolidagi maxsus moslamaga mahkamlanadi. Bu moslama korpus (1), ikkita vtulka (7), itarib chiqarish qurilmasi (Я), o'rnatish halqasi (9) va kesish boltidan (10) tashkil topgan.
Ishlov berish chog’ida, dastgoh shpindeliga biriktirilgan xoninglash
Do'stlaringiz bilan baham: |